183
– baholash faoliyati subyektlarining huquqlarini himoya qi luvchi
yagona davlat siyosatini tashkil qilishga o‘z hissasini qo‘shish;
– yuqori malakali baholovchi mutaxassislarni yetishtirish va
ularning kvalifikatsiyasini oshirish;
– baholovchi subyektlar, davlat organlari, iste’molchilar
va baholash xizmatidan foydalanuvchilar bilan aloqalarni
mustahkamlash;
– baholash sohasiga tegishli bo‘lgan eng zamonaviy texnologiya
va texnik vositalarni yaratish va rivojlantirish.
Ko‘rib turganimizdek, assotsiatsiyaning tarkibiy tuzilishida ta’-
sischilar, baholash kompaniyalari asosiy o‘rinni egallaydi, bunga
nazorat kengash va revizorlarning roli katta hisoblanadi. Boshqaruv
Raisi Bosh buxgalter, metodolog, menejer, mahsulot huquqshunosi va
boshqa bo‘lim xodimlarini nazorat qilish va boshqarish vazifasini olib
boradi.
Ta’sischilar, baholash
kompaniyalari
Nazorat
kengashi
Revizor
Boshqaruv
raisi
Bosh buxgalter
Menejer
Metodolog
Mahsulot
huquqshunosi
Tashkiliy
komissiya
Tashqi
aloqalar
bo‘yicha
komissiya
Metodo-
logiya
bo‘limi
Sertifikat-
lash va
reyting
komissiyasi
Intizom
komissiyasi
Malaka
oshirish
komis-
siyasi
10.3-rasm. Assotsiatsiyaning tarkibiy tuzilishi
1
1
O‘zbekiston Respublikasi xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘makla-
shish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi ma’lumotlari asosida