Tayanch so‘z va iboralar:
narx, qiymat, xarajat, mulkning
birlamchi qiymati, mulkning qoldiq qiymati, utilizatsiya qiymati,
mulkning soliq solish qiymati,
foydalanish qiymati,
realizatsiya
narxi, sotuvchi narxi, iste’molchi narxi, mulk obyekti narxi.
Nazorat savollari:
1. Qiymat va narx, xarajatlar va tannarx tushunchasiga ta’rif bering.
2. Qiymat va narx, xarajatlar va tannarxni hisoblash usullarini bayon
eting.
1
O‘zR 9-MBMS «Biznes qiymatini baholash» (2009-yil 6-oktabr) –
ma’lumotlari asosida tayyorlandi.
101
VI bob.
MULKNI BAHOLASHGA YONDASHUVLAR
6.1. MULK QIYMATINI BAHOLASHNING DAROMAD
YONDASHUVI
Ko‘chmas mulkni baholashdagi bosh muammo – bu asos sifatida
obyektning o‘tmishi va hozirgi ahvoli to‘g‘risidagi ma’lumotlarni
aniqlash va kelgusi holati maqbul bashoratlarini topishdan iborat.
Baho berishda bu yondashuvlar bir-birini istisno qilmay, balki
o‘zaro to‘ldiradi va ulardan har biri bir necha usullarni birlashtiradi.
Bu usullarni hisob-kitoblarni bajarish jarayoniga nisbatan o‘z
yondashuvlari bo‘yicha tasniflash mumkin.
Mutaxassislarda eng ko‘p tarqalgan, shu tasnif bo‘yicha
ko‘chmas mulkni baholash usullari uchta guruhga birlashgan:
1) daromadli yondashuv;
2) xarajatli yondashuv;
3) qiyosiy yondashuv.
Baholanayotgan obyekt qiymati kutilayotgan daromadlar miq-
dori bilan aniqlanadi. Baholash potensial mulkdor uchun o‘zini
qiziqtirgan davr uchun bo‘lg‘usi daromadlarning joriy qiymatiga
nisbatan ko‘proq miqdorda to‘lamasligi haqida taxminga asoslanadi.
Daromad yondashuvi
Kapitallashuv
usuli
Pul oqimlarini
diskontlash usuli
6.1-rasm. Daromad yondashuvi usullari
1
.
Daromadli yondashuv o‘z ichiga bir necha usullarni oladi. Ular
quyidagilar:
1
O‘zbekiston Respublikasi Mulkni baholash milliy standarti (10-son
MBMS) «Ko‘chmas mulk qiymatini baholash» 2009-yil 12-oktabrda qabul
qilingan.
102
a) Daromadni kapitallashtirish usuli. Bu usul o‘tgan va hozirgi
axborotdan foydalanadigan usullar turiga kiradi. Biroq, bu usul
aktivlarni baholashga emas, balki korxona daromadlariga tayanadi.
Ushbu usulning mohiyati shundan iboratki, u korxonaning
har yilgi sof daromadlari miqdorini, shu daromadlarga muvofiq
kapitallashtirish me’yorlari va shu ko‘rsatkichlar asosida sof
daromadlarning mazkur miqdorini keltiruvchi korxona narxi
hisoblab chiqiladi.
Daromadlarni kapitallashtirish murakkab foiz tamoyiliga
asoslangan qiymatni baholashga yondashishlardan biridir.
Daromadni kapitallashtirish obyektning daromad keltiruvchi
salohiyatli imkoniyati asosida uning qiymatini baholashga imkon
beruvchi usullar, qoidalardan iborat.
Bu qoidani matematik ko‘rinishda quyidagicha yozish mumkin
1
:
RV = SED / SK,
bu yerda:
RV – joriy qiymat;
SED – sof ekspluatatsiya (muomala) daromadi;
SK – kapitallashtirish koeffitsiyenti yoki qo‘yilmasi.
Kapitallashtirishni qisqacha kelgusi daromadlarni mol-mulk
joriy qiymatining yagona summasiga qaytadan sanash jarayoni kabi
ifoda etish mumkin. Kapitallashtirish qo‘yilmasi har yilgi daromad
va mol-mulkning qiymati o‘rtasidagi bog‘liqlikni ifodalaydi.
Biror obyektni ishlatish foydaliligini qiyoslash uchun ko‘pincha
foyda me’yori qo‘llaniladi. Foyda me’yori ko‘chmas mulkka egalik
qilish vaqtida keltiradigan daromadning ko‘rsatkichidan iboratdir.
Bunda quyidagilar ajratib ko‘rsatiladi:
– egalikning butun vaqti davomida qo‘yilgan mablag‘lar uchun
har yilgi foydaning miqdorini ko‘rsatuvchi foydaning ichki me’yori;
1
O‘zbekiston Respublikasi Mulkni baholash milliy standarti (10-son
MBMS) «Ko‘chmas mulk qiymatini baholash» 2009-yil 12-oktabrda qabul
qilingan.
103
– xususiy mablag‘lar uchun foyda me’yori – kredit bo‘yicha
to‘lovlar va obyekt sotilishidan tushgan puldan so‘ng qo‘yilgan
xususiy mablag‘lar uchun sarmoyador oladigan foyda;
– qarz mablag‘lari uchun foyda me’yori – berilgan kredit uchun
har yilgi tushgan foyda va obyekt sotilgan holda kredit qoldig‘ini
to‘lash hisobiga bankning investitsiyalar uchun foydasi.
Kapitallashtirish qo‘yilmasi va foyda me’yori o‘rtasida muayyan
aloqa mavjuddir.
b) Pul oqimlarini diskontlash usuli. Korxonani uning kelgusi
sof daromadlari asosida baholash negizida diskontlash yotadi. Shu
usul bilan korxonani baholashning eng murakkab va mas’uliyatli
usuli, korxona daromadlarining (yoki pul oqimlarining) yaqin besh
yilga mo‘ljallangan bashoratini tuzishdan iboratdir. Diskontlangan
daromadlar usuli kelgusi foydalarni hozirgi qiymatga keltiradi.
Har bir kelgusi foyda o‘z kapitallashtirish koeffitsiyenti bilan
diskontlanadi. Diskontlash tadbiri sarmoyadorga investitsiyalar
qaytishini kuzatib borish, foydani va samaradorlik darajasini
aniqlashga imkon beradi.
Diskont qo‘yilmasi – joriy qiymat, kelgusida olinadigan va
to‘lanadigan pul oqimlari o‘rtasidagi bog‘liqlikni aks ettiruvchi
koeffitsiyentdir. Diskont qo‘yilmasi sarmoyador kelgusida kutilgan
kirimlarni olish huquqi uchun bugun to‘lay oladigan summani (joriy
qiymatini) aniqlaydi. Sarmoyador daromadlarni kelgusida olishni
mo‘ljal qilgani sababli ularni ololmaslik ehtimoli ham mavjud
bo‘lishi mumkin.
Tavakkal deyilganda, kelgusi daromadlarni olish mo‘ljalining
oqlanganligi darajasi yoki bashorat baholanishlarini amalga oshirish
ehtimoli tushuniladi. Diskont qo‘yilmasining tanlanishi hisob-
kitobning asosiy pallalaridan biridir.
Diskontlash qo‘yilmasini tanlashda, qo‘yilmani kamaytirish
uchun bir necha qo‘yilmaga asoslangan kumulativ usulni qo‘llash
maqsadga muvofiq bo‘ladi. Odatda, tavakkalsiz daromad me’yori
asos qilib olinadi, unga esa likvidlik uchun tuzatilgan holda ko‘zdan
104
kechirilayotgan bozor tarmog‘ida investitsiyalangan tavakkal uchun
daromad me’yori qo‘shiladi. Olingan summa konkret obyektga
xos omillar va moliyalashtirish shartlari hisobga olinib tuzatiladi.
Daromad me’yorining oshishi qo‘yilgan pullar tavakkalining ortishi
bilan bog‘liqdir.
Tavakkalsiz qo‘yilma ta’rifi.
Investitsiyalash bo‘yicha tavakkalsiz ishlar jumlasiga mab-
lag‘larni O‘zbekiston banklarida joylashtirish imkoniyati kiradi. Bu
qayta investitsiyalash qo‘yilmasidir.
Likvidlik uchun tuzatish.
Mavjud ijarachi bankrotlikka uchragan yoki ijaradan voz
kechgan holda yangi ijarachini izlash vaqti, obyektning bozorda
sotuvga qo‘yilganligi va sotuvning muddati hisobga olinadi.
Hozirgi vaqtda bozorning rivojlanmaganligi tufayli obyekt
ko‘rgazmasi vaqtini belgilash murakkab ish. Birinchi yondashishda
ko‘rgazmaning normal muddatini 4 oyga teng deb qabul qilish
mumkin
Tavakkalliklar. Bundan tashqari, obyektni boshqarish borasida
boshqa tavakkalliklarga ham duch kelishi mumkin, bular tashqi
ta’sir, yetakchi ishchilarni jalb qilish, siyosiy, ekologik ta’sirlarni
e’tiborga olish va h.k.
Dostları ilə paylaş: |