O'rolov dilbek xolmat o`G`li polimer asosli kompozitsion materiallar xossalari va ularni olinish xususiyatlari


I-Bob. POLIMER KOMPOZITSION MATERIALLARNING ASOSIY TUSHUNCHALARI



Yüklə 428,09 Kb.
səhifə5/13
tarix09.08.2022
ölçüsü428,09 Kb.
#117508
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
1т (1)

I-Bob. POLIMER KOMPOZITSION MATERIALLARNING ASOSIY TUSHUNCHALARI
1.1.Polimer kompozision materiallar tuzilmalari
Polimerlar va ular asosidagi kompozision materiallar (km) moddaning Soft matter –yumshoq materiya deb nom olgan alohida sinfiga, alohida holatiga taalluqlidir. Odatda bunday moddalarga polimerlar, kolloidlar, suyuq kristallar, gellar va x.k.lar kiradi. Ularning "odatdagi" qattiq jismlardan farqi nimada? Agar kristall yoki amorf qattiq jismda uni tashkil etgan kovalent bog'bilan bog'langan atom yoki molekulalari orasidagi o'zaro ta'sir energiyasi issiqlik energiyasidan bir oz yuqori bo'lsa, , u holdaSoft matter uchun bo'ladi. Polimerlar uchun bu makromolekulalar o'zaro ta'sir energiyasi, zanjirlararo o'zaro ta'sirdir. Buning natijasida molekulalarni bog'lovchi kuchlar kichik va makromolekulyar va mezoskopik strukturalar konfigurasiyasi tashqi kuchlar ta'sirida oson o'zgaradi. Tashqi ta'sirda bunday moddalarning fizik xossalari ham oson o'zgaradi. Shunday qilib, Soft matter materiallarining xarakterli xususiyatlaridan biri ularning sensor xossalaridir. Polimerlarning o'ziga kelsak, ular uchun quyidagilar xarakterlidir:
-molekulalararo o'zaro ta'sir nisbatan kuchsizligi;
-bog'lanish turlari turlicha bo'lishi;
-molekulalari shakli va o'lchamlari bo'yicha taqsimoti keng ekanligi;
-kimyoviy struktura turlari ko'pligi;
-molekulalari konformasiyasi va koordinatasi fluktuasiyaga ega ekanligi;
-erituvchi, suyultiruvchi va to'ldiruvchilarning mavjudligi;
-chirmashib olishlik;
-erkinlik darajasining ko'pligi;
-turli darajali masshtablarda arxitektura/tuzilmasining ierarxikligi.
Oddiy materiallarda nobirjinslilik atom o'lchamlarda namoyon bo'ladi va hodisaning fizikasi kvant-mexanik tabiatga ega bo'ladi. Polimer km – sun'iy muhitlar haqida gapirganimizda ham regulyar, ham tasodifiy, tartibsiz strukturaga ega shunday oddiy moddalardan tashkil topgan aralashma nazarda tutiladi. Asosiy e'tibor shunday ikkilamchi nobirjinslilik bilan bog'langan hodisalarga qaratiladi. Bu sun'iy muhitlar nobirjinslilik masshtabi har bir nuqtada shu nuqta atrofidagi xajmni to'ldiruvchi moddaga xos oddiy lokal moddiy tenglama bajarilishi uchun etarlicha yuqoridir. Natijalarning ko'pchiligi moddiy parametrlarning tekis o'zgarishi uchun to'g'ri bo'lsada, qandaydir qo'shimchalar bilan to'ldirilgan matrisa – kompozision materialning sodda modelini nazarda tutadi.
Konstruktsiya ishlariga mo'ljallangan km tayyorlashda to'ldirishning asosiy maqsadi fizik-mexanik xossalari kompleksi yaxshilangan, kuchaytirilgan polimer materiallar olishdir. Bunga tolali armirlovchi hamda yupqa dispers to'ldiruvchilar, qirqilgan shisha tola, aerosil va x.k. lar kiritilib erishiladi. Maxsus xossali km yaratishda to'ldiruvchilar qoidaga ko'ra materialga mexanik xossa berish uchun emas, kutilgan elektrofizik, issiqlik, sensor va boshqa xossalarini berish uchun kiritiladi. Bunda to'ldiruvchi zarralari u yoki bu usul bilan polimer matrisada taqsimlanadi.
Komponentlarning taqsimot xarakteriga qarab kompozitlarni matrik tizimlar, statistik aralashma va tuzilmalashgan kompozisiyalarga bo'lish mumkin.1.1.1-rasmda kompozitlarning xos strukturalari va to'ldiruvchining matrisada taqsimoti tasvirlangan. Matrik (regulyar) tizimlarda to'ldiruvchi zarralari regulyar panjara tugunlarida joylashadilar (1.1.1 a-rasm). Statistik tizimlarda komponentalar xaotik taqsimlangan va regulyar tizimni hosil qilmaydi (1.1.1 b-rasm). Tuzilmalashgan kompozitlarga komponentalari zanjirli, yassi yoki xajmiy tuzilmalar hosil qilgan tizimlar tegishlidir (1.1.1 v, g-rasmlar).



1.1.1-rasm. Kompozitlar tuzilmasi va to'ldiruvchilarning matrisadagi taqsimoti




Yüklə 428,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin