Intellektual mulkdan foydalanish huquqining amal qilish
muddatlari
1
T/r
Intellektual mulk huquqining nomi
Amal qilish
muddati
1.
Kashfiyot uchun patent
20+5 yil
2.
Sanoat namunalari uchun patent
10+5 yil
3.
Foydali modellar uchun patent
5+3 yil
4.
Tovar belgilari uchun guvohnoma
10 yil, muddatsiz
5.
EHMlar uchun guvohnoma
ko‘p martalik
4.3. MULKKA BO‘LGAN HUQUQ
Mulk huquqi, o‘z navbatida, ikki: obyektiv va subyektiv
ma’nodagi mulk huquqiga bo‘linadi.
Obyektiv ma’nodagi mulk huquqi deganda, tabiat ashyolarini
ijtimoiy o‘zlashtirishning mavjud zaxiralarini, usullarini belgilash,
tartibga solish va mustahkamlash uchun xalq manfaatlarini ko‘zlab
belgilangan tadbirlarni ifodalovchi huquq normalari yig‘indisi
nazarda tutiladi. Chunonchi, mulk to‘g‘risidagi umumiy qoidalar
obyektiv huquq normalari hisoblanadi.
Subyektiv ma’nodagi mulk huquqi deb ayrim shaxslar, ya’ni
huquq subyektlarining (davlat, yuridik shaxslar va fuqarolarning)
1
www.ima.uz. O‘zbekiston Respublikasi intellektual mulk huquqlarini
himoyalash assotsiatsiyasi ma’lumotlari asosida tayyorlanadi.
73
obyektiv huquq normalari asosida kelib chiqadigan mulkni egallash,
undan foydalanish va uni tasarruf qilish huquqlariga aytiladi
1
.
Mulkni o‘z xohishiga ko‘ra va o‘z manfaatini ko‘zlab egallash,
undan foydalanish va uni tasarruf etish, shuningdek, mulk huquqini
har qanday buzilishlardan bartaraf etishni talab qilish huquqi
tushunchalari mulk huquqining mazmunini tashkil etadi. Subyektiv
mulk huquqining mazmunini tashkil etadigan bu elementlar mulk
egasiga qonun bilan belgilangan doiralarda beriladi
2
.
O‘zbekiston Respublikasining «Mulkchilik to‘g‘risida»gi Qonuni
va FKning 164-moddasida belgilanishicha, mulkdor o‘ziga tegishli
mol-mulkka o‘z ixtiyoriga ko‘ra, o‘z xohishi va manfaatlarini ko‘zlab
egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi. Shu ma’noda
mulkdor o‘z mulkiga bo‘lgan huquqlarini ixtiyoriy ravishda, o‘z
xohishiga ko‘ra amalga oshiradi. Mulkdorning o‘z xohishi deganda,
uning o‘z erki, irodasi bilan o‘z manfaatlarini ko‘zlab, birovning
(uchinchi shaxslarning) tazyiqisiz, g‘ayrihuquqiy ta’sirsiz harakat
qilishi nazarda tutiladi. Agar mulkdorga nisbatan bunday holatda
zo‘rlik, tazyiq ko‘rsatilgan bo‘lsa, qonun mulkdorning xohish-
irodasi erkin amalga oshirilishini kafolatlaydi va muhofaza qiladi.
Ayni vaqtda mulkdorning o‘z xohishiga ko‘ra ish tutishi qonun,
insof va adolat doirasida amalga oshirilishi lozim.
Mulkdorning mulkiy huquqni o‘z xohishiga ko‘ra amalga
oshirishda uning manfaati yotadi. Bu manfaat bevosita uning o‘ziga,
yaqinlariga yoki boshqalarga taalluqli bo‘lishi mumkin. Masalan,
ota-ona voyaga yetmagan farzandi nomiga bankka omonat pul
mablag‘i qo‘yganda ham, garchi bunda uchinchi shaxsning manfaati
ko‘zlanganday bo‘lsa ham, aslida mulkdorning harakati zamirida
ota-ona sifatidagi burchi yotadi. Mulkdorning o‘zi xohishiga ko‘ra
yoki manfaatiga zid ravishda mulkiy bitimlar tuzishiga majbur qilish,
1
Mualliflar jamoasi. Mulk huquqi. Darslik. –T.: TDYI, 2006. 8-b.
2
Zokirov I. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik huquqi. Darslik. 1-qism.
Qayta ishlangan va to‘ldirilgan. – T.: TDYI, 2006. 213-b.
74
umumiy qoida bo‘yicha bunday bitimlar haqiqiy sanalmasligiga
sabab bo‘ladi.
Yuqorida aytganimizdek, mulk huquqi uch element – mulkka
egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etishdan tashkil
topadi.
Mulkni egallash huquqi mulkni qo‘lda yoki unga nisbatan o‘z
huquqlarini amalga oshirishga imkon beruvchi biron joyda saqlab
turishdir. Mulkni qonunga muvofiq ravishda o‘z qo‘lida yoki o‘z
erki-irodasi ta’siri ostida saqlab turgan shaxs mulkni egallash
huquqiga ega. Bunday huquq, avvalo, mulk egasiga tegishli bo‘ladi.
Avvalo deganimizning boisi shundaki, mulkni egallash huquqi qonun
yoki shartnomaga asosan boshqa shaxsda ham bo‘lishi mumkin.
Masalan, mulk shartnoma bo‘yicha ijaraga berilganida, vaqtincha
tekin foydalanish uchun topshirilishida, omonatga qo‘yilishida yoki
ma’muriy dalolatnomalarga binoan vaqtincha saqlash uchun biron
tashkilot yoki fuqarolarga o‘tkazilishida egalik huquqi mulk egasi
hisoblanmagan shaxsda ham bo‘lishi mumkin.
Mulkni qonun talablariga muvofiq qo‘lda saqlab turishga
qonuniy egallash deb aytilsa, qonuniy asoslar bo‘lmay turib
birovlarga qarashli mulkni egallash, masalan, birovning o‘g‘irlatgan
yoki yo‘qotgan mulkini qo‘lda saqlashga qonunsiz egallash deb
aytiladi.
Mulkdan foydalanish huquqi – mulkning foydali xususiyatlarini
o‘zlashtirish, mulkdan iqtisodiy ma’noda foyda ko‘rishdir. Mulkdan
qonunga muvofiq ravishda foydalanuvchi shaxs shu mulkdan
foydalanish huquqiga ega bo‘ladi. Mulkdan foydalanish huquqi
shu mulkni egallash huquqi bilan chambarchas bog‘liqdir. Mulkni
egallamay, qo‘lda saqlamay turib undan foydalanib ham bo‘lmaydi.
Masalan, mulk ijarasi shartnomasiga muvofiq, ijaraga beruvchi
dastavval mulkni ijaraga oluvchiga qonun yoki shartnomada ko‘zda
tutilgan tartibda topshiradi. Topshirish bilan bir vaqtda ijaraga
oluvchida mulkka nisbatan egalik qilish huquqi ham vujudga keladi
va u shundan so‘ng ijaraga berilgan mol-mulkdan foydalanishi
75
mumkin. Mulkdan ishlab chiqarishda yoki kundalik hayotda
foydalanishda bu mulk butunlay iste’mol qilinadi yoki muayyan
vaqt davomida asta-sekin eskiradi.
Agar birovning mulkidan foydalanish qonun yoki shartnoma
bilan belgilangan asoslar bo‘lmay turib amalga oshirsa, bunday
foydalanish qonunsiz foydalanish hisoblanadi. Masalan, o‘g‘irlangan
yoki yo‘qotilgan mulkdan foydalanish.
Mulkni tasarruf etish huquqi – mulkning yuridik taqdirini
belgilash, ya’ni mulk yuzasidan boshqa shaxslar bilan bo‘ladigan
huquqiy munosabatni belgilash, o‘zgartirish yoki bekor qilishga
qaratilgan huquqdir.
Mulk egasi tasarruf
etish huquqiga binoan mulk yuzasidan
xilma-xil bitimlar, shartnomalar, chunonchi, ashyoni sotish, hadya
qilish, ijaraga berish to‘g‘risida shartnomalar tuza oladi. Agar ashyo
butunlay keraksiz bo‘lib qolsa, mulk egasi bunday ashyoni tashlab
yuborishi, o‘zidan biron-bir
usul bilan soqit qilishi mumkin. Bu
huquq mulkdorga o‘z mol-mulkiga nisbatan qonunga zid bo‘lmagan
har qanday harakatlarni amalga oshirish, shu jumladan mol-
mulkdan garov narsasi sifatida foydalanishi yoki unga boshqacha
yo‘llar bilan vazifa yuklash, uni begonalashtirish yoki mol-mulkni
boshqacha usul bilan tasarruf etishga imkon beradi.
Bu huquqning qo‘ldan ketishi bilan mulkka nisbatan bo‘lgan
egalik huquqi ham qo‘ldan ketadi. Masalan, mulkni omonatga
qo‘yishda ashyoni egallash huquqi, ijaraga berishda ashyoni
egallash va undan foydalanish huquqi birovga o‘tsa, ashyoning
sotilishi yoki hadya qilinishida esa subyektiv mulk huquqining har
uch elementi: egallash, foydalanish va tasarruf etish huquqlari ham
butunlay boshqa shaxsga (yangi mulkdorga) o‘tadi
1
.
Ayrim hollarda, chunonchi, mulkni yo‘qotish, o‘g‘irlatish
hollarida mulk egasi o‘z mulkini egallash, foydalanish va uni
tasarruf etish imkoniyatidan mahrum bo‘lsa ham, egalik huquqini
1
Dostları ilə paylaş: |