Q A R O R Q I L A D I 1. Yoshlar ishlari agentligi shahar bo‘limi boshlig‘i, vasiylik kengashining mas’ul kotibi B.Abduqodirovning axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida hamda tuman Vasiylik kengash yig‘ilishiga taqdim etilgan hujjatlarni inobatga olib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil
7-iyundagi “Yoshlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 312-sonli qaroriga ko‘ra Nizom talablaridan kelib chiqib:
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi “Yoshlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 312-sonli qaror Nizomining 3-bob, 1-band, 9-xat boshida belgilangan talablariga ko‘ra “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga moddiy ahvoli qiyin yoshlarga bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravarigacha bir martalik moddiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha talabgor ro‘yxati 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin;
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi
312-sonli qaror Nizomining 3-bob, 3-band, 19-xat boshida belgilangan talablariga ko‘ra “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlarida avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash o‘quv kursi xarajatlarini qoplash uchun talabgorlar ro‘yxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin;
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi
312-sonli qaror Nizomining 3-bob, 6-bandi, 30-xat boshida belgilangan talablarga ko‘ra “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga tadbirkorlik faoliyatini boshlash va o‘zini o‘zi band qilishga zarur bo‘lgan asbob-uskunalar va mehnat qurollarini xarid qilishga subsidiya ajratish uchun talabgorlar ro‘yxati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin;
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi “Yoshlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 312-sonli qaror Nizomining 3-bob, 7-bandi, 35-xat boshida belgilangan talablariga ko‘ra “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga professional va oliy ta’lim tashkilotlari o‘quvchi-talabalarining ta’lim to‘lov-kontrakt summasining 50%gach bo‘lgan qismini to‘lab berish uchun talabgorlar ro‘yxati
4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin;
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi “Yoshlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 312-sonli qaror Nizomining 3-bob, 8-bandi, 38-xat boshida belgilangan talablariga ko‘ra “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga zamonaviy kasblarni egallashi, axborot texnologiyalarini o‘rganishi va ularni xorijiy tillarga o‘qitish bo‘yicha o‘quv kurslarida o‘qish xarajatlarini qoplash uchun talabgor ro‘yxati 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin;
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi “Yoshlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 312-sonli qaror Nizomining 3-bob, 12-bandi,54-xat boshida belgilangan talablarga ko‘ra “Yoshlar daftari”ga kiritilgan bemor yoshlarga davolanish xarajatlari qoplash uchun talabgor ro‘yxati 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin;
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi “Yoshlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 312-sonli qaror Nizomining 3-bob, 14-bandi, 62-xat boshida belgilangan talablarga ko‘ra “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni o‘tash badalini to‘liq miqdorda qoplash uchun talabgor ro‘yxati 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Tuman Moliya bo‘limi boshlig‘i Sh.Ergashev, tuman hokimligi hisobchisi D.Musayeva bilan birgalikda ajratilayotgan mablag‘larni amaldagi qonunlar doirasida maqsadli ishlatilishini ta’minlasin.
4. Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi boshlig‘i, vasiylik kengashining mas’ul kotibi B.Abduqodirov ushbu qaror ijrosini ta’minlash uchun tuman hokimligi hisob xonasiga qaror nusxasi taqdim etish vazifasi yuklatilsin.
5. Tuman hokimligi axborot xizmati ommaviy axborot vositalarda hamda ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish choralarini ko‘rsin.
6. Ushbu bayonnoma qarorining ijrosini ta’minlashni o‘z zimmamda qoldiraman.