O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi d. R. Abdikarimova, G. M. Bekimbetova ko‘chmas mulkni baholash


 BAHOLOVCHI TASHKILOTLAR MAJBURIYATLARI



Yüklə 474,89 Kb.
səhifə56/78
tarix11.11.2023
ölçüsü474,89 Kb.
#132373
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   78
D. R. Abdikarimova, G. M. Bekimbetova-fayllar.org

10.2. BAHOLOVCHI TASHKILOTLAR MAJBURIYATLARI, 
HUQUQLARI VA JAVOBGARLIGI
Qonunda baholovchining huquqlari, majburiyatlari, mustaqilligi,
baholovchi tashkilotlarning tarkibiy tuzilishi, unga bo‘lgan talablar
va baholash hisobotlari alohida o‘rin tutadi. Shu sababli ushbu
Qonun 2009-yilda qayta ko‘rib chiqilib bir qancha o‘zgartirishlar
kiritildi. Jumladan:
4-moddada baholovchi tashkilot, baholovchi va baholovchining
yordamchisi to‘g‘risida alohida tushuncha va talablar berilgan.
Bu bilan baholovchining bilim malakasi yuqori bo‘lishi, malaka



177
sertifikatiga ega bo‘lishi, baholovchi tashkilot esa faoliyatini


yuritish bo‘yicha litsenziyaga ega bo‘lishi, bundan tashqari, bu
moddaning 3-qismida baholovchining yordamchisining huquqlari
va majburiyatlari haqida belgilab qo‘yilgan.
Qonunning 14 va 15-moddalarida baholovchi tashkilotning
huquq va majburiyatlari keltirilgan bo‘lib, bundan tashqari,
15
1
-moddasida baholovchi tashkilot tomonidan ko‘rsatiladigan
qo‘shimcha professional xizmatlar ko‘rsatib o‘tilgan. Bular:
– baholash to‘g‘risidagi hisobotlarning ishonchliligini ekspertiza
qilish;
– investitsiya loyihalarini ishlab chiqish va tahlil qilish, biznes-
rejalar tuzish;
– baholash jarayonini avtomatlashtirish va baholash faoliyatiga
axborot texnologiyalarini joriy etish;
– baholash faoliyati sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish
va ularning natijalarini tarqatish.
Baholovchi tashkilot qonun hujjatlariga muvofiq boshqa
qo‘shimcha professional xizmatlar ham ko‘rsatishi mumkin.
Quyidagilar:
– ko‘char mulkni (qimmatli qog‘ozlar, ulushlar, intellektual mulk
obyektlari va boshqa nomoddiy aktivlardan tashqari) baholovchi
tashkilotlar – eng kam oylik ish haqining kamida 1500 baravariga
teng miqdorda ustav kapitaliga va kamida ikkita baholovchi shtatiga
ega bo‘lishi kerak;
– ko‘chmas mulkni (mulkiy kompleks sifatidagi korxonalardan
tashqari) baholovchi tashkilotlar – eng kam oylik ish haqining
kamida 2000 baravariga teng miqdorda ustav kapitaliga va kamida
uchta baholovchi shtatiga ega bo‘lishi kerak;
– biznesni (mulkiy kompleks sifatidagi korxonalar, moddiy va
nomoddiy aktivlarning barcha turlarini) baholovchi tashkilotlar —
eng kam oylik ish haqining kamida 2500 baravariga teng miqdorda
ustav kapitaliga va kamida to‘rtta baholovchi shtatiga ega bo‘lishi
kerak.



178
Bunda ustav kapitalining kamida 30 foizi pul mablag‘laridan


iborat bo‘lishi kerak.
Baholovchi tashkilotlar qo‘shimcha baholash faoliyati
professional xizmatlarining faqat quyidagi turlarini ko‘rsatishi
mumkin:
– baholash to‘g‘risidagi hisobotning haqqoniyligini ekspertizadan
o‘tkazish;
– investitsiya loyihalarini ishlab chiqish va tahlil qilish, biznes-
rejalar tuzish;
– baholash jarayonini avtomatlashtirish va axborot texno-
logiyalarini joriy etish; baholash faoliyati sohasida ilmiy-tadqiqot
ishlarini amalga oshirish va ularning natijalarini tarqatish.
Baholash faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlaridan
tashqari baholovchilar uchun mulkchilik huquqi va boshqa ashyoviy
huquqlar majburiyatlarning ayrim turlari va baholash obyektiga
nisbatan mulkiy munosabatlarni tartibga soluvchi qonun hujjatlari
ham alohida ahamiyatga ega.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi,
boshqa qonunchilik va me’yoriy hujjatlar, shu jumladan xususiy-
lashtirish, bankrotlik, garov, ipoteka, ishonchli boshqaruvga doir
qonunchilik va me’yoriy hujjatlar shular jumlasidandir.
Baholash faoliyatini qat’iy belgilangan tartib asosida olib
borilishi baholash faoliyati sifatining asosiy mezoni hisoblanadi.
Bunda mulkni baholashning milliy standartlari muhim rol o‘ynaydi.
O‘zbekiston Respublikasining Davlat mulkini boshqarish davlat
qo‘mitasi tomonidan qabul qilingan qarorlar asosida mulkni
baholash Milliy standartlari ishlab chiqilgan bo‘lib, bu standartlar
bugungi kunda baholovchilar tomonidan amal qilib kelinmoqda.
Baholash standartlari baholovchilar o‘z mahsulotini u asosida
baholashi lozim bo‘lgan sifatning minimal darajasini ko‘rsatadi.
Baholardan foydalanuvchilar, o‘z navbatida, baholovchining
chuqur bilimga egaligi, shuningdek, u tomondan kasbiy va
etika standartlariga amal qilinishiga nisbatan o‘zlarining oqilona
umidlarini o‘lchash uchun bazaga ega bo‘lishadi. Hozirgi vaqtda



179
O‘zbekiston Respublikasida baholash faoliyatining me’yoriy-


huquqiy asosi baholashning xalqaro standartlari talablari bilan uzviy
bog‘langan.
Davlat mulki obyektlari qiymatini baholashning me’yoriy-
huquqiy asosida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
tomonidan so‘nggi yillarda tasdiqlangan qonunosti hujjatlari ham
muhim o‘rin tutadi. Binobarin, davlat tasarrufidan chiqarilayotgan
(xususiylashtirilayotgan) korxona (obyekt)lar mulkini baholash
qiymati va uni sotishda taklif etishning boshlang‘ich narxini
belgilash O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-
yil 9-martdagi 119-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Davlat mulki
bo‘lgan obyektlarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish
tartibi to‘g‘risida Nizom» bilan tartibga solinadi. Ushbu me’yoriy
hujjatda mulkni baholashdagi xatti-harakatlarning izchilligi
belgilangan bo‘lib, asosiy fondlarning tiklanish qiymatini aniqlash
uchun narxlarni indeksatsiya qilish koeffitsiyentlari bo‘yicha asosiy
fondlarning balans qiymatini qayta hisoblash va qimmatlashuv
koeffitsiyentlarini qo‘llash mexanizmlari aniqlangan, shuningdek,
asosiy fondlar qoldiq qiymatining eng kam miqdorlari belgilangan.
Nizomga muvofiq o‘tkazilgan davlat mulkining qiymatini
baholash natijalari belgilangan shakldagi yig‘ma dalolatnomada aks
ettirilishi kerak.
Amaldagi qonuniy me’yorlarning o‘zaro bog‘lanishiga va qonun
hujjatlariga qo‘shimchalar va aniqliklar kiritishga alohida e’tibor
qaratilishi kerak.
Xulosa qilib aytganda, O‘zbekistonda hozirgacha bozor
iqtisodiyoti sharoitida baholashning xalqaro me’yorlari talablariga
mos keladigan ko‘char mulklarni baholash tizimi shakllangani
yo‘q. Mavjud me’yoriy hujjatlar ikkilamchi bozor talablariga to‘liq
javob bermaydi va bozor iqtisodiyoti rivojlanishida muhim omil
hisoblangan xorijiy investitsiyalar tushumini hisobga olmaydi.
Baholash ishlarining shu va boshqa muammolari O‘zbekistonda
baholash faoliyatini rivojlantirish, uning tashkiliy va uslubiy
asoslarini takomillashtirish va rivojlantirishni talab etadi.



180


Yüklə 474,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin