O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi d. R. Abdikarimova, G. M. Bekimbetova ko‘chmas mulkni baholash



Yüklə 474,89 Kb.
səhifə24/78
tarix11.11.2023
ölçüsü474,89 Kb.
#132373
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   78
D. R. Abdikarimova, G. M. Bekimbetova-fayllar.org

Biznes va uning 
tarkibiy qismlari
4.4-rasm. Biznes va uning tarkibiy qismlarining turli bozorlarda
ishtiroki
1
.
Biznes tovarning barcha belgilariga ega va u fuqarolik-huquqiy
muomala obyekti bo‘lishi mumkin. Lekin bu alohida turdagi tovar
hisoblanadi. Va ana shu alohidalikni baholovchi xususiyatlar uni
1
Xodiyev B.Y., Berkinov B.B., Kravchenko A.N. Biznes qiymatini baho-
lash. – T.: «IQTISOD-MOLIYA», 2007. 45-b.



85
baholashning tamoyillari, modellari, yondashuvlari va usullarini


belgilab beradi.
Birinchidan, biznes – bu investitsiya tovari, ya’ni unga kelajakda
foyda olish maqsadida sarmoya kiritiladi. Xarajatlar va daromadlar
vaqt bo‘yicha ajratilgan. Bunda kutilayotgan foydaning miqdori
ma’lum emas, ya’ni ehtimoliy xususiyatga ega, shuning uchun
sarmoyador ehtimoliy muvaffaqiyatsizlik xatarini hisobga olishiga
to‘g‘ri keladi. Agar bo‘lajak daromadlar ularni olish vaqtini hisobga
olgan holda investitsiya tovarini xarid qilish xarajatlaridan kam
bo‘lsa, u investitsiyaviy jozibadorligini yo‘qotadi. Shunday qilib,
mulkdor oladigan bo‘lajak daromadlarning joriy qiymati xaridor
tomonidan bozor narxining yuqori chegarasini o‘zida namoyon
etadi.
Aksiyadorlar
Sarmoya-
dorlar
Davlat
Yetkazib
beruvchilar
Kreditorlar
Sug‘urta
kompaniyalari
Biznes va uning 
tarkibiy qismlarini 
baholash
Kompaniya
boshqaruvchilari
4.5-rasm. Biznes qiymatini baholashdan manfaatdor tomonlar
1
.
Ikkinchidan, biznes tizim hisoblanadi, lekin u butun tizim
sifatida ham yoki uning alohida kichik bo‘lagi va hatto qismi
sifatida ham sotilishi mumkin. Ushbu holatda uning muayyan
sarmoya bilan, muayyan tashkiliy-iqtisodiy shakl bilan aloqasi
1
Xodiyev B.Y., Berkinov B.B., Kravchenko A.N. Biznes qiymatini
baholash. – T.: «IQTISOD-MOLIYA», 2007. 58-b.



86
uziladi, biznesning qismlari boshqa, sifat jihatdan yangi tizimni


(korxonani) shakllantirish asosiga aylanadi. Bunda biznesning o‘zi
emas, balki uning alohida tarkibiy qismlari amalda tovar bo‘ladi.
Uchinchidan, tovar sifatida biznesga bo‘lgan ehtiyoj tovarning
ichida ham, tashqi muhitda ham kechadigan jarayonlariga bog‘liq.
Bunda, bir tomondan, jamiyatdagi beqarorlik biznesni ham
beqarorlikka olib keladi, ikkinchi tomondan, biznesning beqarorligi
jamiyatning o‘zidagi beqarorlikning yanada o‘sishiga olib keladi.
Bundan biznesning tovar sifatidagi yana bir xususiyati – uning
fuqarolik-huquqiy muomalasini tartibga solishga bo‘lgan ehtiyoj
kelib chiqadi.
To‘rtinchidan, biznes barqarorligining jamiyatdagi barqarorlik
uchun alohida ahamiyatini hisobga olgan holda nafaqat biznes
aylanishi mexanizmini tartibga solishda, balki biznesning bozor
narxini shakllantirishda hamda uni baholashni amalga oshirishda
ham davlatning ishtiroki zarur.
Baholash ishlarini o‘tkazishdan davlat tuzilmalaridan tortib
to xususiy shaxslargacha manfaatdordirlar. Bular nazorat-taftish
organlari, boshqaruv tuzilmalari, kredit tashkilotlari, sug‘urta
kompaniyalari, soliq organlari va boshqa tashkilotlar, xususiy biznes
egalari, sarmoyadorlar va h.k. Baholash ishlarini o‘tkazishdan
manfaatdor bo‘lgan tomonlar o‘zlarining iqtisodiy manfaatlarini
amalga oshirishga intilgan holda baholash maqsadini belgilaydi.

Yüklə 474,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin