Rivojlantirish markazlari
Talimiy-tarbiyaviy faoliyat
Dushanba
Seshanba
Chorshanba
Payshanba
Juma
Resurslar
Erkin faoliyat
Qurish-yasash va matematika
Yozgi
oromgohlar
Qurilish
materiallari,
lego
konstruktor,
turli
kattalikdagi
g‘ishtlar
Syujetli rolli о‘yinlar va
sahnalashtirish
Supermarket
Tug‘ilgan kunni
nishonlaymiz
Niqoblar, jihozlar, AKT, kostyumlar,
sahna dekoratsiyalari peshtaxtalar,
pul, sotuv uchun buyum va oziq-
ovqat mahsulotlari
Til va nutq
“Ertakchi bolalar”
Tanish ertaklarni
hikoya qilish
“Yurtimni madh
etaman”
Vatan haqidagi
she’rlar
Mavzu
asosida
rasmlar,
she’riy
kitobchalar
Fan va tabiat
Ikkilamchi
materiallarga yangi
hayot bag‘ishlaymiz
Turli ikkilamchi materiallar: baklajka,
qog‘oz qutilari, smetana idishlari,
qiyqim, rangli karton, matolar
Sanat
Rasm:Yoz
mening
tassavvurimda
Loy ishi: Mening
sevimli о‘yinchog‘im
Applikatsiya:
Quvnoq bolalar
Oq va rangli qog‘ozlar, rangli bо‘yoq,
rangli qalamlar, loy.
Umumiy guruh bо‘lib ishlash
Nutq о‘stirish:
Syujetli rasmlar asosida
hikoya tuzish
“Ona yurtim
О‘zbekiston”
musiqiy
kompozitsiya,
jismoniy
chiqishlar
Mashg‘ulot
ishlanmasi,
kerakli
atributlar
AVGUST. TО‘RTINCHI HAFTA
ZAVQLI YOZ
Qurish- yasash va matematika
Mavzu: Yozgi oromgohlar
Maqsad: bolalar о‘zlari dam olgan oromgohlar kо‘rinishini loyihalashtiradilar, qurish
malakalarini mustahkamlaydilar.
Kerakli jihozlar: legolar, kubiklar, namuna, mavzuga oid rasmlar, qurilish bloklari.
Faoliyatning borishi:
1. Namuna va mavzuga oid rasmlarni kuzatish.
2. Kerakli qurilish bloklarini tanlash.
3. Ijodiy ish.
4. Bolalarning ishini muhokama qilish.
5. Tayyor ishni qо‘shimcha detallar bilan boyitish.
Qо‘shimcha: bolalar istagiga kо‘ra turli dam olish maskanlari maketini yaratish.
Syujetli-rolli о‘yinlar va sahnalashtirish
Mavzu: Supermarket
Maqsad: bolalar dо‘konlar turlari haqidagi bilimlarini mustahkamlaydilar.
Kerakli jihozlar: mavzuga oid dо‘kon rasmlari, turli xil dо‘konlar uchun mahsulotlar, sotuvchi
uchun kiyim, maxsus pullar, terminal va kartochkalar.
Faoliyatning borishi:
1. О‘yin uchun sharoit yaratish
2. О‘yinni rejalashtirish
3. Rollarni taqsimlash
4. О‘yin
5. Yakuniy suhbat.
Qо‘shimcha: mavzu asosida suhbatlashish.
Alohida e’tibor qaratiladi: dо‘kon turlari va u yerdagi mahsulotlarning ajrata olish malakalari.
Til va nutq
Mavzu:Ertakchi bolalar
Maqsad: bolalar ertaklarni nomini biladilar va undagi voqealar syujetini sо‘zlab beradilar.
Kerakli jihozlar: ertaklar tasvirlangan rasmlar.
Faoliyatning borishi:
1. Vazifani tushuntirish.
2. Rasmlarni kuzatish.
3. Rasmga qarab ertak nomini aniqlash.
4. Istaklariga kо‘ra ertaklarni hikoya qilish.
5. Suhbatni yakunlash, umumiy xulosa chiqarish.
Qо‘shimcha: ertak kitoblarni tomosha qilish .
Alohida e’tibor qaratiladi: hikoya qilish malakasi, intonatsiY.
San’at
Mavzu: Yoz mening tasavvurimda
Maqsad: bolalar rasm chizish malakalarini, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantiradilar.
Kerakli jihozlar: namuna, rangli va oq qog‘ozlar, rangli qalam, bо‘yoqlar.
Faoliyatning borishi:
1. Vazifani tushuntirish.
2. Namuna bilan tanishish.
3. Ijodiy ish.
4. Bajarilgan ish taqdimoti.
Qо‘shimcha: mavzu asosida jamoa ishini taklif qilish.
Alohida e’tibor qaratiladi: ranglar yorqinligi.
Til va nutq
Mavzu: Yurtimni madh etaman
Maqsad: bolalar yil davomida yod olgan she’rlarini qayta eslaydilar va yangi she’rlar yod
oladilar.
Kerakli jihozlar: AKT, ovozli yozuv.
Faoliyatning borishi:
1. Yod olgan she’rlarini eslash.
2. She’rlarni yoddan aytib berish.
3. AKT orqali yangi she’rlarni tinglash.
4. Yangi she’rlarni yod olish.
5. Yod olgan she’rlarining mazmuni haqida suxbatlashish.
Qо‘shimcha: she’rxonlik tashkil etish.
Alohida e’tibor qaratiladi: eslab qolish qobiliyati, ifodali aytib berish malakasi.
Fan va tabiat
Mavzu: Ikkilamchi materiallarga yangi hayot bag‘ishlaymiz
Maqsad: bolalar har bir narsadan unumli foydalanish va isrof qilmaslik kerakligini biladilar, о‘z
qо‘llari bilan ikkilamchi materiallardan yangi buyumlar yaratadilar.
Kerakli jihozlar: bakalajka, turli xildagi qutilar, mevalar urug‘lari, namunalar, yelim, flomaster,
rangli qalam, bо‘yoqlar, rangli qog‘oz va oq qog‘ozlar, suv idish, salfetka.
Faoliyatning borishi:
1. Mavjud buyumlarni tomosha qilish.
2. Qaysi buyumdan nima yaratish mumkinligini rejalashtirish
3. Ijodiy ish.
4. Yangi hayot bag‘ishlangan ishlar taqdimoti.
5. Bajargan ishlaridan xulosa chiqarish.
Qо‘shimcha: guruh xonasidagi keraksiz buyumlarni jamlash va ularga ikkinchi hayot
bag‘ishlash.
Alohida e’tibor qaratiladi: tasavvur va xulosa.
San’at
Mavzu: Mening sevimli о‘yinchog‘im
Maqsad: bolalar loy va plastilindan foydalanish texnologiyasini biladilar, murakkab shakllarni
yaratishga intiladilar, ijodiy ishlashda о‘z tasavvurlariga tayanadilar.
Kerakli jihozlar: loy, plastilin, stek, doska, salfetka.
Faoliyatning borishi:
1. Bajariladigan ishni rejalashtirish.
2. Kerakli materiallarni olish.
3. Ijodiy ishni boshlash.
4. Yaratgan ishlarini qо‘shimcha detallar bilan boyitish.
5. Bajarilgan ish tahlili.
Qо‘shimcha: sevimli о‘yinchoqlari haqida sо‘zlab berish.
Alohida e’tibor qaratiladi: loy, plastilin bilan ishlash texnologiyasi.
Syujetli-rolli о‘yinlar va sahnalashtirish
Mavzu: Tug‘ilgan kunni nishonlaymiz
Maqsad: bolalar tug‘ilgan kunni nishonlash an’analarini biladilar, tug‘ilgan kun uchun zaruriy
buyumlarni mustaqil ravishda tanlab, ulardan maqsadli foydalanadilar.
Kerakli jihozlar: mavzuga oid rasmlari, turli xil sharlar, bayroqchalar, bosh kiyimlar, sovg‘alar.
Faoliyatning borishi:
1. О‘yin uchun joy tayyorlash.
2. Sharlar, bayroqchalar bilan bezatish.
3. Rollarni taqsimlash.
4. Tug‘ilgan kun sahnasini ijro etish.
5. Rollarni almashish.
6. Rag‘batlantirish.
Qо‘shimcha: tug‘ilgan kun qо‘shig‘ini ijro etish
Alohida e’tibor qaratiladi: jamoada ishlash, fikrlarni hurmat qilish.
San’at
Mavzu: Quvnoq bolalar
Maqsad: bolalar mustaqil ravishda qaychidan foydalanish malakalarini rivojlantiradilar, quvnoq
chehralarni tasvirlaydilar.
Kerakli jihozlar: namuna, rangli va oq qog‘ozlar, yelim, salfetka.
Faoliyatning borishi:
1. Namunani kuzatish.
2. Bajariladigan ishni rejalashtirish.
3. Ijodiy ish
4. Yaratilgan ishlarni qо‘shimcha detallar bilan boyitish.
5. Taqdimot.
Qо‘shimcha: bolalarga “quvnoq” sо‘zini о‘z sо‘zlari bilan tushuntirib berish taklif qilinadi.
Alohida e’tibor qaratiladi: yelimlash, qog‘oz sathida ishni joylashtirish.
Dostları ilə paylaş: |