O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi d. R. Abdikarimova, G. M. Bekimbetova ko‘chmas mulkni baholash



Yüklə 474,89 Kb.
səhifə67/78
tarix11.11.2023
ölçüsü474,89 Kb.
#132373
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   78
D. R. Abdikarimova, G. M. Bekimbetova-fayllar.org

Kapitallashtirish me’yori – ko‘chmas mulkning bozordagi
qiymatining o‘zi keltirgan sof daromadga munosabati.
Ko‘chmas mulk – yer va undagi inshootlar hamda faqat yer uchun
ishlatiladigan atama. Ko‘chmas mulk – bu yer maydonlari va u bilan
uzviy bog‘liq bo‘lgan hamma narsalar, ya’ni: binolar, inshootlar, boshqa
mulk majmualari, ko‘p yillik daraxtlar hamda yerosti boyliklari. Ko‘chmas
mulk boshqa joyga olib o‘tilishi unga ziyon yetkazadigan mulk sifatida
ta’riflanadi.
Ko‘chmas mulkning huquqiy ta’rifi – maydon va ko‘chmas mulk
obyektining ta’rifi bo‘lib, unga ko‘ra ular sudda ishni ko‘rish uchun
maqbul holda bir ma’noda tenglashtirilishi mumkin.
Ko‘chmas mulk huquqlari – ko‘chmas mulkdan foydalanish, egalik
qilish va boshqarish bilan bog‘liq mulk huquqlari.



194
Ko‘chmas mulk bozori – bu mulk huquqlarini berishga, narxlarni


belgilashga, yerdan foydalanish va uni yaxshilashlar (binolar, inshootlar,
daraxtlar)ning raqobat qiluvchi turlari o‘rtasida hududlarni qayta
taqsimlashga imkon beradigan mexanizmlarning muayyan to‘plami.
Likvidatsion qiymat – mulkning iqtisodiy hayot muddati so‘nggida
taxmin qilingan qiymati.
Likvidlik – aktiv pulga o‘tkazilishi mumkin bo‘lgan yengillik.
Mablag‘ qaytishining samarali me’yori – diskontning umumiy
koeffitsiyenti va qo‘yilmasi o‘rtasidagi farq. Yemirilish oqibatida
yo‘qoluvchi qiymatning ulushiga ko‘ra o‘lchangan mablag‘ qaytarilishining
har yilgi me’yori.
Mahalliy sharoitlar uchun tuzatish koeffitsiyenti – respublikaning
turli shaharlarida qurilish bahosidagi farqlarni hisobga olish uchun
qo‘llanuvchi koeffitsiyent.
Ma’naviy yemirilish – binolar (inshootlar)ning baholash vaqtida
ko‘rsatilgan me’yoriy, hajmli-rejali, me’moriy-konstruktiv, sanitar-
gigiyenik va texnologik talablarga mos kelmasligi.
Majburiyat – biror-bir shaxs mulk sotib olganida va shaxsiy
javobgarlikni qabul qilmasdan ipoteka to‘lovlari bo‘yicha majburiyatni o‘z
zimmasiga olganida vujudga keluvchi majburiyat. Shaxsiy javobgarlikni
birinchi qarz beruvchi o‘z zimmasiga oladi.

Yüklə 474,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin