O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi d. R. Abdikarimova, G. M. Bekimbetova ko‘chmas mulkni baholash


Turli xil subyektlar tomonidan biznesni baholash



Yüklə 474,89 Kb.
səhifə26/78
tarix11.11.2023
ölçüsü474,89 Kb.
#132373
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   78
D. R. Abdikarimova, G. M. Bekimbetova-fayllar.org

Turli xil subyektlar tomonidan biznesni baholash
maqsadining klassifikatsiyasi
1
T/r
Baholash 
subyekti
Baholash maqsadlari
1. Korxonada
yuridik shaxs
sifatida
1. Iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash;
2. Korxonaning rivojlanish loyihalarini ishlab
chiqish;
3. Aksiyalar chiqarish;
4. Menejment samaradorligini baholash.
1
Кузнецов С. Оценка бизнеса. Аудит и налогообложение. – M., 2002.
№ 6. С. 25.



90
2. Mulk egasi


1. Mulkni tasarruf qilish variantini tanlash;
2. Restrukturizatsiya paytida jamlovchi va
ajratuvchi balanslarni tuzish;
3. Korxona yoki uning ulushining oldi-sotdi
narxini asoslash.
3. Kredit berish
muassasalari
1. Qarz oluvchining moliyaviy yaroqliligini
aniqlash;
2. Garov evaziga berilayotgan ssuda miqdorini
belgilash.
4. Sug‘urtalash
korxonalari
1. Sug‘urta badali miqdorini o‘rnatish;
2. Sug‘urta to‘lovlari summasini aniqlash.
5. Fond birjalari
1. Konyunktur xarakteristikalarini hisoblash;
2. Qimmatli qog‘ozlar kotirovkasi asoslan-
ganligini tekshirish.
6. Investorlar
1. Investitsion mablag‘larning maqsadga muvo-
fiqligini tekshirish;
2. Korxonani investitsion loyihaga kiritish
maqsadida uni sotib olishning joiz narxini
aniqlash.
7. Davlat organlari
1. Korxonani xususiylashtirishga tayyorlash;
2. Har xil turdagi soliqlar uchun soliqqa
tortiladigan bazani aniqlash;
3.
Bankrotlik jarayoni orqali majburiy
tugatilishdan tushumni o‘rnatish;
4. Sud maqsadlari uchun baholash.
4.2-jadvalda biznesni baholash maqsadlarining taxminiy tasnifi
keltirilgan. Ayni vaziyatda baholash maqsadidan kelib chiqqan
holda bir xil vaqtda baholangan bir xil obyekt har xil qiymatga
ega bo‘lishi mumkin, chunki qiymat har xil uslublar va har xil
subyektlar tomonidan aniqlanadi.
Biznesni baholashda ishlatilishi mumkin bo‘lgan barcha
ma’lumotlarni to‘rt guruh bo‘yicha tasniflash maqsadga muvofiqdir.



91
Birinchi guruh biznesdan bo‘lgan moliyaviy manfaatlarni


ta’riflaydi. Ularga quyidagilar taalluqli bo‘lishi mumkin:
– operatsiyalar yoki investitsiyalardan foyda yoki pul tushumlari;
– aktivlarni sotish yoki garovga qo‘yish;
– biznesni sotish.
Moliyaviy manfaatlar manbaalari cheklangan. Qoidaga ko‘ra,
tahlil uchun ularni to‘lig‘icha aniqlash aytarli qiyin emas. Biroq,
manfaatlarning noto‘g‘ri aniqlangan to‘plami baholashning
ishonchliligini jiddiy ravishda susaytirishi mumkinligini nazarda
tutish lozim.
Ikkinchi guruh muayyan retrospektiv davrda va muayyan
istiqbolga (1–3 yilga) biznesning moliyaviy ko‘rsatkichlarini
ifodalaydi:
– foyda-baholashda sof foyda ishlatiladi, biroq ko‘pincha foydani
emas, balki pul oqimini ishlatish maqsadga muvofiqroq. Biznes
egasining ixtiyoriga tushadigan pul oqimi sof foyda, asosiy fondlar
va nomodiy aktivlarning balans qiymati bo‘yicha hisoblangan
amortizatsion chegirmalardan tashkil topadi. Pul oqimining aniq
tarkibi va hisoblash usuli keyinroq ko‘rib chiqiladi. Ta’kidlash
joizki, pul oqimi serxarajat sohalarda va inflatsiya darajasi yuqori
bo‘lganda qo‘llanishi afzalroq. Pul oqimi sof foydaga nisbatan
barqarordir va aynan shuning uchun uning qo‘llanishi maqsadga
muvofiq;
– dividendlar yoki ularni to‘lash qobiliyati. Biznesni baholashning
zamonaviy nazariya va amaliyoti dividendlarga kompaniyaning
daromadliligiga nisbatan kam e’tibor beradi. Biroq, agar investor
biznesda nazorati yo‘q aksiyalar paketini sotib olsa, dividendlarning
u tomonidan qaror qabul qilinishiga ta’siri katta;
– aktivlar – biznesni baholashda aktivlarning o‘rnini to‘g‘ri
tushunish kerak. Biznesni bir qismiga egalik qilish aktivlarning
mutanosib qismiga egalik qilish huquqini bermaydi, faqat
daromadlarning bir qismini olish huquqini beradi, xolos. Amaldagi
korxona uchun aktivlar tavakkalchilik darajasi orqali daromadlilikka



92
ta’sir qiladi. Tugatilayotgan korxona uchun aktivlar – daromadning


asosiy manbasi.
Uchinchi guruh – biznesning nomoliyaviy ko‘rsatkichlari, shu
jumladan:
• biznesning umumiy hajmidagi kelishuvlar ulushi. Bu vaziyatda
kichik variantdagi kelishuvlarni ajratish lozim: nazorat paketli
va nazoratsiz paketli (minoritar ulush) kelishuvlar. Muayyan
korxonada nazorat paketini xarid qilish uni boshqarish huquqini
beradi. Ya’ni nazorat paketi egasi minoritar paket egasiga nisbatan
qo‘shimcha moliyaviy foydalar oladi. Demak, nazorat paketidagi
bitta aksiya minoritar paketdagi aksiyadan qimmatroq turadi, desa
ham bo‘ladi;
• biznesning tashkiliy-huquqiy shakli va uning ustav nizomlari.
Biznesning ushbu xususiyatining ta’siri uning likvidliligi bilan
bevosita (ochiq AJlar yopiq kompaniyalarga nisbatan doimo
likvidliroq bo‘lgan) va bilvosita (mulk egasining ustavda o‘rnatilgan
huquqlarini cheklaydigan) bog‘liq.
Baholovchi tomonidan ishlatiladigan to‘rtinchi guruh axborotlari
firma uchun tashqi omillarni tashkil etadi. Ulardan e’tiborlilari
quyidagilar:
• O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining va tijorat
banklarining mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy holatini va huku-
matning investitsion siyosatini ta’riflaydigan foiz stavkalari darajasi;
tavakkalchilik darajasi, shuningdek, sohaviy, mintaqaviy.
Baholash faoliyati aniq bir vaqtda baholanayotgan obyektning
qiymati yoki mulk egasi ulushi miqdori haqida tushuncha olishdan
iborat. Binesni baholash maqsadlari va vaziyatlaridan kelib chiqqan
holda har xil baholanishi mumkin. Shuning uchun baholash
o‘tkazish uchun qiymat xatosiz aniqlanishi lozim.
Hozirgi kunda quyidagi qiymatlar tasdiqlangan:
Bozor qiymati. Bozor qiymati – tomonlar barcha zarur
axborotlarga ega bo‘lib oqilona ish tutgan holda va kelishuv
qiymatiga hech qanday favqulodda vaziyatlar ta’sir etmagan tarzda



93
mazkur obyekt raqobat sharoitida ochiq bozorda musodara qilinishi


mumkin bo‘lgan eng ehtimoliy narx, ya’ni qachonki:
• tomonlardan biri baholash obyektini musodara qilishga majbur
bo‘lmasa, boshqa tomon esa ijro etishga majbur bo‘lmasa;
• tomonlar bitim maqsadlari haqida yetarlicha ma’lumotga ega
bo‘lishganda va o‘z manfaatlari yo‘lida amal qilishsa;
• baholash obyekti ommaviy oferta shaklida ochiq bozorda
taqdim etilsa;
• bitim narxi baholash obyekti uchun oqilona mukofotni ifodalasa
va bitim tuzish uchun bitimdagi ishtirokchi tomonlarga nisbatan
biror-bir tomondan majburlash bo‘lmasa;
• baholash obyekti uchun to‘lov pul shaklida ifodalansa.
Qiymatning ushbu turi davlat va mahalliy soliqlar bilan bog‘liq
bo‘lgan barcha masalalarni hal qilishda qo‘llaniladi. Korxona yoki
uning aktivlarining qismini olib sotish maqsadlari uchun aynan
bozor qiymati aniqlanadi. Bozor qiymati obyektiv hisoblanib,
ko‘chmas mulk bozorining alohida ishtirokchilari xohishidan
mustaqil va ushbu bozorda yuzaga kelgan real iqtisodiy sharoitlarni
aks etadi.

Yüklə 474,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin