14
buyurtmachi va baholovchi jismoniy va yuridik shaxslar bo‘lishi
mumkin. Buyurtmachi, baholovchidan farqli o‘laroq, individual
xususiy tadbirkor bo‘lmagan jismoniy shaxs ham bo‘lishi mumkin.
Har ikki tomon orasida ma’lum bir obyektni baholash haqida
shartnoma rasmiylashtiriladi yoki uzoq muddatga bir qator
obyektlarni baholash haqida buyurtmachining arizasiga asoslaniladi.
Ta’kidlash joizki, «baholovchi» atamasi ikki ma’noda
qo‘llaniladi: birinchidan, baholovchi – baholash jarayonini amalga
oshiruvchi firma; ikkinchidan, baholovchi –
baholash jarayonini
amalga oshiruvchi professional jismoniy shaxs.
Shu tariqa baholash jarayonini amalga oshiruvchilar bu borada
umumiy qobiliyatga va huquqqa ega bo‘lgan, uning ustavi bilan tanish
bo‘lgan individual tadbirkorlar, yuridik shaxslar bo‘lishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: