O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi d. R. Abdikarimova, G. M. Bekimbetova ko‘chmas mulkni baholash


O‘zbekiston Respublikasida mulkni baholash milliy



Yüklə 474,89 Kb.
səhifə9/78
tarix11.11.2023
ölçüsü474,89 Kb.
#132373
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   78
D. R. Abdikarimova, G. M. Bekimbetova-fayllar.org

O‘zbekiston Respublikasida mulkni baholash milliy 
standartlari
1
T/r Standart mazmuni
Ro‘yxatdan o‘tkazilgan sana
1. № 1 MBMS «Baholashning umu-
miy tushuncha va prinsiplari»
2006-yil 14-iyunda 1604-son
bilan ro‘yxatga olingan
2. № 2 MBMS «Bozor qiymati
baholash bazasi sifatida»
2006-yil 14-iyunda 1605-son
bilan ro‘yxatga olingan
3. № 3 MBMS «Bozor qiymatidan
farqlanuvchi baholash bazasi»
2006-yil 14-iyunda 1606-son
bilan ro‘yxatga olingan
4. № 4 MBMS «Moliyaviy hisobot
va turdosh hujjatlar maqsadida
baholash»
2006-yil 14-iyunda 1607-son
bilan ro‘yxatga olingan
5. № 5 MBMS «Ssuda, garov va
qarz majburiyatlarini ta’minlash
uchun baholash»
2006-yil 14-iyunda 1608-son
bilan ro‘yxatga olingan
6. № 6 MBMS «Harbiy-texnik
mulkni baholash»
2008-yil 16-fevralda 1769-son
bilan ro‘yxatga olingan
7. № 7 MBMS «Baholovchilar ishi
sifatini nazorat qilishning ichki
qoidalariga qo‘yiladigan umumiy
talablar»
2008-yil 5-sentabrda 1851-
son bilan ro‘yxatga olingan
8. № 8 MBMS «Xususiylashtirish
maqsadida mulk qiymatini
baholash»
2009-yil 28-oktabrda 2025-
son bilan ro‘yxatga olingan
9. № 9 MBMS «Biznes qiymatini
baholash»
2009-yil 28-oktabrda 2026-
son bilan ro‘yxatga olingan
1
O‘zbekiston Respublikasi xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘makla-
shish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi ma’lumotlari asosida
tayyorlandi (www.gki.uz).



42
10. № 10 MBMS «Ko‘chmas mulk


qiymatini baholash»
2009-yil 18-noyabrda 2044-
son bilan ro‘yxatga olingan
11. № 11 MBMS «Xususiylashtirish
maqsadida davlat uy-joy
fondining qiymatini baholash»
2011-yil 19-oktabrda 2279-
son bilan ro‘yxatga olingan
12. № 12 MBMS «Soliq solish
maqsadida yalpi baholash usullari
bilan ko‘chmas mulk qiymatini
baholash»
2012-yil 8-mayda 2359-son
bilan ro‘yxatga olingan
13. № 13 MBMS «Intellektual mulk
obyektlari qiymatini baholash»
2012-yil 18-iyunda 2371-son
bilan ro‘yxatga olingan
14. № 14 MBMS «Tovar-moddiy
zaxiralar qiymatini baholash»
2017-yil 19-iyunda 2890-son
bilan ro‘yxatga olingan
15. № 15 MBMS «Mashina va
uskunalar qiymatini baholash»
2017-yil 29-iyunda 2895-son
bilan ro‘yxatga olingan
Baholashni o‘tkazish baholash obyektining qiymati to‘g‘risida
nizo chiqqan taqdirda ham, shu jumladan:
– mol-mulk millilashtirilayotganda;
– ipoteka krediti berilayotganda;
– taraflardan birining talabiga binoan er-xotinning mol-mulki
bo‘linayotganda;
– mol-mulk mulkdorlardan davlat ehtiyojlari uchun sotib
olinayotganda yoki qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqacha
tarzda olib qo‘yilayotganda;
– soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar to‘g‘ri to‘lanishi ustidan
nazorat o‘tkazilayotganda majburiydir.
Baholovchi tashkilot va buyurtmachi o‘rtasida tuziladigan
shartnoma yoki qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda sud
ajrimi baholash obyektini baholashdan o‘tkazish uchun asoslidir.
Baholovchi tashkilot va buyurtmachi o‘rtasidagi shartnoma yozma
shaklda qonun hujjatlariga muvofiq tuziladi.



43
Shartnomaga baholovchi tashkilotda baholash faoliyatini amalga


oshirish huquqini beruvchi litsenziyaning mavjudligi to‘g‘risidagi
ma’lumotlar ushbu litsenziyaning tartib (ro‘yxatdan o‘tkazilganlik)
raqami va berilgan sanasi ko‘rsatilgan holda, shuningdek, baholovchi
tashkilotning fuqarolik javobgarligini sug‘urta qilish shartnomasi
bo‘yicha sug‘urtalovchining majburiyatlari kuchga kirganligini
tasdiqlovchi sug‘urta polisining mavjudligi haqidagi ma’lumotlar
kiritilishi shart. Baholash obyektini baholashdan o‘tkazganlik uchun
pul mukofotining miqdori shartnomada belgilab qo‘yiladi va u
baholash obyekti qiymatining baland-pastligiga bog‘liq bo‘lishi
mumkin emas. Baholash obyektini baholashdan o‘tkazish natijalari
baholash to‘g‘risidagi hisobot bilan rasmiylashtiriladi. Baholash
faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor
shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi. Baholovchi tashkilot
shartnomani bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi
oqibatida buyurtmachiga zarar yetkazilganligi uchun uning oldida
javobgar bo‘ladi. Buyurtmachiga yetkazilgan zararning, shu jumladan,
boy berilgan foydaning o‘rni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda,
baholovchi tashkilot tomonidan qoplanishi kerak.

Yüklə 474,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin