O'rolov dilbek xolmat o`G`li polimer asosli kompozitsion materiallar xossalari va ularni olinish xususiyatlari


Oquvchanlik chegarasi yaqinida oquvchanlikning ayrim modellari parametrlari



Yüklə 428,09 Kb.
səhifə8/13
tarix09.08.2022
ölçüsü428,09 Kb.
#117508
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
1т (1)

Oquvchanlik chegarasi yaqinida oquvchanlikning ayrim modellari parametrlari 1.3.1-jadval












Bog'lanishning uch o'lchamli modeli(kubik panjara)

0,25

1

1,6

0,67

Bog'lanishning ikki o'lchamli modeli(kvadrat panjara)

0,5

1

1,1

0,51

Oquvchanlikning uch o'lchamli modeli (uzluksiz muhit)

0,145

1

1,4

0,65

O'tkazuvchanlikning o'zgarish xarakteri quyida berilgan:





1.3.3-rasm. O'tkazuvchanlikning o'zgarish xarakteri

Anizotrop to'ldiruvchilar kiritilganida o'tkazuvchan faza tasodifiy orientirlangan anizometrik zarralar (tolalar, tsilindrlar) dan tashkil topgan bo'lib, bunday material o'tkazuvchanligi doimo izotrop; yoki o'tkazuvchan faza anizotrop xususiy o'tkazuvchanlikli tasodifiy orientirlangan zarralardan tashkil topgan bo'ladi. Bunday to'ldiruvchilar uchun oquvchanlik chegarasi odatda sferik yoki sferoid shaklli zarralardagiga qaraganida ancha past bo'lib, buni 3.1.4-rasmdan oson ko'rish mumkin: birinchi holda namunaning qarama-qarshi tomonlari orasidagi masofani qoplash uchun zarralar miqdori etarlicha kam.





1.3.4-rasm.oquvchanlik chegarasi




Kompozision materiallar xossalarini hisoblashning boshqa modeli o'z-o'ziga moslangan maydon printsipi qo'llaniladigan effektiv muhit nazariyasidir. U shundan iboratki, kompozision material mikroskopik elementi ichidagi maydonni hisoblashda dielektrik singdiruvchanligi avvalgidagidek "effektiv muhit" bilan o'ralgan va buning uchun o'rtacha maydon o'zgarmaydi, deb hisoblanadi. Maydonni bunday tasavvur etishimizda hisoblangan namunani butun xajmi bo'ylab o'rtachalashtirib, uni berilgan makroskopik maydonga tenglashtiriladi va effektiv dielektrik singdiruvchanlikni aniqlash uchun tenglama olinadi. Muhit morfologiyasiga bog'liq holda ikkita turlicha hisoblash sxemasi qo'llaniladi. Ulardan biri simmetrik modeldan iborat bo'lib, ikkita uzluksiz fazali aralashmalar uchun, ya'ni matrisa va to'ldiruvchi komponentalariga aniq chegara qo'yilmaganida qo'llaniladi. Bu holda o'rtachalashtirish bajarilayotgan mikroskopik element – fazoning, kompozitning yoki birinchi, yoki ikkinchi komponentasi bilan to'ldirilgan sohasidir. Effektiv muhit modelining ikkinchi chizmasi bitta komponentasi matrisa va ikkinchisi to'ldiruvchi deb atalishi mumkin bo'lgan aralashma uchun qo'llaniladigan asimmetrik yondashuvni ifoda etadi. Bu holda o'rtachalashtirish olib borilayotgan mikroskopik element ikki fazali bo'lib, matrisa materiali qatlami bilan o'ralgan to'ldiruvchi materialiga ega bo'lgan yadroni ifoda etadi. Oquvchanlik nazariyasi kabi effektiv muhit modeli ham o'zining chegaralariga ega.



Yüklə 428,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin