66
va ishlab chiqarish sohasida ijodiy faoliyatning boshqa turlari,
adabiy, badiiy, ilmiy asarlar, ijrochi aktyorlik san’ati, jumladan
ovoz yozish, radio,
televideniye asarlari, kashfiyotlar, ixtirolar,
ratsionalizatorlik takliflari,
sanoat namunalari, kompyuterlar uchun
dasturlar, ma’lumotlar bazasi, nou-xauning ekspert tizimlari, tovar
belgilari, firma atamalari va boshqa aqliy mulk obyektlariga kiradi.
Hozirgi davrda intellektual mulkni muhofaza qilish muhim vazifa
hisoblanadi. Intellektual mulk − bu insonning ijodiy faoliyati
natijalariga bo‘lgan huquqi.
Intellektual mulk obyekti turlari quyidagilardan iboratdir:
a) patent (ixtirolar). Ixtiro (tovar
yoki nimadir qilish uchun
yangicha yo‘lni taqdim etuvchi usul yoki muammoni hal etish
uchun yangicha texnik yechim);
b) foydali modellar;
d) kichik ixtirolar;
e) sanoat namunalari. Sanoat
mahsulotining shakli, dizayni,
rangi yoki ularning birlashmasi;
f) tovar belgilari. Tovar chiqarilgan joyni aniqlashtiruvchi
mashhur nomi, logo yoki belgi;
g) xizmat ko‘rsatish belgilari. Xizmat ko‘rsatish
joyini
aniqlashtiruvchi mashhur nomi, logo yoki belgi;
h) savdo nomi. Firmani aniqlash maqsadida qo‘llaniluvchi
nom;
i) tovar chiqarilgan joy nomi, original joyi tovar ishlab chiqarish
yoki xizmat ko‘rsatishga
ixtisoslashgan davlat, hudud, mintaqani
ifodalash uchun qo‘llaniladigan nom yoki belgi;
j) insofsiz raqobatning taqiqlanishi,
bozordagi insofli erkin
raqobatga to‘sqinlik qiluvchi frirayder (ingliz tilidagi
free-reader –
harakatlarning taqiqlanishi so‘zidan, ya’ni erkin ishlatuvchi, to‘sig‘i
yo‘q ma’nosida).
Intellektual mulk obyektlari shaxsning mulki bo‘lishi mumkin
(O‘zR FK 169-moddasi). Quyidagilar ularga taalluqlidir:
1. Intellektual faoliyat natijalari:
67
Intellektual mulk
Fan-texnika va ishlab
chiqarish sohasidagi
intellektual mulk
obyektlari
Gumanitar sohadagi
intellektual mulk
obyektlari
Sanoat
mulki
Ixtiro
Sanoat
namunalari
Sanoat
mahsulotlari
Tovar va xizmat
ko‘rsatish
belgilari
Seleksiya
yutuqlari
Noinsof
raqobatning
oldini olish
huquqi
Mualliflik
huquqi
obyektlari
EHM
dasturlari
Ma’lumotlar
bazasi
Integral
topologiyalar
Ilmiy
natijalar
Sir saqlash
huquqi
(nou-xau)
Mualliflik
huquqi
obyektlari
Adabiy
asarlar
Musiqa
asarlari
Musiqalar
4.1-rasm. Intellektual mulkning asosiy turlari
1
.
1
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasining 2009-yil
6-oktabrdagi «Biznes qiymatini baholash» Mulkni baholash
milliy standarti
(9-MBMS) asosida shakllantirildi.