O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi d. R. Abdikarimova, G. M. Bekimbetova ko‘chmas mulkni baholash



Yüklə 474,89 Kb.
səhifə44/78
tarix11.11.2023
ölçüsü474,89 Kb.
#132373
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   78
D. R. Abdikarimova, G. M. Bekimbetova-fayllar.org

9.2. BAHOLASH OBYEKTINING TAVSIFI
Mustaqillikka erishilgunga qadar (O‘zbekistonda O‘zR
FK birinchi qismi amaliyotga joriy etilgunga qadar)
1
sobiq
Ittifoq respublikalari hududlarida iqtisodiy nazariya va xo‘jalik
amaliyotida ko‘chmas mulk obyekti degan ibora o‘rniga asosiy
fondlar iborasi qo‘llanilar edi. Asosiy fondlarga ishlab chiqarish
va noishlab chiqarish (binolar, inshootlar, turar joylar, mashinalar,
mol-hol, asbob-uskunalar, ko‘p yillik ekinlar va h.k.)ga tegishli
jismlar kiritilgan bo‘lib, ular o‘z tabiiy hollarida xalq xo‘jaligida
bir necha yil xizmat ko‘rsatadilar va butun xizmat muddati
mobaynida o‘z iste’mol shakllarini yo‘qotmaydilar. Asosiy
fondlar (mashina va uskunalarsiz) – qo‘zg‘almas mulkning
bir qismi bo‘lib, ularning tarkibida yer hisobga olinmaganligi
bois, bu ibora nisbatan tor ma’noni kasb etadi. Yerning tovar-
pul munosabatlaridan chetlashtirilishi «ko‘chmas mulk obyekti»
iborasining «asosiy fondlar» iborasi shakliga o‘zgarishiga olib
keldi.
O‘zR «Davlat statistikasi haqida»
2
va O‘zbekiston Respublikasida
buxgalteriya hisobining milliy standarti (BHMS) N5 «Asosiy
1
O‘zbekiston Respublikasi Qonuni. «O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik
kodeksi birinchi qismining tasdiqlanishi haqida». №163-1, 21-dekabr 1995-y.
2
O‘zbekiston Respublikasi Qonuni. O‘zbekiston Respublikasi «Davlat
statistikasi to‘g‘risida». 2-sentabr 1993-y.



135
vositalar»


1
Qonunlariga asosan O‘zbekistonda asosiy fondlarning
yangi klassifikatori (AFAK) ishga solingan. Bu klassifikator
barcha mulk turlariga mansub tashkilotlar, korxonalar tomonidan
qo‘llaniladi. AFAKda tasniflash obyektlari – bu tovar ishlab
chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish uchun uzoq muddat davomida ko‘p
marotaba yoki doimiy ishlatiladigan asosiy fondlardir.
Asosiy fondlar moddiy va nomoddiy turlarga bo‘linadi.
Moddiy fondlarga binolar, inshootlar, mashina va uskunalar,
turar joylar, transport vositalari, ko‘p yillik ekinlar, qoramol va
h.k.lar kiradi.
Vaqtinchalik inshootlar, moslama va qurilmalar asosiy fondlar
bo‘lib hisoblanmaydi, ularning qurilishiga sarflanuvchi xarajatlar
kapital qo‘yilmalar tarkibiga kiruvchi qurilish-montaj ishlari
tannarxiga kiritiladi. Bu tasnif asosiy fondlarning deyarli barcha
shakldagi obyektlarini ta’riflaydi.
Binolar (turar joydan tashqari). Binolar tarkibiga ishlab chiqarish
jarayoni uchun sharoit yaratish, ijtimoiy-madaniy xizmat ko‘rsatish,
moddiy boyliklarni saqlash uchun xizmat qiluvchi qurilish-
arxitektura obyektlari kiradi. Binoning asosiy konstruksiyaviy
qismiga poydevor, yuk ko‘taruvchi va to‘siq konstruksiyalar hamda
tom kiradi.
Agar binolar bir-biriga tutashib, umumiy devorga ega bo‘l-
sa-yu, ammo har biri mustaqil konstruktiv yaxlitlikni tashkil
qilsa, ular alohida obyekt deb hisoblanadi. Xo‘jalik ahamiyatiga
ega bino tashqarisidagi qo‘shimcha qurilishlar, alohida turuvchi
qozonxona binolari hamda hovlidagi qurilishlar (omborxonalar,
garajlar, to‘siqlar, devorlar, quduqlar va h.k.) mustaqil obyekt bo‘lib
hisoblanadi. Qo‘llanilishi binonikidan o‘zgacha bo‘lgan qo‘shimcha
qurilgan xonalar shu binoning tarkibiga kiradi.
1
BHMS N5 «Asosiy vositalar» N114 09.10.2003-y.dan O‘zR moliya
vaziri Buyrug‘iga asosan tasdiqlangan va N1299 20.01.2004-y.dan Adliya
vazirligi tomonidan ro‘yxatga olingan.



136


Yüklə 474,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin