123
Bozor qiymati – har bir tomon yetarli ma’lumotga ega bo‘lgan,
rejali va ixtiyoriy ravishda harakat qiladigan tegishli marketing
tadqiqotlari amalga oshirilganidan keyingi tijoriy bitim (kelishuv)
natijasida baholash sanasida manfaatdor sotuvchi tomonidan
manfaatdor xaridorga aktivning sotilishi sodir bo‘lgan hisob-kitob
pul
summasi
1
.
Bozor qiymati ayirboshlash qiymati yoki bozor qiymatini
aniqlashda mavjud talablarga javob beradigan shart-sharoitlarda
baholash sanasida ochiq bozorda savdoga qo‘yilgan mol-mulkni
keltirishi mumkin bo‘lgan pul summasidan iborat. Bozor qiymatini
belgilash maqsadida baholovchi dastlab yanada samarali foydalanishi
yoki yanada ehtimolli foydalanishni belgilashi lozim. Bunday
foydalanish mavjud yoki unga muqobil bo‘lgan foydalanishning
davomi bo‘lishi mumkin. Ushbu masala bozor ma’lumotlari asosida
hal etiladi.
Bozor qiymati mazkur mol-mulkni ko‘proq ehtimollik bilan
ochiq bozorda sotish mumkin bo‘lgan mol-mulk va majburiyatlarning
xususiyatini aks ettiruvchi baholash
uslublari va jarayonlarini
qo‘llash yo‘li bilan belgilanadi. Savdo-sotiqlarni tenglashtirish
uslubi, daromadlarni kapitallashtirish uslubi yoki diskontlangan
pul oqimi uslubi, shuningdek, xarajatlar uslubi bozor qiymatini
belgilashning eng keng tarqalgan uslublariga kiradi.
Xarajatlar uslubini qo‘llashning ikki varianti mavjud bo‘lib,
ulardan biri bozor qiymatini belgilash uchun qo‘llanilishi mumkin,
ikkinchisi esa – qo‘llanilmaydi. Bozor qiymatini belgilash uchun
xarajatlar yondashuvi qo‘llanilganda, yondashuvning barcha
unsurlari ochiq bozor ma’lumotlari asosida quriladi. Agar nobozor
qiymat turlari holatlarida xarajat yondashuvi qo‘llanilayotgan
bo‘lsa, u holda nobozor unsurlari olinadi.
Eskirishni hisobga olgan
holda o‘rinbosar xarajat yondashuvi o‘ziga xos o‘ringa ega bo‘lib,
1
O‘zbekiston Respublikasi mulkni baholash milliy standarti «Bozor
qiymatini baholash bazasi sifatida» (2-sonli MBMS). 2006-yil 14-iyun.
124
unda bozor va nobozor unsurlari uyg‘unlashtirilgan hamda u bozor
qiymatini baholash uslubi sifatida qaralishi mumkin emas.
Xarajat yondashuvining mazkur farqli holatlarini aralashtirib
yuborish mumkin emas hamda bozor qiymati ma’nolarini aniqlash,
tasavvur qilish yoki qo‘llashda ularning noto‘g‘ri talqin etilishi
xavfi mavjud.
Bozor qiymatini hisoblashning barcha yondashuvlari, usullari va
jarayonlari, agar ular qo‘llaniladigan bo‘lsa, to‘g‘ri foydalaniladi
va bozorga oid kelib chiqishga ega
mezonlarga asoslanib,
bozor qiymatining umumiy ifodasiga olib keladi. Savdo-sotiqni
qiyoslash yondashuvi yoki boshqa bozor qiyosiy yondashuvi
bozor tadqiqotlariga asoslanishi lozim. Qurilish xarajatlari va
eskirish summasi xarajatlar va eskirish summasi bo‘yicha bozor
ma’lumotlarining tahlili asosida aniqlanishi lozim. Daromadlarni
kapitallashtirish usuli yoki diskontlangan pul oqimi usuli bozor
nuqtayi nazaridan aniqlangan pul oqimlari va bozor ma’lumotlariga
asoslangan daromad stavkalariga asoslanishi lozim. Garchi ma’lumot
olish imkoniyatlari, shuningdek, bozor va mol-mulk obyektining
atrofidagi holat qaysi baholash usulining
maqbulligi va mosligini
aniqlaydigan bo‘lsa, u holda yuqorida ta’kidlangan har qanday
jarayonlardan foydalanishi, agar har bir usul bozor ma’lumotlariga
asoslanadigan bo‘lsa, bozor qiymatining belgilanishiga olib keladi.
Ochiq bozorda qanday mulk sotilishidan kelib chiqqan holda
mulkning bozor qiymatini aniqlashda u yoki bu usullarning
hamda jarayonlarning qo‘llanilishiga aniqlik kiritiladi. Bozor
ma’lumotlariga asoslangan jarayonlar o‘z mohiyatiga ko‘ra qiyosiy
yonashuv hisoblanadi. Har bir baholash holatida bir
yoki bir nechta
yondashuvlar ochiq bozor faoliyati to‘g‘risidagi tasavvurni beradi.
Bozor qiymatini aniqlash bo‘yicha har bir topshiriqda baholovchi
barcha yondashuvlarni ko‘rib chiqishi va ulardan eng maqbullarini
aniqlab olishi lozim.
Bozor qiymati tushunchasi aynan tenglashtirilgan taxminlarga
asoslangan. Qolgan baholash bazalari qiymat bahosining noto‘g‘ri
125
talqin etilishiga olib kelmasligi uchun aniq tenglashtirilishi lozim
bo‘lgan turli taxminlarning qo‘llanilishini talab etadi.
Dostları ilə paylaş: