Tayanch tushunchalar: leksik qatlam, omonimlar, sinonimlar, antonimlar, ko’p ma’noli so’zlar, evfemizmlar, frazeologik iboralar.
O’zbek shevalari o’zining fonetik va grammatik xususiyatlari bilan bir qatorda leksik xususitlariga ham ega. Shevalarga xos bo’lgan so’zlarni ikki guruhga ajratish mumkin: 1) umumxalq tiliga xos bo’lgan umumiy leksik qatlam: yomg`ir, shamol, qor, ot, it, tovuq, suv, yurmoq, ichmoq kabilar; 2) shevalargina xos bo’lgan leksik qatlam: asalari-zambir (Xor.); ko’rshapalak-yarqant (Xor.); chumoli-qarindja (Xor.); tuxum-mayak (qip)-yumurtqa (o’g`uz) kabilar. Qipchoq shevalarida ota, amaki o’rnida aka so’zi qo’llaniladi. O’g`uz va qipchoq shevalarida ona o’rnida opa so’zidan foydalaniladi.
Ma‘lum bir hududda muayyan bir sohaning rivojlanishi shu yerda yashovchi aholi tilida boshqa hududdan farqli ravishda maxsus atamalarni vujudga keltirgan. Chunonchi, qipchoq sheva vakillari hayotida chorvachilik muhim o’rin tutganligi va ular shu soha bo’yicha ko’p shug`ullanganligilari bois, ularda shu soha atamalari ko’p uchraydi. Misollarga e’tibor qarataylik. Yoshiga ko’ra ot quyidagicha nomlanadi:
qulun (bir yoshgacha bo’lgan ot);
kaltatay (birdan ikki yoshgacha bo’lgan ot);
g`o’nan (ikkidan uch yoshgacha bo’lgan ot);
do’nan (uchdan to’rt yoshgacha bo’lgan ot);
beshli (to’rtdan besh yoshgacha bo’lgan ot),
djangaziy (yangi oziq; besh yoshli oziq tishi chiqqan ot);
ekaziy (ikki oziq; olti yoshli ot);
uchaziy (uch oziq; yetti yoshli ot) kabi nomlar bilan ataladi.
«Tuya» tushunchasi uchun quyidagi nomlardan foydalaniladi:
bo’ta yoki bo’taloq (bir yoshgacha bo’lgan tuya);
taylaq (birdan ikki yoshgacha bo’lgan ot);
o’simli (ikkidan uch yoshgacha bo’lgan tuya);
nar (uchdan to’rt yoshgacha bo’lgan erkak tuya);
tuya (to’rt yoshdan yuqorisi).
«Qo’y» tushununchasi esa:
to’qlu (ikki yoshli qo’y);
hishak (uch yoshli qo’y);
chari (to’rt yoshli qo’y);
pandji (besh yoshli qo’y) kabi so’zlar qo’llaniladi.
Har bir lahja va shevaga xos leksik qatlam mavjudligini quyidagi jadvaldan ham anglab olish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |