KO‘CHMAS MULK
OBYEKTLARINING BELGILARI
Asosiy belgilari
Statsionarlik
(qo‘zg‘almaslik)
Yer yuzasiga
bog‘liqlik
Kenglikda
harakatlana
olmaslik
Moddiylik
Natural-
jism shakli
Qiymat shakli
Umrboqiylik
Funksional belgilari
Ishlab chiqarish
obyektlari
Tovar ishlab
chiqarish va
xizmat ko‘rsatishda
qatnashish
Insonlar yashashi
va xizmat ko‘rsatish
uchun sharoit
yaratadi
Noishlab chiqarish
obyektlari
Тakrorlanmaslik
O‘ziga xos
noyoblik
Xilma-xillik
Ko‘chmas mulk
obyektlariga qarab
aniq ko‘rsatkichlar
orqali aniqlanadi
Xususiy belgilari
9.4-rasm. Ko‘chmas mulk obyektlarining belgilari
1
.
Ko‘chmas mulk obyektlarining mohiyati quyidagi uch
ko‘rsatkichlar birligida namoyon bo‘ladi:
– moddiy (jismoniy);
– huquqiy;
– iqtisodiy.
Ko‘chmas mulk obyektlari yuqori iqtisodiy qiymatga ega, chunki
ular uzoq muddatli foydalanishga mo‘ljallangan va foydalanish
1
Харисон Г. Оценка недвижимости. – М.: РОО, 1994.
146
jarayonida iste’mol qilinib ketmaydi. Qoidaga ko‘ra, ko‘chmas
mulk obyektlari konstruktiv murakkabligi bilan ajralib turadi va
ularni faol holda saqlab turish katta xarajatlarni talab qiladi.
9.4. KO‘CHMAS MULK OBYEKTLARINING HAYOTI
DAVOMIYLIGI
Ko‘chmas mulk obyektlarining jismoniy obyekt sifatidagi
hayot davomi – bu ko‘chmas mulk obyektlarining loyihaga
muvofiq shakllantirilishidan to tugatilishi (utilizatsiya qilinishi)
gacha bo‘lgan jarayonlarning ketma-ketligidir. Moddiy obyektlarni
quyidagi tartibda davrlarga bo‘lish qabul qilingan: g‘oya (loyiha) –
yaratilishi – to‘la quvvatga ega bo‘lish – qarish va tugatilish davri.
Ko‘chmas mulk obyektlari hayot davrining bosqichlari yuqorida
keltirilganlardan farqli quyidagicha nomlanadi: loyiha oldi –
loyihalash – qurilish – foydalanish – tugatilish
1
.
1. Loyiha oldi (boshlang‘ich) bosqich o‘z ichiga quyidagilarni
oladi: ko‘chmas mulk bozorini tahlil qilish, ko‘chmas mulk
obyektini tanlash, loyiha strategiyasini shakllantirish, investitsiyaviy
tahlil, boshlang‘ich-ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish,
investitsiyaviy kredit resurslarini jalb qilish.
2. Loyihalash bosqichi o‘z ichiga quyidagilarni oladi: moliyaviy
sxemani ishlab chiqish, moliyalashtirishni tashkil qilish, muhandis-
arxitektura guruhini tanlash, loyihalashni boshqarish.
Ko‘rinib turibdiki, birinchi ikki bosqich daromad keltirmaydi,
chunki ular asoslovchi xarakterga ega. Bu davrning asosiy
vazifalari – mazkur bosqichlar muddati davomiyligini qisqartirish,
ko‘chmas mulk obyektlarining iste’mol sifatini oshirish va eng
asosiysi – ko‘chmas mulk obyekti hayoti davomiyligining barcha
bosqichlaridagi ekspluatatsiya qilish xarajatlarini minimallashti-
1
А.Н. Асаул. Управление, эксплуатация и развитие имущественных
комплексов / А.Н. Асаул, Х.С. Абаев, Ю.А. Молчанов. – СПб.: Гумани-
стика, 2007. C. 240.
147
rishdir. Shuni ta’kidlash joizki, butun hayoti davomiyligi hisobga
olingandagi xarajatlar hisob-kitobining konsepsiyasi amaliyotda
qo‘llashdan ko‘ra ko‘proq, faqat muhokama qilish doirasida qolib
ketadi. Bu konsepsiyaning mohiyati shundaki, ko‘chmas mulk
obyekti qurilishi haqida qaror qabul qila turib, mulkdor ko‘chmas
mulk obyektiga egalik qilish bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan
barcha xarajatlar yig‘indisiga o‘zini «bog‘lab qo‘yadi». Bu
xarajatlar «mulkka egalik qilish qiymati» deb nomlanadi. Ko‘chmas
mulk obyektining butun hayoti davomiyligini hisobga olgan holda
xarajatlarni hisoblab, olingan natijalardan yagona maqsadga
erishishning ikki xil usulini (ko‘chmas mulk obyektini qurish yoki
ijaraga olishning afzallik tomonlarini) taqqoslash kabi holatlarda
foydalaniladi. Loyiha darajasida ko‘chmas mulk obyektining hayoti
davomiyligini hisobga olgan holda xarajatlarni hisoblash, misol
uchun, pardozlash jarayonida uyga kirish joyining devorlari bo‘ylab
dekorativ yog‘ochni qo‘llashnimi yoki devorlarni har yili bo‘yashni
tanlash ma’qulligi va shu kabilar haqida qaror qabul qilishda
qo‘llaniladi.
Yirik qurilish yoki rekonstruksiya loyihalarini amalga oshirish
katta miqdordagi xarajatlari talab qiladi, shuning uchun barcha
turdagi xarajatlarni nazorat qilishga katta ahamiyat berish lozim
bo‘ladi. Ammo, qurilishda ko‘p hollarda me’yordan ortiq tejamkorlik
noto‘g‘ri tushuniladi.
Faqatgina boshlang‘ich narx (ko‘chmas mulkni xarid qilish,
qurish, ijaraga olish) tahliliga asoslanib ko‘chmas mulk obyektini
qurish (xarid qilish) haqida qabul qilingan qarorlar ko‘p hollarda
to‘g‘ri bo‘lmay, oxir-oqibat o‘z tasdig‘ini topmaydi. So‘zsiz,
bunday vazifa (ko‘chmas mulk obyektining butun hayot siklini
hisobga olgan holda xarajatlarni hisoblash) ancha murakkabdir,
lekin uning yechimiga alohida kuch safarbar qilish kerak, chunki
buning natijasida ko‘chmas mulk obyektining butun ekspluatatsiya
davrining keyingi yillik budjetlarini shakllantirishga asos
solinadi.
148
3. Qurilish bosqichi pudratchini tanlash, qurilish ishlarini
olib borishni muvofiqlashtirish hamda qurilish sifatini, xarajatlar
smetasini va boshqa xarajatlarni nazorat qilishni o‘z ichiga oladi.
Bu bosqichda qurilayotgan obyektni ko‘chmas mulk bozori
segmentining hayoti davomiyligini mantig‘i bilan asoslangan
talablariga qay darajada mos kelishi haqida real dalillar paydo
bo‘ladi. Bu bosqichda potensial iste’molchilar kapital qo‘yilmalari
ulushini oshirish masalalari o‘z yechimini topadi, chunki taklif va
foyda hajmining o‘sishi bozor tomonidan faoliyatning yaxshi qabul
qilinganligidan dalolat beradi.
Iqtisodiyotning zamonaviy holati investitsion loyiha ish-
tirokchilaridan aniq qurilish loyihasini amalga oshirish bo‘yicha
ishlar grafigini jadallashtirishni talab qiladi, bunday harakatlar
tanlangan tadbirkorlik faoliyati yo‘nalishidagi loyiha natijalari
mumkin qadar tezroq foyda keltirishi uchun amalga oshiriladi.
Shuning uchun qurilish ishlarini loyihalash bosqichidayoq (loyihani
ishlab chiqish to‘liq yakuniga yetmay) boshlanadi, bu esa loyihaning
barcha ishtirokchilari harakatlari yuqori darajada muvofiqlashtirilgan
bo‘lishini talab qiladi.
Rivojlangan bozor iqtisodiyotiga ega mamlakatlarda keng
tarqalgan qurilishni boshqarish turlaridan biri – bu loyihani
boshqarishdir. Bunday boshqaruv turi butun qurilish muddatini, ya’ni
qurilish loyihasi maqsadini tanlashdan to uning ekspluatatsiyasigacha
bo‘lgan davrni o‘z ichiga qamrab oladi. Loyihani boshqarishda
quyidagi vazifalar bajariladi:
– investitsiyalarni samarali qo‘llash va bu jarayonni nazorat
qilish;
– loyiha hujjatlarini ishlab chiqish;
– qurilish jarayonida loyiha hujjatlari talablarini amalga oshirish;
– qurilish obyekti sifatini nazorat qilish.
Amalga oshirilishi keskin shartlarga ega loyihalarni boshqarish
uchun qurilish boshqaruvchilari boshchiligida maxsus tuzilmalar
yaratiladi. Jahon amaliyotida kuzatilishicha, bunday boshqaruv
shakli qurilish mablag‘laridan umumiy 10% gacha tejamkorlikka
149
erishish, barcha turdagi xarajatlar ustidan nazorat olib borishning
samaradorligini oshirish hamda loyihani amalga oshirish
muddatlarini qisqartirish imkonini beradi.
Loyihani boshqarish shakli bo‘yicha qurilishni tashkillashtirish
rivojlangan bozor iqtisodiyotiga ega mamlakatlarda keng tarqalgan
va bizning mamlakatimizda, ayniqsa, ko‘p qavatli obyektlar qurilish
loyihalarini amalga oshirishda ham samarali kelajakka ega, chunki
«loyihalash – qurilish» davomiyligini umumiy boshqarish loyihani
bajarish muddatini qisqartiradi, buning natijasida esa umumiy
mablag‘larning 10% gacha tejalishiga erishiladi va barcha turdagi
xarajatlarni samarali nazorat qilish uchun sharoitlar yaratiladi.
Mamlakatimizda amalda ko‘proq pudratchilik tamoyiliga
asoslangan obyekt qurilishi keng tarqalgan, bunda pudrat shartnomasi
bo‘yicha bir taraf (pudratchi) ikkinchi taraf (buyurtmachi)ning
topshirig‘iga binoan ma’lum bir ishni bajarish va uning natijasini
buyurtmachiga belgilangan muddatda topshirish majburiyatini oladi,
buyurtmachi esa ish natijasini qabul qilib olish va buning uchun
haq to‘lash majburiyatini oladi. Agar qonun hujjatlarida yoxud
taraflar kelishuvida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa,
ishni bajarish uchun pudratchi tavakkal qiladi
1
.
Odatda, buyurtmachi tender asosida bosh pudratchi roliga
bir qurilish tashkilotini tanlaydi, u bilan barcha ishlar majmuyini
bajarishga shartnoma tuzadi va unga ishlar majmuyi uchun
subpudratchilar bilan shartnomalar tuzish imkonini beradi. Yirik
obyektlar qurilishida buyurtmachi har biri aniq uchastka uchun
javobgar va bevosita buyurtmachining vakillari nazorati ostida
ishlovchi bir nechta pudratchi tashkilotlarni yollashi mumkin
2
.
Davlatimiz amaliyotida arxitektura-loyiha tashkilotlari qurilish-
montaj ishlari sifat nazoratidan chetlatilgan. Bu vazifani Davlat
1
O‘zbekiston Respublikasi Qonuni. «O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik
kodeksi birinchi qismining tasdiqlanishi haqida». №163-1. 21-dekabr 1995-y.
631-modda.
2
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 302-sonli
qarori.
150
arxitektura-qurilish nazorati (GASN) inspeksiyasi amalga oshiradi.
Loyihachilar faqatgina loyihada keltirilgan takliflarning barchasi
amalga oshirilayotganligini e’tibordan chetda qoldirmaslik uchun
(avtorlik nazorati) vaqti-vaqti bilan qurilish maydoniga tashrif
buyuradi va tekshirish o‘tkazadi. Qurilish obyektida ishlar
sifatini doimiy nazorat qilish Yagona buyurtmachi xizmati va
buyurtmachining zimmasiga yuklatiladi. Yirik loyihalarni amalga
oshirishda Yagona buyurtmachi xizmati sifat nazoratidan tashqari
tashqi ekspertlar (o‘z mutaxassislari bo‘lmaganda) jalb qilinadi.
Ular quyidagi vazifalarni bajaradilar: murakkab ishlar qiymatini
baholash, alohida operatsiyalar yoki ishlar majmuyi grafigi
bajarilishini nazorat qilish, buxgalteriya hisobi va audit, huquqiy
masalalar, nazorat organlari va mahalliy hokimiyat vakillari bilan
o‘zaro aloqadorlik.
Obyektlarni ekspluatatsiyaga qabul qilish tartibi – hujjatlarni
rasmiylashtirishning anchayin yuqori reglamentlashgan me’yoriy
jarayondir.
4. Ko‘chmas mulk obyektini ekspluatatsiya qilish bosqichi
obyektlarni ekspluatatsiya qilish, ularga xizmat qilish va
ta’mirlashlarni nazarda tutadi. Ko‘chmas mulk obyektining
ekspluatatsiyasi boshqarish tizimida ko‘p qirrali funksiya
bo‘lib, quyidagi yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi: bino uskunalari
ekspluatatsiyasi, moddiy hisob, yong‘inga qarshi va xavfsizlik
texnikasi, kommunikatsiyalar boshqaruvi, chiqindilar utilizatsiyasi
va qayta ishlovi, ko‘chishlar, o‘zgarishlar va qayta qurishlar,
avariya holatlarni bartaraf qilish, ekspluatatsiya va joriy ta’mirlashni
ta’minlash, jihozlash va obyektni qo‘riqlash.
«Binoni jihozlash» tushunchasining aniq bir ta’rifi mavjud emas,
ammo uning asosini quyidagilar tashkil qiladi: isitish, ventilatsiya
va shamollatish tizimlari, elektr yoritish hamda issiqlik, suv
ta’minotlari va isitishda suv aylanishini jihozlash; mexanik hamda
elektr vertikal va gorizontal transportirovkalar (liftlar, eskalatorlar
va h.k.) tizimi.
151
Kommunikatsiyalarni boshqarish – ko‘chmas mulk obyekti
mohiyatidan kelib chiquvchi vazifadir. Telefon va aloqa inf-
ratuzilmasi xizmatlari bilan ta’minlash, ma’lumotlarni uzatish va
qabul qilishda tobora keng qo‘llanilmoqda. Bu xizmatlar potensiali
va ulaning sifati raqamli, tolali-optik aloqalarning tarqalishi orqali
yaxshilanadi. Shuningdek, kompyuter va Internet texnologiyalar
(kompyuterlarning tizimli aloqasi)ni hamda ish joylarini
avtomatlashtirish tobora keng tus olmoqda.
Elektron yoki informatsion xavfsizlik elektron qurilmalarda
informatsion muhofazani ta’minlash, xususan, dastur ta’minotida,
shuningdek, tashkilotning ma’lumotlar bazasini yaratish orqali
boyitilmoqda.
Ko‘chmas mulk obyektlari ekspluatatsiyasida zararli chiqindilar
qayta ishlash jarayoni, misol uchun, luminessent (simobli)
lampalarning utilizatsiyasidan to zararli chiqindilarni yo‘q
qilishgacha bo‘lgan qator murakkab boshqaruv masalalarini o‘z
ichiga oladi. Odatda, ko‘chmas mulk obyekti boshqaruvchisi zararli
chiqindilarni ko‘mish va qayta ishlashga ixtisoslashgan tashkilotlar
bilan shartnoma tuzadi. Chiqindilarni qayta ishlash bo‘yicha
ishlarning ko‘pchiligi ularni alohida to‘plashni va qayta sotish
yoki yo‘q qilishda o‘z ifodasini topadi. Chiqindilarni tavsiflab
quyidagicha turlarga ajratish mumkin: qog‘oz, shisha (yaxlit va tara
ko‘rinishida), temir-tersak (po‘lat, cho‘yan, alumin), yelim, motor
moylari, shinalar va h.k.
Ko‘chmas mulk obyekti ekspluatatsiyasi jarayonida, ko‘pincha,
uni to‘laligicha yoki tarkibiy qismlarini o‘zgartirish bo‘yicha
ishlarni amalga oshirishga to‘g‘ri keladi. Amaliyotda kuzatilishicha,
yangi xodim ish joyini takomillashtirish yoki ofis binosini qayta
jihozlashni istaydi, ammo bunda bir qator qoidalar
1
mavjudki, ular
tashkilot foydasiga o‘zgarishlarni samarali boshqarishni amalga
oshirishga imkon yaratadilar:
1
Dostları ilə paylaş: |