8.2. BOZOR BAHOSIDAN FARQ QILUVCHI BAHOLASH JARAYONIDAGI QO‘LLANILADIGAN QIYMAT TURLARI Bozor qiymatidan farqlanuvchi baholash jarayonlarining baza-
sini quyidagi qiymat turlari orqali ko‘rishimiz mumkin
1
:
Investitsion qiymat – belgilangan yoki berilgan investitsiyalash
maqsadida aniq investor yoki investorlar guruhi uchun mol-mulk
qiymati hisoblanadi. Ushbu subyektiv tushuncha muayyan mol-
mulk obyektining investitsiyalashga nisbatan aniq maqsadlar va
mezonlarga ega bo‘lgan investor, investorlar guruhi yoki tashkilot
bilan o‘zaro munosabatlarini aniqlaydi.
Faoliyat yurituvchi korxona qiymati – biznesning umumiy
qiymati bo‘lib, mazkur tushuncha muttasil faoliyat yurituvchi
tashkilotning bahosini ko‘zda tutadi, undan kelib chiqqan
holda tashkilotning tarkibiy qismlari bo‘yicha ularning umumiy
qiymatdagi ulushiga muvofiq «faoliyat yurituvchi korxonaning
umumiy qiymati»ni tatbiq etish yoki tushuntirish mumkin, biroq
o‘z-o‘zidan ushbu unsurlarning hech biri bozor qiymati uchun baza
bo‘lib hisoblanmaydi. Shuning uchun «faoliyat yurituvchi korxona
qiymati» tushunchasi faqat biznes yoki tashkilotning tarkibiy
qismini tashkil etuvchi mol-mulkka nisbatan qo‘llanilishi mumkin.
Sug‘urta qiymati – sug‘urta shartnomasi yoki polisi qoidalarida
ko‘zda tutilgan mol-mulk qiymatidir.
Soliqqa tortish maqsadlari uchun qiymat yoki soliq (soliqqa tortish) qiymati – mol-mulkning soliqqa tortilishiga oid bo‘lgan
O‘zbekiston Respublikasining tegishli me’yoriy-huquqiy hujjatlarida
mavjud ta’riflar asosida hisoblanadigan qiymatdir. Biroq ushbu
turdagi ayrim hujjatlarda bozor qiymati soliqqa tortish maqsadlari
uchun baholash bazasi sifatida ta’kidlab o‘tilgan bo‘lishi mumkin.
1
O‘zbekiston Respublikasi mulkni baholash milliy standarti «Bozor
qiymatidan farqlanuvchi baholash bazasi» (3-sonli MBMS). 2006-yil 14-iyun.