135
vositalar»
1
Qonunlariga asosan O‘zbekistonda asosiy fondlarning
yangi klassifikatori (AFAK) ishga solingan. Bu klassifikator
barcha mulk turlariga mansub
tashkilotlar, korxonalar tomonidan
qo‘llaniladi. AFAKda tasniflash obyektlari – bu tovar ishlab
chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish uchun uzoq muddat davomida ko‘p
marotaba yoki doimiy ishlatiladigan asosiy fondlardir.
Asosiy fondlar moddiy va nomoddiy turlarga bo‘linadi.
Moddiy fondlarga binolar, inshootlar, mashina va uskunalar,
turar joylar, transport vositalari, ko‘p yillik ekinlar,
qoramol va
h.k.lar kiradi.
Vaqtinchalik inshootlar, moslama va qurilmalar asosiy fondlar
bo‘lib hisoblanmaydi, ularning qurilishiga sarflanuvchi xarajatlar
kapital qo‘yilmalar tarkibiga kiruvchi qurilish-montaj ishlari
tannarxiga kiritiladi. Bu tasnif asosiy
fondlarning deyarli barcha
shakldagi obyektlarini ta’riflaydi.
Binolar (turar joydan tashqari). Binolar tarkibiga ishlab chiqarish
jarayoni uchun sharoit yaratish, ijtimoiy-madaniy xizmat ko‘rsatish,
moddiy boyliklarni saqlash uchun xizmat qiluvchi qurilish-
arxitektura obyektlari kiradi. Binoning asosiy konstruksiyaviy
qismiga poydevor, yuk ko‘taruvchi va to‘siq
konstruksiyalar hamda
tom kiradi.
Agar binolar bir-biriga tutashib, umumiy devorga ega bo‘l-
sa-yu, ammo har biri mustaqil konstruktiv yaxlitlikni tashkil
qilsa, ular alohida obyekt deb hisoblanadi. Xo‘jalik ahamiyatiga
ega bino tashqarisidagi qo‘shimcha qurilishlar,
alohida turuvchi
qozonxona binolari hamda hovlidagi qurilishlar (omborxonalar,
garajlar, to‘siqlar, devorlar, quduqlar va h.k.) mustaqil obyekt bo‘lib
hisoblanadi. Qo‘llanilishi binonikidan o‘zgacha bo‘lgan qo‘shimcha
qurilgan xonalar shu binoning tarkibiga kiradi.
1
BHMS N5 «Asosiy vositalar» N114 09.10.2003-y.dan O‘zR moliya
vaziri Buyrug‘iga asosan tasdiqlangan va N1299 20.01.2004-y.dan Adliya
vazirligi tomonidan ro‘yxatga olingan.