O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi d. R. Abdikarimova, G. M. Bekimbetova ko‘chmas mulkni baholash


 MULK QIYMATINI BAHOLASH BOSQICHLARI



Yüklə 474,89 Kb.
səhifə11/78
tarix11.11.2023
ölçüsü474,89 Kb.
#132373
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   78
D. R. Abdikarimova, G. M. Bekimbetova-fayllar.org

2.2. MULK QIYMATINI BAHOLASH BOSQICHLARI
Hokimiyat organlari tizimini shakllantirishda, talablarni
belgilashda, baholash jarayonini tashkil etish uchun shart-sharoitlar
yaratishda, normativ-huquqiy aktivlar va ularning ijro organlari
tomonidan amaliyotga joriy qilinishida va baholovchilarning
faoliyatini nazorat qilishda ishtirok etadi.
Hokimiyat organlarining normativ-huquqiy aktivini baholash
jarayonini qat’iy tartibga bog‘lanib qolishidan saqlash va
real iqtisodiy hayotga imkon qadar yaqinlashtirish maqsadida
baholovchilarning o‘zlari ushbu jarayonda faol ishtirok etishining
maqsadga muvofiq ekanligi nazarda tutiladi.
Baholash natijalarining iste’molchilariga kelsak, ular buyurt-
machilar bo‘lishi shart emas. Baholash natijalarining har qanday
ishtirokchisi uning iste’molchisi bo‘lishi mumkin. Shu bilan birga,
hokimiyat organlari ham (davlat yoki munitsipal mulk egalari
ham privatizatsiya qilingandan keyin xususiy mulk egasi rolida
chiqishi mumkin). Baholashda buyurtmachi va iste’molchining
ehtiyojlari bunday vaziyatlarda mutanosib kelmasligi ham
mumkin. Agar obyektni baholash jarayoni uni soliqqa tortish
maqsadida mustaqil baholovchilar tomonidan amalga oshirilsa,
unda mustaqil baholash xizmatining iste’molchisi obyektni
baholash bo‘yicha hisoboti bilan uning to‘g‘riligini nazorat
qilish mazmuni bilan bog‘liq ma’lumotlardan foydalanuvchi
soliq organlari hisoblanadi. Soliqqa tortiluvchi esa buyurtmachi
vazifasida chiqadi va bu ikki tomonning qiziqishlari bir-biriga
zid bo‘ladi. Baholash jarayoni natijalarining (narxning) aniqligi
uchun baholovchi to‘liq javobgar bo‘ladi. Ammo buyurtmachi
baholovchini baholanuvchi obyektni baholash bilan bog‘liq
hujjatlarning to‘liqligiga va baholovchiga obyektdan bemalol
foydalanish huquqini berishga mas’ul hisoblanadi.
Shu tariqa baholash jarayonini amalga oshiruvchilar bu borada
umumiy qobiliyatga va huquqqa ega bo‘lgan, uning ustavi bilan



49
tanish bo‘lgan individual tadbirkorlar, yuridik shaxslar bo‘lishi


mumkin.
Baholash obyektlari jumlasiga quyidagilar kiradi:

alohida moddiy obyektlar (ashyolar);

shaxsning mol-mulkini tashkil etuvchi ashyolar majmuyi, shu
jumladan muayyan turdagi (ko‘char yoki ko‘chmas) mol-mulk;

mol-mulkka yoki mol-mulk tarkibidagi ayrim ashyolarga
bo‘lgan mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar;

talab qilish huquqlari, majburiyatlar (qarzlar); ishlar, xizmatlar,
axborot;

intellektual mulk obyektlari va qonun hujjatlarida fuqarolik
muomalasida bo‘lishi mumkinligi belgilangan boshqa fuqarolik
huquqlari obyektlari.
Baholanadigan obyektlar orasida biznes (tashkilotlar,
idoralar, kompaniyalar) salmoqli o‘rinni egallaydi. Biznesni
baholashda obyekt sifatida foyda olishga yo‘naltirilgan va
tashkilotning faoliyatiga asoslangan mulk kompleksi faoliyati
namoyon bo‘ladi. Tashkilot fuqarolik huquqi obyekti hisoblanib,
xo‘jalik oborotiga kiradi, xo‘jalik operatsiyalarida ishtirok etadi.
Natijada uning qiymatini baholashga ehtiyoj paydo bo‘ladi.
Tashkilotning mulkiy majmua tarkibiga uning maqsadlari yo‘lida
xizmat qiladigan, xo‘jalik ishlarini yuritish uchun zarur bo‘lgan,
foyda olishga xizmat qiladigan mulkning barcha turlari, shu
bilan birga, ko‘chmas mulk (yer maydoni, bino, inshootlar),
mashinalar, asbob-uskunalar, boshqa transport vositalari,
inventarlar, xomashyo, mahsulot, mulkiy majburiyatlar,
qimmatbaho qog‘ozlar, nomaterial aktivlar, intellektual xususiy
mulk obyektlari, firmaning nomi, xizmat belgilari, patentlar,
litsenziyalar, yangiliklar, tovar belgilari kiradi. Shuning uchun
biznesni baholashda baholovchi tashkilotni uning xususiy
kapitali qiymatini aniqlagan holda, umumiy tarzda va mulkiy
majmuaning ayrim qismlarini (aktivlar va vazifalarni) alohida
baholaydi.



50
Tashkilot baholash obyektining murakkab tizimi sifatida aniq


baholanadigan chegaraga ega bo‘lishi lozim, chunki baholanayotgan
biznes har xil tarkibiy qismlardan iborat bo‘ladi. Tashkilotning
tarkibiga har xil bo‘limlarda va hududlarda joylashgan sexlar,
uchastkalar, xo‘jalikni yuritish uchun zarur bo‘lgan ashyolar, maxsus
bo‘limlar, idora tizimi, kommunikatsiya va aloqa vositalari kirishi
mumkin. Tashkilot mavjudligining tashkiliy-huquqiy shakli ham
muhim ahamiyat kasb etadi. Birlashmalar, xoldinglar, moliyaviy-
sanoat guruhlari baholash obyekti bo‘lishi mumkin. Bunday
holatlarda bir biznes doirasida tarmoqdan ajralib chiqqan bir nechta
kompaniyalar, bo‘limlar, filiallar birlashadi. Biznesni to‘g‘ri baholash
uchun pul oqimini va ularning yo‘nalishini, shu bilan birga, har
bir bo‘limning haq-huquqlarini nazorat qilish kerak. Obyektning
tarkibida ijtimoiy-madaniy jabhalar bor-yo‘qligini, uning umummilliy
qadriyatga ega ekanligini
ham aniqlash lozim bo‘ladi.
Baholash jarayonini tashkil etish uning maqsadi, soni, hisobga
olinishi lozim bo‘lgan omillarni jamlash bilan bog‘liq bo‘ladi.
Baholovchi bozor narxini yoki undan farq qiluvchi qiymat shaklini
hisoblab chiqadi. Baholash standartida baholash jarayoni subyektlari
tayanishlari lozim bo‘lgan qiymatning (baho, narx) o‘nta shakli
aniqlangan:

bozor bahosi;

obyekt qiymati bahosining bozor bilan cheklangan narxi;

obyektning almashtirish bahosi;

obyektning takror ishlab chiqarish bahosi;

obyektning foydalanilayotgan vaqtdagi bahosi;

investitsion baho;

obyektni soliqqa tortish uchun belgilanadigan bahosi;

likvidatsiya qilish (yo‘qotish) bahosi;

chiqitga chiqarish bahosi;

maxsus bahosi.
O‘zbekistonda mulk qiymatini baholashning tashkiliy-huquqiy
asoslari amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar va davlat mulkini



51
bosqichma-bosqich davlat tasarrufidan chiqarish jarayonlarining


chuqurlashuviga muvofiq tarzda rivojlanmoqda. Hozirgi vaqtda
bu asoslar qonun va qonunosti hujjatlari, mulk qiymatini baholash
standartlarining milliy tizimi va boshqaruv organlarining boshqa
tartibga soluvchi hujjatlari bilan namoyon etilgan.

Yüklə 474,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin