O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi d. R. Abdikarimova, G. M. Bekimbetova ko‘chmas mulkni baholash



Yüklə 474,89 Kb.
səhifə70/78
tarix11.11.2023
ölçüsü474,89 Kb.
#132373
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   78
D. R. Abdikarimova, G. M. Bekimbetova-fayllar.org

Reversiya omili – qayta sotishdan tushgan pulni baholash uchun
foydalaniladigan pul birligi joriy qiymatining omili.
Reinvestitsiyalar qo‘yilmasi – foiz qo‘yilmasi bo‘lib, unga ko‘ra
daromad keltirayotgan mulkdan tushgan mablag‘lar, aynan ularning
mablag‘ning qaytishini ta’minlaydigan qismi qayta investitsiyalanadi.
Renta yoki ijara to‘lovi – ko‘chmas mulkdan foydalanganlik uchun
to‘lovlar.
Renta multiplikatori – qarang: Yalpi renta (daromad) multiplikatori.
Servitut – boshqa shaxsning yeridan bir yoki undan ko‘p shaxslar
tomonidan cheklangan foydalanish huquqi.
Soliq qo‘yilmasi – soliq ko‘rinishida to‘lanishi kerak bo‘lgan daromad
yoki qiymatning qismini aniqlaydigan qo‘yilma.
Sotuvlarning to‘g‘ridan to‘g‘ri qiyosiy tahliliga yondashish 
taqqoslanuvchi obyektlarning yaqinda bo‘lgan sotuvlarini baholanayotgan
obyekt bilan qiyoslash orqali qiymatni baholash usuli ularning orasidagi
farqlarni hisobga oladigan muvofiq tuzatishlardan so‘ng qo‘llanadi.
Bu usul o‘xshash kelishuvlarni topish va ular bo‘yicha axborot yig‘ish
mumkin bo‘lgan faol bozor uchun samaralidir.



197
Salohiyatli yalpi daromad – ijaraga topshiriladigan barcha qo‘l


ostidagi obyekt birliklari ijaraga olinganda va ijarachilar ijara to‘lovining
butun summasini kiritganda olinadigan yalpi kirimlar.
Samarali soliq qo‘yilmasi – mulkka soliq solishda – ustiga qo‘shib
hisoblangan soliqlar va bozor qiymati o‘rtasidagi foiziy munosabat.
Tavakkalsiz qo‘yilma – eng kam tavakkalga ega investitsiyalar
bo‘yicha foiz miqdori.
Tamoyil – fundamental g‘oya bo‘lib, boshqa holatlar unga asoslanadi.
Talab va taklif tamoyili – bu tamoyilga ko‘ra talab va taklifning bir-
biriga o‘zaro ta’siri natijasida narx belgilanadi.

Yüklə 474,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin