192
Zonalashtirish – hududni rayonlarga bo‘lishga va har bir ajratilgan
rayonda yerdan foydalanish xususiyati va sur’atini belgilovchi qoidalarni
belgilashga imkon beradigan huquqiy qurol.
Ijara – kelishuv, bunga ko‘ra mulkdor renta to‘lanishi sharti bilan
ma’lum muddatga yollovchiga obyekt uchun mulk huquqini emas, balki
foydalanish va maxsus egalik qilish huquqini beradi.
Ijarachi – 1. Eng yuqori kredit reytingiga va eng kam tavakkalga
ega, deb hisoblangan shaxs. 2. Yollovchi.
Investitsiyalar – daromadlar yoki foyda olish uchun pul mablag‘larini
kiritish; daromadlar yoki foyda olish uchun xarid qilingan mulk.
Investitsiyaning foydali ish koeffitsiyenti – investitsiyalar uchun
daromadning ichki qo‘yilmasi.
Investitsiyani qaytarish yoki uning o‘rnini qoplash –
sarmoyadorning boshlang‘ich investitsiyalar summasini olishini anglatadi.
Bu summa aktivga egalik qilish davri ichida qiymatning yo‘qolishini aks
ettiradi.
Inflatsiya – odatda, iste’mol narxlari ko‘rsatkichi bilan o‘lchanadigan
valutaning xarid qilish qobiliyatining pasayishi.
Ishlar doirasiga ko‘ra ajratish usuli – xarajatli yondashuvdagi
baholash usuli; xarajatlar duradgorlik, tosh terish, fan-texnika va boshqa
shu kabi ishlarning turli ko‘rinishlari bo‘yicha guruhlarga ajratiladi.
Iqtisodiy renta – ijara haqidagi shartnomada belgilangan bitim
rentasidan farq qiluvchi, binodan tushgan yalpi renta daromadlarining
bozor tomonidan belgilangan summasi. Iqtisodiy nazariyaga ko‘ra –
omilni ishlab chiqarishda ishlatish uchun zarur bo‘lgan miqdordan ortiq
qo‘shimcha kirimlar.
Dostları ilə paylaş: