120
asoslanishi lozim. Qurilish xarajatlari va eskirish summasi xarajatlar
va eskirish summasi bo‘yicha bozor ma’lumotlarining
tahlili asosida
aniqlanishi lozim. Daromadlarni kapitallashtirish uslubi yoki
diskontlangan pul oqimi uslubi bozor nuqtayi nazaridan aniqlangan
pul oqimlari va bozor ma’lumotlariga asoslangan daromad
stavkalariga asoslanishi lozim. Garchi ma’lumot olish imkoniyatlari,
shuningdek, bozor va mol-mulk obyektining
atrofidagi holat qaysi
baholash uslubining maqbulligi va mosligini aniqlaydigan bo‘lsa, u
holda yuqorida ta’kidlangan har qanday tartibotlaridan foydalanish,
agar har bir uslub bozor ma’lumotlariga asoslanadigan bo‘lsa, bozor
qiymatining belgilanishiga olib keladi.
Bozor qiymatini belgilashning u yoki bu uslublari va
tartibotlarining qo‘llanilishi mol-mulk, odatda, ochiq bozorda qanday
usulda sotilishidan kelib chiqib aniqlanadi. Bozor ma’lumotlariga
asoslangan holda, har bir uslub taqqoslash uslubidir.
Har bir
baholash holatida bir yoki bir nechta uslublar ochiq bozor faoliyati
to‘g‘risidagi tasavvurni beradi. Bozor qiymatini aniqlash bo‘yicha
har bir topshiriqda baholovchi barcha uslublarni ko‘rib chiqishi va
ulardan eng maqbullarini aniqlab olishi lozim.
Dostları ilə paylaş: