85
baholashning tamoyillari, modellari, yondashuvlari va usullarini
belgilab beradi.
Birinchidan, biznes –
bu investitsiya tovari, ya’ni unga kelajakda
foyda olish maqsadida sarmoya kiritiladi. Xarajatlar va daromadlar
vaqt bo‘yicha ajratilgan. Bunda kutilayotgan foydaning miqdori
ma’lum emas, ya’ni ehtimoliy xususiyatga ega,
shuning uchun
sarmoyador ehtimoliy muvaffaqiyatsizlik xatarini hisobga olishiga
to‘g‘ri keladi. Agar bo‘lajak daromadlar ularni olish vaqtini hisobga
olgan holda investitsiya tovarini xarid qilish xarajatlaridan kam
bo‘lsa, u investitsiyaviy jozibadorligini yo‘qotadi.
Shunday qilib,
mulkdor oladigan bo‘lajak daromadlarning joriy qiymati xaridor
tomonidan bozor narxining yuqori chegarasini o‘zida namoyon
etadi.
Aksiyadorlar
Sarmoya-
dorlar
Davlat
Yetkazib
beruvchilar
Kreditorlar
Sug‘urta
kompaniyalari
Biznes va uning
tarkibiy qismlarini
baholash
Kompaniya
boshqaruvchilari
4.5-rasm. Biznes qiymatini baholashdan manfaatdor tomonlar
1
.
Ikkinchidan, biznes tizim hisoblanadi, lekin u
butun tizim
sifatida ham yoki uning alohida kichik bo‘lagi va hatto qismi
sifatida ham sotilishi mumkin. Ushbu holatda uning muayyan
sarmoya bilan, muayyan tashkiliy-iqtisodiy shakl bilan aloqasi
1
Xodiyev B.Y., Berkinov B.B., Kravchenko A.N. Biznes qiymatini
baholash. – T.: «IQTISOD-MOLIYA», 2007. 58-b.
86
uziladi, biznesning qismlari boshqa, sifat jihatdan yangi tizimni
(korxonani) shakllantirish asosiga aylanadi. Bunda biznesning o‘zi
emas, balki uning alohida tarkibiy qismlari amalda tovar bo‘ladi.
Uchinchidan, tovar sifatida biznesga bo‘lgan
ehtiyoj tovarning
ichida ham, tashqi muhitda ham kechadigan jarayonlariga bog‘liq.
Bunda, bir tomondan, jamiyatdagi beqarorlik biznesni ham
beqarorlikka olib keladi, ikkinchi tomondan, biznesning beqarorligi
jamiyatning o‘zidagi beqarorlikning yanada o‘sishiga olib keladi.
Bundan biznesning tovar sifatidagi yana bir xususiyati – uning
fuqarolik-huquqiy muomalasini tartibga solishga bo‘lgan
ehtiyoj
kelib chiqadi.
To‘rtinchidan, biznes barqarorligining jamiyatdagi barqarorlik
uchun alohida ahamiyatini hisobga olgan holda nafaqat biznes
aylanishi mexanizmini tartibga solishda, balki biznesning bozor
narxini shakllantirishda hamda uni baholashni amalga oshirishda
ham davlatning ishtiroki zarur.
Baholash ishlarini o‘tkazishdan davlat
tuzilmalaridan tortib
to xususiy shaxslargacha manfaatdordirlar. Bular nazorat-taftish
organlari, boshqaruv tuzilmalari, kredit tashkilotlari, sug‘urta
kompaniyalari, soliq organlari va
boshqa tashkilotlar, xususiy biznes
egalari, sarmoyadorlar va h.k. Baholash ishlarini o‘tkazishdan
manfaatdor bo‘lgan tomonlar o‘zlarining iqtisodiy manfaatlarini
amalga oshirishga intilgan holda baholash maqsadini belgilaydi.
Dostları ilə paylaş: