1.2. Geterogen tizimlar (kompozitlar) topologiyasi Kompozision materiallar topologiyasi deganda dispers faza zarralarining shakli, ularning o'lchamlari, hamda dispers fazaning dispers muhit xajmidagi taqsimoti tushuniladi. Bunga yana qo'shimchaning o'lchami, ular orasidagi masofa, qo'shimchalar markazlari koordinatalari, noizomer qo'shimchalarning fazodagi orientasiya burchagi (ya'ni o'lchamlari bitta yoki ikkita ajratilgan yo'nalishlar bo'yicha boshqa yo'nalishdagi o'lchamidan katta bo'lgan qo'shimchalar, masalan tola, plastinalar) ham kiradi.
Biro'qli-orientirlangan uzluksiz tolalar yoki matolar asosidagi kompozision materiallar oson tahlil qilinadi (1.2.1-rasm). Tola bo'ylab yo'nalishda (mato qatlamlari tekisligida) km ning elektr o'tkazuvchanligi
(1.2.1)
(Vinerning yuqori chegarasi), perpendikulyar bo'ylab yo'nalishda
(1.2.2)
Bu yerda va – to'ldiruvchi va matrisaning elektr o'tkazuvchanligi, to'ldiruvchining xajmiy ulushi. Bu ifodalar umumiy xarakterga ega, bunda ikki fazali tizimning fazalar ketma-ket va parallel harakatidagi effektiv o'tkazuvchanligiga mos keladi, hamda har bir fazaning xajmiy ulushlarigina ma'lum bo'lganidagi sharoitda optimaldir. Qatlamli kompozision materiallar uchun bo'ylama o'tkazuvchanlik qatlamlarga perpendikulyar yo'nalishdagi o'tkazuvchanlikdan doimo katta bo'lishini ko'rsatish qiyin emas. Haqiqatda qalinligi va o'tkazuvchanlikli qatlamlar to'plami uchun bo'ylama o'tkazuvchanlik
(1.2.3)ga,
ko'ndalang o'tkazuvchanlik esa
(1.2.4)ga,
o'rtacha bo'ylama o'tkazuvchanlik
(1.2.5)ga,
o'rtacha ko'ndalang o'tkazuvchanlik esa
(1.2.6) ga teng.
Koshi-Bunyakovskiy tengsizligini qo'llab,
(1.2.7) ga teng
Vinerning yuqorigi va quyi chegaralari matrisa va to'ldiruvchi parametrlarining berilgan nisbatida km larni tayyorlash usuli va zarralari shakliga bog'liq bo'lmagan holda Km lar elektr o'tkazuvchanligi qiymatlari sohalarini aniqlaydi. Haqiqatda Viner chegaralari o'tkazuvchanlikka o'ta qo'pol baho beradi, chunki bunda kompozit topologiyasi, to'ldiruvchi zarralari orasidagi kontaktlar va boshqa faktorlar hisobga olinmaydi, biroq u km larning aniq jufti uchun o'tkazuvchanlikning o'zgarish diapazonini va boshqa ko'chish (masalan, issiqlik o'tkazuvchanlik) xarakteristikalarini baholash imkonini beradi.
Kompozision materiallarning tez-tez uchrab turuvchi tuzilmalari qatorla rining ayrim topologik xarakteristikalari quyidagi jadvalda keltirilgan: