198
Ulushli baholash – butun mulkdagi faqat bir tarkibiy qismni yoki
huquqiy manfaatni baholash. Masalan, fazo bo‘shlig‘i, yer sathi va yerosti
huquqlarini alohida baholash.
Umuman mulk uchun qoldiq texnikasi – daromadli yondashuvning
bir turi bo‘lib, unga ko‘ra bashorat qilingan daromadlarning joriy qiymatini
va bashorat qilingan qayta sotishdan tushgan pulning
joriy qiymatini bir-
biriga qo‘shish orqali mulkning joriy qiymati baholanadi.
Xaridor bozori – xaridorlar juda foydali shartlar va narxlarga
erisha oladigan bozor. Odatda, bunga umumiy iqtisodiy vaziyat yoki
muvofiq mintaqada yerdan foydalanish takliflarining ko‘pligi
sabab
bo‘ladi.
Xarajatli usul – buning asosida o‘rindoshlik tamoyili yotadi. Unga
ko‘ra sarmoyador imorat uchun tegishli maydonni olish va vazifasi hamda
sifatiga ko‘ra turdosh obyektni ortiqcha uzluksiz qurilishiga ketadigan
summadan ortiqroq mablag‘ni ko‘chmas mulk obyekti uchun to‘lamaydi.
Dostları ilə paylaş: