AVGUST. BIRINCHI HAFTA
SABZAVOT VA MEVALAR
Syujetli-rolli о‘yinlar va sahnalashtirish
Mavzu: “Sabzavot va mevalar” dо‘koni
Maqsad: tarbiyalanuvchilar “Dо‘konda” ta’limiy о‘yini orqali yoz oylarida pishadigan
sabzavot va mevalar haqidagi bilimlarini mustahkamlaydilar. Kuzdagi mevalardan yozgi
mevalarning farqi, qaysi meva qachon pishishi haqidagi ma’lumotlarni bilib oladilar. Masalan:
(gilos, olcha, olxо‘ri, о‘rik kabi mevalar yoz oylarida pishishi, behi, yong‘oq, xurmo mevalari
kuzda pishadi)
Kerakli jihozlar: sotuvchi kiyimi, tarozi, yasama pul, meva va sabzavotlar mulyaji.
Faoliyatning borishi:
1. О‘yin jihozlari bilan tanishish.
2. Rollarni taqsimlash.
3. О‘yin jarayoni.
4. Rollarni almashib о‘ynash.
5. Bolalarni rag‘batlantirish.
Qо‘shimcha: meva va sabzavotli kartochkalarni berib, ularni ajratib, savatchalarga
solishni taklif etish.
Fan va tabiat
Mavzu: Muddati о‘tgan mevalarni ajratamiz.
Maqsad: tarbiyalanuvchilar mevalarni yangi va uringanligini ularni kо‘rinishi orqali
aniqlashni о‘rganadilar. Uringan mevalar inson salomatligi uchun zararli ekanligini tushunadilar.
Mevalarni toza yuvish, ularni iste’mol qilishdan avval ularni holatini sinchiklab kо‘rishni
о‘rganadilar, lug‘atlariga yangi sо‘zlar (irigan, qoraygan) qо‘shiladi.
Dostları ilə paylaş: