O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi d. R. Abdikarimova, G. M. Bekimbetova ko‘chmas mulkni baholash


 BOZOR BAHOSINI ANIQLASH USULLARI



Yüklə 474,89 Kb.
səhifə36/78
tarix11.11.2023
ölçüsü474,89 Kb.
#132373
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   78
D. R. Abdikarimova, G. M. Bekimbetova-fayllar.org

7.3. BOZOR BAHOSINI ANIQLASH USULLARI
Bozor qiymati mazkur mol-mulkni ko‘proq ehtimollik bilan ochiq
bozorda sotish mumkin bo‘lgan mol-mulk va majburiyatlarning
xususiyatini aks ettiruvchi baholash uslublari va tartibotlarini
qo‘llash yo‘li bilan belgilanadi. Savdo-sotiqlarni tenglashtirish
uslubi, daromadlarni kapitallashtirish uslubi yoki diskontlangan
pul oqimi uslubi, shuningdek, xarajatlar uslubi bozor qiymatini
belgilashning eng keng tarqalgan uslublariga kiradi.
Xarajatlar uslubini qo‘llashning ikki varianti mavjud bo‘lib,
ulardan biri bozor qiymatini belgilash uchun qo‘llanilishi mumkin,
ikkinchisi esa – qo‘llanilmaydi. Bozor qiymatini belgilash uchun
xarajatlar uslubi qo‘llanilganda, uslubning barcha unsurlari ochiq
bozor ma’lumotlari asosida quriladi. Agar nobozor qiymat turlari
holatlarida xarajatlar uslubi qo‘llanilayotgan bo‘lsa, u holda
nobozor unsurlari olinadi. Eskirishni hisobga olgan holda o‘rinbosar
xarajatlar (EHO‘X) uslubi o‘ziga xos o‘ringa ega bo‘lib, unda bozor
va nobozor unsurlari uyg‘unlashtirilgan hamda u bozor qiymatini
baholash uslubi sifatida qaralishi mumkin emas.
Xarajatlar yondashuvining mazkur farqli holatlarini aralashtirib
yuborish mumkin emas hamda bozor qiymati ma’nolarini aniqlash,
tasavvur qilish yoki qo‘llashda ularning noto‘g‘ri talqin etilishi
xavfi mavjud.
Bozor qiymatini hisoblashning barcha uslublari, usullari va
tartibotlari, agar ular qo‘llaniladigan bo‘lsa, to‘g‘ri foydalaniladi
va bozorga oid kelib chiqishga ega mezonlarga asoslanib, bozor
qiymatining umumiy ifodasiga olib keladi. Savdo-sotiqni taqqoslash
uslubi yoki boshqa bozor taqqoslash uslublari bozor tadqiqotlariga



120
asoslanishi lozim. Qurilish xarajatlari va eskirish summasi xarajatlar


va eskirish summasi bo‘yicha bozor ma’lumotlarining tahlili asosida
aniqlanishi lozim. Daromadlarni kapitallashtirish uslubi yoki
diskontlangan pul oqimi uslubi bozor nuqtayi nazaridan aniqlangan
pul oqimlari va bozor ma’lumotlariga asoslangan daromad
stavkalariga asoslanishi lozim. Garchi ma’lumot olish imkoniyatlari,
shuningdek, bozor va mol-mulk obyektining atrofidagi holat qaysi
baholash uslubining maqbulligi va mosligini aniqlaydigan bo‘lsa, u
holda yuqorida ta’kidlangan har qanday tartibotlaridan foydalanish,
agar har bir uslub bozor ma’lumotlariga asoslanadigan bo‘lsa, bozor
qiymatining belgilanishiga olib keladi.
Bozor qiymatini belgilashning u yoki bu uslublari va
tartibotlarining qo‘llanilishi mol-mulk, odatda, ochiq bozorda qanday
usulda sotilishidan kelib chiqib aniqlanadi. Bozor ma’lumotlariga
asoslangan holda, har bir uslub taqqoslash uslubidir. Har bir
baholash holatida bir yoki bir nechta uslublar ochiq bozor faoliyati
to‘g‘risidagi tasavvurni beradi. Bozor qiymatini aniqlash bo‘yicha
har bir topshiriqda baholovchi barcha uslublarni ko‘rib chiqishi va
ulardan eng maqbullarini aniqlab olishi lozim.

Yüklə 474,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin