O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi d. R. Abdikarimova, G. M. Bekimbetova ko‘chmas mulkni baholash



Yüklə 474,89 Kb.
səhifə22/78
tarix11.11.2023
ölçüsü474,89 Kb.
#132373
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   78
D. R. Abdikarimova, G. M. Bekimbetova-fayllar.org

Zokirov I. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik huquqi. Darslik. 1-qism.
Qayta ishlangan va to‘ldirilgan. – T.: TDYI, 2006. 224-b.



76
qonunda belgilangan hollarda va muddatlarda o‘zi saqlab turadi.


Fuqaroga tegishli mulk o‘g‘irlatilganida, uning kimning qo‘lida
bo‘lishligi aniqlanganidan so‘ng qonun bilan belgilangan uch yillik
da’vo muddati davomida talab qilib olinishi mumkin. Aks holda
mulkka nisbatan bo‘lgan egalik huquqi yo‘qoladi. Umuman olganda,
mulkni tasarruf etish elementi kimda bo‘lsa, shu shaxs (garchi
mulkning qo‘lida, ya’ni egaligida yoki foydalanishida bo‘lmasa
ham) mulkdor hisoblanadi. Zero, tasarruf etish elementi mulkning
shakli va huquqiy maqomiga qarab muayyan hujjatlar (order, tilxat
va h.k.) bilan tasdiqlanadi.
Mulk egalari o‘zlariga tegishli mulk huquqidan g‘ayriqonuniy
maqsadlarda, birovning zarariga foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Mulkdor huquqlari va vakolatlarining chegarasi O‘zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasining 54-moddasida bayon qilingan
bo‘lib, unga asosan mulkdor o‘z huquqlarini amalga oshirishda
ekologik muhitga zarar yetkazmasligi, fuqarolar, yuridik shaxslar
va davlatning huquqlarini hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan
manfaatlarini buzmasligi shart.
Bu Konstitutsiyaviy norma FKning 172-moddasida batafsil talqin
qilingan. Ushbu moddaga asosan mulkdor o‘z mulkiy huquqlarini
amalga oshirishda quyidagi shartlarga amal qilishi lozim:
1. Mulkdorning o‘z huquqlarini amalga oshirishi boshqa
shaxslarning huquqlarini va qonun bilan qo‘riqlanadigan
manfaatlarini buzmasligi shart;
2. Qonunlarda nazarda tutilgan hollarda, shartlarda va doirada
mulkdor boshqa shaxslar uning mol-mulkidan cheklangan tarzda
foydalanishiga yo‘l qo‘yishga majbur (masalan, ko‘chmas mulk-
yer uchastkasi egasi qo‘shni yer uchastkasining egasidan zarur
hollarda, boshqa yer uchastkalarining egalaridan ham o‘zganing
yer uchastkasidan cheklangan holda foydalanish (servitut) huquqini
berishni talab qilishga haqli. Odatda, servitut piyodalar va transport
yo‘li, elektr, aloqa, gaz yoki suv quvurlari o‘tkazish uchun zarur
bo‘lishi mumkin. Yer uchastkasida servitut belgilanishi yer egasini



77
mulk huquqidan aslo mahrum qilmaydi. Servitutdan foydalanuvchi


bilan yer uchastkasi egasi o‘rtasida servitut haqida bitim tuzilib, u
ko‘chmas mulkka oid bitimlar kabi ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Servitut
belgilangan uchastkaning egasi agar qonunda boshqacha tartib
nazarda tutilmagan bo‘lsa, servitut kimning foydasini ko‘zlab
belgilangan bo‘lsa, o‘sha shaxsdan uchastkadan foydalanganlik
uchun mutanosib haq talab qilishga haqlidir
1
;
3. Mulkdor o‘zining ustunlik mavqeyini suiiste’mol qilishga,
boshqa shaxslarning huquqlarini va qonun bilan qo‘riqlanadigan
manfaatlarini kamsitadigan o‘zga harakatlarni qilishga haqli emas;
4. Mulkdor o‘z huquqini amalga oshirganda fuqarolarning
sog‘lig‘iga va atrof-muhitga zarar yetkazishning oldini olish
choralarini ko‘rishga majbur.
Mulk huquqining mazmunida nafaqat mulkdorning huquqlari,
balki mol-mulkni saqlab turish burchi ham yotadi. FKning
174-moddasiga asosan, o‘ziga qarashli mol-mulkni saqlash, agar
qonun hujjatlarida yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda
tutilgan bo‘lmasa, mulk egasining zimmasida bo‘ladi. Agar mulkdor
bu majburiyatni bajarmasa, ba’zi hollarda uning mulkiy huquqlari
chegaralab qo‘yilishi yoki mol-mulk undan olib qo‘yilishi haqida
da’vo oldindan ogohlantirmasdan ham qo‘zg‘atilishi mumkin
(masalan, FKning 190-moddasida ko‘zda tutilgan asoslar bo‘yicha).
Hozirgi individual mulk shakllarining taraqqiyoti xususiy
mulk bilan xarakterlanadi. Bunda huquqiy tartibga solish muhim
ahamiyatga ega bo‘lib, u mulkiy munosabatlarning tub mohiyatini
ochib beradi. Xususiy mulkni yuridik shaklsiz tasavvur etish qiyin.
Xususiy mulkda muayyan mol-mulkning qat’iy kimga tegishliligini,
boshqa hech kimga tegishli emasligini huquqiy ta’minlash zarurdir.
Shuning uchun birinchi navbatda mol-mulkning mulk egasiga qat’iy
tegishligini huquqiy mustahkamlash zarur. Agar bu qonunlarda
ko‘rsatilmasa, biror nizo vujudga kelsa, uni hal etish mumkin
1
Mualliflar jamoasi. Mulk huquqi. Darslik. –T.: TDYI, 2006. 344-b.



78
bo‘lmaydi. Agar bu huquq norma me’yorlarida o‘z aksini topsa,


mulkdorning ixtiyoridan tashqari biron yo‘l bilan ular qo‘lidan
ketganda uni talab qilib qaytarib olishga haqli bo‘ladi. Bunday
huquqiy tizimning rivojlanishi xususiy Rim huquqida dastlab o‘z
aksini topgan edi. Unda, birinchi navbatda, mulkdorning ashyoviy
huquqlarini qat’iy himoya qilish mutlaq xarakterga ega edi.
Bozor munosabatlari tobora rivojlanib borayotgan hozirgi
kunda milliy qonunchiligimiz tizimi o‘zgardi. Hayotning har
qanday sohasida tub iqtisodiy, ijtimoiy, huquqiy islohotlar amalga
oshirilmoqda. Bunda mulkiy huquqlar ham o‘zining munosib
o‘rniga ega. «Mulkchilik to‘g‘risida»gi Qonunning 1-moddasida
«Mulkdor o‘ziga tegishli mulkka o‘z ixtiyoriga ko‘ra egalik qiladi,
undan foydalanadi va uni tasarruf etadi», – deb ko‘rsatilganligi
diqqatga sazovordir. Chunki ushbu me’yorning ahamiyati ulkan
hisoblanadi.
Yuqoridagilarga asoslanib, fuqarolar xususiy mulk huquqining
mazmunini fuqarolarning o‘z xohishiga ko‘ra o‘ziga tegishli
mol-mulkka xususiy egalik qilish, undan foydalanish va uni
tasarruf etish huquqlari tashkil etadi. Bu huquq me’yori mustaqil
respublikamizning Fuqarolik kodeksida mustahkamlab qo‘yilsa,
maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Bu holatni quyidagicha izohlash
mumkin: birinchidan, mulk huquqining asl mohiyatini ochib
beradi, ikkinchidan, mulkdorda mol-mulkka nisbatan xo‘jayinlik
tuyg‘usini mujassamlaydi; uchinchidan, mulkdorning huquqlari
ilgari qonunlardagidek qat’iy belgilab berilmagan bo‘lib, u o‘z
mol-mulkidan o‘z xohishiga qarab har qanday harakatni sodir etishi
mumkin.
Mulkdorning huquqlaridan biri egalik qilish huquqi bo‘lib, bu
haqda yuridik adabiyotlarda bir qator fikrlar ilgari surilgan. Egalik
qilish huquqi deganda, shaxsning ashyo ustidan faktik hukmronligi
tushuniladi
1
.
1
Mualliflar jamoasi. Mulk huquqi. Darslik. – T.: TDYI, 2006. 25-b.



79
Birinchi navbatda «egallash» va «egalik qilish» terminlarining


ma’nosiga e’tibor berishimiz zarur. «Egallash» – bu tazyiq bilan
hukmronlik qilib biror narsani qo‘lga kiritishdir. Eski qonunchilikda
bu so‘z mulkdorning huquqlaridan biri o‘rnida ishlatilgan edi. O‘sha
davrlarda yuridik adabiyotlarda ham shu so‘z ishlatilgan.
«Egallash» so‘zini mulk egasining huquqlaridan biri sifatida
qo‘llash bu huquqning mohiyatini to‘g‘ri yoritmaydi. «Egalik
qilish» so‘zi biror-bir narsani (mol-mulkni) qo‘lida ushlab turish,
saqlash ma’nosini beradi. Shuning uchun «egallash» so‘zi o‘rniga
«egalik qilish» so‘zi o‘rinliroqdir.
Yuqoridagilarga asoslanib, egalik qilish huquqi shaxslarning
mol-mulkni o‘z qo‘llarida ushlab turish imkoniyati bo‘lib, uni o‘z
xo‘jaligi hisobiga kiritadi. Bu tushuncha keng ma’noda berilgan
bo‘lib, u mulkdorning egalik qilish huquqini to‘liq ochib beradi.
Bu, birinchidan, qonun tomonidan berilgan imkoniyatlar qaysi
mol-mulklar shaxs egaligida bo‘lishi mumkinligini belgilaydi;
ikkinchidan, shu mol-mulklar shaxsning qo‘lida ekanligini ko‘rsatib,
boshqa shaxslar unga nisbatan begona sifatida turishi zarur.
Mulk huquqi mazmunining elementi hisoblangan foydalanish
huquqi doirasi bugungi kunda kengaydi. Ilgarigi qonunlarda
fuqarolarning shaxsiy huquqlaridan foydalanishda yollanma
mehnatni qo‘llashga ruxsat berilmagan bo‘lsa, hozirgi amaldagi
qonunchilikda fuqarolar o‘zlarining xususiy mulk huquqidan
foydalanishda har qanday harakatni amalga oshirishi mumkinligi,
hatto yollanma ishchi kuchini jalb etishga ruxsat etilishi ko‘rsatilgan.
FKning 223-moddasida ko‘rsatilganidek, umumiy ulushli mulk
ishtirokchisi o‘z ulushini umumiy mol-mulkdan berishni talab
qilishga haqlidir. Uning bu huquqi umumiy mulkdagi ulushni
tasarruf etishga bo‘lgan huquqidan kelib chiqadi.
Ulushni ajratishning asosiy usuli, mulkning xo‘jalik tayinlanishiga
zarar yetkazmaslik sharti bilan undan asl holida ulush ajratishdan
ishtirokchilar o‘zaro kelisha olmasalar, sud yoki nizoni hal qiluvchi
organ umumiy mulkdan qanday ashyolar asl holida ajratilishini,



80
masalan, sheriklik asosida olingan hosilning qanday taqsimlanishini


belgilaydi.

Yüklə 474,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin