53
Har bir holatda asosiy va yordamchi tamoyillar ajratiladi.
Bu tamoyillar faqatgina bozor iqtisodiyoti subyektlari xatti-
harakatlarining asosiy qonuniyatlarini tavsiflaydi va real turmush
sharoitlarida bir qator omillar ularning harakatlarini buzishi mumkin.
Mulkni baholashning asosiy tamoyillari
Mulkdorning
tasavvurlariga
asoslangan
tamoyillar
Mulkni
ekspluatatsiya
qilish bilan
bog‘liq
tamoyillar
Bozor
muhitining
harakati bilan
shartlangan
tamoyillar
Mulkdan
eng yaxshi va
eng samarali
foydalanish bilan
bog‘liq tamoyillar
Foydalilik
tamoyili
O‘rin
bosish
tamoyili
Ulushlar
tamoyili
Muvofiqlik
tamoyili
Qiymat
o‘zgarish
tamoyili
Iqtisodiy
taqsimot
tamoyili
Eng yaxshi
va eng samarali
foydalanish
bilan bog‘liq
tamoyillar
Regressiya
va progressiya
tamoyili
Raqobat
tamoyili
Tashqi
muhitga
bog‘liqlik
tamoyili
Qoldiq
unumdorligi
tamoyili
Muvozanat-
lashganlik
tamoyili
Kutish
va oldindan
ko‘rish
tamoyili
Eng yuqori
unumdorlik
tamoyili
3.1-rasm. Ko‘chmas mulkni baholashning asosiy tamoyillari
1
.
1. Foydalanuvchining nuqtayi nazarini aks ettiruvchi vaziyat
asosida quyidagi tamoyillar yotadi:
1
To‘ychiyev N.J., Mirhoshimov A.M., Plaxtiy K.A. Ko‘chmas mulkni
baholash asoslari. O‘quv qo‘llanma. – T.: «Adolat», 2000.
54
Foydalilik tamoyili – bu muayyan ko‘chmas mulkning
foydalanuvchi ehtiyojlarini qoniqtirish qobiliyati.
Ko‘chmas mulk muayyan foydalanuvchi uchun uning iqtisodiy,
shaxsiy va h.k. ehtiyojlarini amalga oshirish foydali bo‘lgan
taqdirdagina qiymatga ega bo‘ladi. Masalan, agarda kimdir
ko‘chmas mulk uchun pul to‘lashga tayyor bo‘lsa va shu bilan birga
mulkdorga daromad keltirsagina, bu ko‘chmas mulk foydalidir.
Ko‘chmas mulk o‘z egasini faxrlantirsa yoki mulk egasining oilaviy
ehtiyojini qoniqtirsagina foydalidir.
O‘rindoshlik tamoyili shundan iboratki, bunda ko‘chmas
mulkning eng yuqori bahosi, o‘xshash foydalilikka ega boshqa
obyekt sotib olinadigan eng kam summa bilan belgilanadi.
O‘ziga xos, tadbirkor xaridor mahalliy bozorda bir xil foyda
keltiruvchi o‘xshash obyekt qiymatidan ko‘proq pulni obyekt uchun
to‘lamaydi. Bunday xaridor yangi obyekt qurilishi qiymatidan
ko‘proq mablag‘ni mulk uchun sarflamaydi.
Dostları ilə paylaş: