Tayanch so‘z va iboralar: baholash obyekti, baholash subyekti,
milliy standart, xalqaro standart.
Nazorat savollari:
1. Baholash faoliyatida bozor infratuzilmasi tushunchasi.
2. Baholash obyektlari va subyektlari.
3. Baholash faoliyati normativ-huquqiy asoslari nimalardan iborat?
4. Xalqaro standartlar mohiyatini ta’riflang.
5. O‘zbekiston Respublikasining mulkni baholash milliy standartlar
turlari.
44
II bob.
MULK QIYMATINI BAHOLASH
TUSHUNCHA, MAQSAD VA BOSQICHLARI
2.1. MULKNI BAHOLASH MAQSADLARI
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan keyin, davlatning
rivojlanishi uchun bozor iqtisodiyotiga o‘tish yo‘li tanlandi.
Shunday ekan, mamlakatimizda bozor iqtisodiyotining islo-
hatlari bosqichma-bosqich olib borilishi, mulk shakllarining
o‘zgarishi jarayonida shakllangan mulk bozorida baholash
faoliyatining tiklanishi va rivojlanishiga davlat iqtisodiyotining
rivojlanayotganligi sabab bo‘ldi.
Demak, davlat bozor iqtisodiyoti tizimiga o‘tishi bilan o‘zining
tasarrufidagi mol-mulkni xalqqa, jamoalarga hamda individual
shaxslarga bera boshladi. Buning negizida esa ushbu mulkni
baholash, uni xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish
zarurati paydo bo‘ldi. Ayni damda ushbu zarurat baholash
faoliyatining rivojlanishiga asos bo‘lib xizmat qildi.
Baholash keng qamrovli tushuncha bo‘lib, mulkni, ya’ni bino
va inshootlarni, mashina va uskunalarni, transport vositalarini va
qolaversa, insonning salohiyatidan tortib, yer yuzidagi barcha –
jamiki narsalarga baho berishdan iboratdir.
Baholash faoliyatida, mulkni baholash, uning mohiyati, o‘ziga
xos xususiyatlari, baholash faoliyati ketma-ketligi, unga tegishli
me’yoriy-huquqiy hujjatlar haqida gap yuritiladi.
Baholash faoliyati respublikamizda mustaqillikka erishilgan
davrdan boshlab asta-sekin rivojlana boshladi. Boshlang‘ich
davrlardagi xalqaro talablarga mos keladigan milliy davlat baholash
andozalarini ishlab chiqish va amalda qo‘llash borasidagi ijobiy
tajriba haqida gapira turib, ayni vaqtda baholovchi ekspertlar
faoliyatini ma’lum tartib va qoidalarga bo‘ysundiruvchi tegishli
to‘la me’yoriy negizning, uni boshqarish va nazorat qilish samarali
tizimining amalda mavjud bo‘lmaganligini ta’kidlab o‘tish zarur.
45
Baholashni o‘rganish uchun, avvalo, ma’lum iqtisodiy, texnik
bilimlarga ega bo‘lish, baholash faoliyatining mazmun-mohiyatini
tushunib yetish, mulk va mulk egasini aniqlash va nihoyat,
aynan, baholash sohasi bo‘yicha tahsil olish zarur. Buning uchun
baholash faoliyatini o‘rganish, ma’lum bir tajriba orttirish va bilim
maskanlarida o‘qish tavsiya etiladi.
Baholash faoliyatini amalga oshirishda
– baholash sertifikatiga
ega, malakali baholovchi va shu bilan birga baholash faoliyatini
amalga oshirish litsenziyasiga ham ega bo‘lishini talab qiladi
(«Baholash faoliyati to‘g‘risida»gi Qonunning 4-moddasi).
Baholash faoliyati bilan shug‘ullanuvchi malakali mutaxassislarni
tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish masalasiga
alohida e’tibor qaratish kerak. Bu maqsadni amalga oshirish uchun
o‘quv adabiyoti, texnik va boshqa vositalarning tegishli majmuasini
tayyorlash lozim.
Bundan tashqari, baholovchi ekspertlarni tegishli professional
darajada o‘qitish va attestatsiyadan o‘tkazish, baholash faoliyatining
ilmiy negizini ta’minlovchi uslubiy materiallarni tayyorlash va
ishlab chiqish, chet el professional andozalarini milliy zamonaviy
sharoitlarga moslashtirishni tashkil etmay turib, baholash faoliyatini
rivojlantirishni amalga oshirib bo‘lmaydi. O‘zbekistonda baholash
faoliyati ma’lum darajada rivojlanmoqda, negaki sotish va sotib
olish, ijara, garov, sug‘urta, asosiy jamg‘armalarni qayta baholash,
korxonalarning birlashuvi va jalb etilishi, merosxo‘rlik huquqining
bajarilishi, sud hukmining ijro etilishi uchun o‘z vaqtida obyektni
baholash zarur bo‘ladi.
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so‘ng mulkni davlat
tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish chora-tadbirlari jadal
sur’atlar bilan boshlandi. Shu o‘rinda aytib o‘tish kerakki, davlat
tasarrufidagi mulkni xususiylashtirish uchun baholash faoliyatiga
bevosita talab tug‘iladi. Bundan tashqari, rivojlanayotgan har
qanday mulk bozorida kechadigan munosabatlarning barchasi
baholash faoliyatining rivojlanishini taqozo etadi. Demak, o‘z-
o‘zidan demokratik davlatda xususiylashtirish jarayonlari va bozor
46
munosabatlari qancha jadal rivojlansa, baholash faoliyati ham shu
jarayon o‘sishiga qarab rivojlanib boradi.
Turli toifadagi mulklarni (ko‘chmas va ko‘char) ma’lum bir
maqsad uchun (sotish, garovga qo‘yish, ijaraga berish va shu
kabilar) baholashning ilmiy-uslubiy va amaliy asoslari chet el
tadqiqotchilari ishlarida keng yoritilgan. Mulk qiymatini baholash
asosida takror ishlab chiqarish xarajatlari va undan foydalanishdan
olinadigan daromadlarning bahosi yotadi. Mulk obyekti narxlari ning
dinamikasi talab va taklifning o‘zaro nisbati va shu kabi boshqa
bozor iqtisodiyoti qonunlari ta’siri ostida shakllanadi. Har bir mulk
o‘z egasiga foydalanishidan ma’lum daromad keltiradi. Turli toi-
fadagi mulk qiymatini aniqlash baholanayotgan obyektning o‘ziga
xos xususiyatlarining ko‘pligi, shu bilan birga mulkni baholashga
ta’sir ko‘rsatuvchi omillar bilan belgilanadigan g‘oyat murakkab va
ko‘p mehnat talab qiluvchi jarayon hisoblanadi.
Shuningdek, mulkni baholashdan maqsad:
Birinchidan, uni qonundan tashqari bo‘lgan tartibsizliklarga
barham berish, ko‘char va ko‘chmas mulk bahosi sun’iy o‘sishining
keskin oldini olish hamda bir maromga keltirishini ta’minlash;
Ikkinchidan, qonunda ko‘rsatilgan tartibda baholovchi
kompaniyalarni yaratib, ular o‘rtasida raqobatchilik muhitini
yaratish va erkinlik, odillik tamoyillariga tayangan holda faoliyat
yuritishini ta’minlash;
Uchinchidan, davlat soliq siyosatida mulkni baholovchi
tashkilotlarga soliq bo‘yicha imtiyozlar berish hamda ularni qo‘llab-
quvvatlash;
To‘rtinchidan, mulk (ko‘chmas mulk) bahosining turg‘unligini
saqlab turishni ta’minlash;
Beshinchidan, mulkni baholashda keng foydalanilayotgan
me’yoriy hujjatlarni qayta ko‘rib chiqib, uni mos ravishda
jamiyatimizning mulk bozoriga reallashtirishini hamda baholovchi
tashkilotlar ish faoliyatida foydalanadigan me’yoriy hujjatlarni
takomillashtirishni ta’minlash.
47
Yuqoridagi maqsadlardan kelib chiqib, mulkni baholash
jarayonida belgilangan tartiblar asosida to‘g‘ri faoliyat olib borilishi,
baholash faoliyatining mamlakatimizda rivojlanishida muhim rol
o‘ynaydi.
Obyektni samarali boshqarish va taqsimlash maqsadida uning
bozor yoki boshqa turdagi bahosi aniqlangach, bu jarayonda kimlar
ishtirok etishi va aynan qaysi obyektlarda mumkinligini ham
aniqlash lozim. Narx belgilanayotganda obyekt va subyektlarning
bahosi ham nazarda tutiladi.
Baholash faoliyatining subyekti jismoniy va yuridik shaxslar,
davlat hokimiyati organlari, o‘z-o‘zini boshqaruvchi tashkilotlarning
baholovchilari hisoblanadi. Baholash jarayonining subyektlariga
quyidagilarni kiritish mumkin:
– davlat hokimiyati organlari;
– tashkilotlar va yuridik shaxslarning individual baholovchilari;
– baholovchilarning professional uyushmasi;
– buyurtmachi-baholovchilarni – baholovchi va yuridik yoki
jimsoniy shaxslarning yozma shakldagi shartnoma bo‘yicha o‘zaro
kelishuv asosida u yoki bu obyektning baholanishi amalga oshiriladi;
– baholash xizmatining iste’molchilari – ijro hokimiyatining
baho haqidagi hisobotda o‘z aksini topadigan ma’lumotlarga ega
bo‘lgan jismoniy va yuridik shaxslari.
Obyektlarni individual tadbirkorlarning baholovchilari yoki
baholovchi kompaniyalarning baholovchisi kabi jismoniy shaxslar
ham baholashlari mumkin.
Oxirgi holatda aynan baholovchi
kompaniya obyektni baholash uchun buyurtmachi bilan shartnoma
tuzadi. Obyektni baholovchi subyektlar sifatida, bir tomondan,
faoliyati qonun bilan belgilab qo‘yilgan (baholovchilar) yuridik
va jimoniy shaxslar (individual tadbirkorlar), ikkinchi tomondan,
ularning xizmatidan foydalanadigan iste’molchilar (buyurtmachilar)
tan olinadi. Shu tariqa buyurtmachi va baholovchilar – birinchi
bosqichning subyektlari, qolgan barchasini ikkinchi bosqichdagi
subyektlar deb atash mumkin.
|