O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi d. R. Abdikarimova, G. M. Bekimbetova ko‘chmas mulkni baholash


 BAHOLASH FAOLIYATINI TARTIBGA SOLISH



Yüklə 474,89 Kb.
səhifə57/78
tarix11.11.2023
ölçüsü474,89 Kb.
#132373
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   78
D. R. Abdikarimova, G. M. Bekimbetova-fayllar.org

10.3. BAHOLASH FAOLIYATINI TARTIBGA SOLISH
VA NAZORAT QILISH 
Baholash faoliyatini rivojlantirish iqtisodiyotda islohotlar
o‘tkazish va O‘zbekiston Respublikasida huquqiy demokratik davlat
barpo etish jarayonining ajralmas qismi bo‘lib hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga
ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi quyidagi
vazifalarni hal etish zarur deb belgilandi:
1) baholash faoliyati subyektlariga ularning talablari va
manfaatlariga maksimal darajada javob bera oladigan tashkilot
a’zosi bo‘lish huquqini berish maqsadida baholovchi tashkilotlar
uyushmasini tashkil etish;
2) tajriba almashish hamda baholash faoliyatining metodologik
bazasini rivojlantirishda yordam berish maqsadida turli
mamlakatlarning professional jamoat tashkilotlari bilan xalqaro
jamoatchilik aloqalari borasidagi ishlarni faollashtirish;
3) respublikaning oliy o‘quv yurtlari va o‘quv markazlari bilan
birgalikda tegishli ta’lim dasturlari, o‘quv jarayonida va imtihon
komissiyalari ishida qatnashish dasturlarini tayyorlash ishlarini
tashkil etish;
4) respublikaning barcha mintaqalarini qamrab olgan holda
baholash faoliyatining amaliy masalalari bo‘yicha muntazam asosda
treninglar, seminarlar, master-klasslar o‘tkazish amaliyotini joriy
etish;
5) keng doiradagi baholash faoliyati subyektlarini jalb etgan
holda professional jamoat tashkilotlarining ish rejalari ishlab
chiqilishini amaliyotga olib kirish va bunda shu rejalar ijrosi qanday
borayotganligini ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan
hamma kirishi mumkin bo‘lgan Internet-saytda yoritish shartini
qo‘yish;
6) respublikadagi baholovchi tashkilotlarga muntazam ravishda
reyting baholari berish va ularni ommaviy axborot vositalarida
yoritish mexanizmini ishlab chiqish hamda amaliyotga kiritish;



181
7) baholash uchun buyurtma beruvchilarga ularning baholash


faoliyati sohasidagi huquq va majburiyatlarini tushuntiradigan
ishonch xizmatini tashkil etish;
8) baholashga doir aniq masalalarni muhokama qilish maqsadida
banklar vakillari, auditorlar, buxgalterlar hamda baholash
natijalaridan foydalanuvchi va baholashga buyurtma beruvchi
boshqa shaxslar o‘rtasida muntazam ravishda uchrashuvlar o‘tkazib
turish.
Hozirda mulk qiymatini baholash xizmatlari bozori, baholash
faoliyati alohida nazariyasiga, yuqori darajada tartiblashtirilgan
samarali infratuzilmaga va dinamik muhitga ega bo‘lib, zamonaviy
iqtisodiyot rivojini qiymatiy belgilaydigan murakkab tizim sifatida
namoyon bo‘lmoqda. Bu esa mulkdorlarning mulkiy huquqlari va
munosabatlari hajmi va samarasining keskin o‘sishiga olib keldi
1
.
Umuman olganda, zamonaviy mulk qiymatini baholash

xizmat
lari bozori yuqori darajada tashkillashgan va uzluksiz


rivojlanayotgan, borgan sari jahon miqyosida globallashib borayotgan
alohida bir butun va o‘z muhitiga ega munosabatlar va institutlar
majmuasi sifatida namoyon bo‘luvchi murakkab tizim ekanligi
bilan iqtisodiyot rivojida ahamiyatlidir. Chunki mulk qiymatini
baholash xizmatlari bozori baholagan qiymatisiz mulkning huquqiy
va iqtisodiy fantomlarini boshqarish, mulkiy munosabatlarni
samarali amalga oshirish va ishonchli biznes qarorlar qabul qilish
mumkin emas. Zero, hozirda mulk qiymatini baholash xizmatlari
bozori mulkdorlarning mulkiy huquqlari qiymatini belgilaydi va
boshqarilishiga yordamlashadi, mulk bozori obyektiv narxlarini va
mulkdorlar jamg‘armalari real qiymatining shakllanishiga xizmat
ko‘rsatadi. Shuning uchun ham mulk qiymatini baholash xizmatlari
bozori mulk bozori bilan birgalikda (ular o‘zaro ekvivalent
va bog‘langan bozorlar bo‘lgani, mos ravishda, ular orasida
ko‘rsatilganidek qiymatni narxga va, aksincha, narxni qiymatga
1
Sh.Sh. Shox’azamiy. Mulkiy qiymat va narxning nazariy asoslari.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi. – T.: «Iqtisod-
moliya, 2015.



182
transformatsiyalanishi prinsipi amal qilishi sababli) iqtisodiyotdagi


o‘rni va ahamiyati tuzilmaviy-funksional model yordamida makro-,
mezo-, mikro- va nano pog‘onalarda namoyon bo‘ladi. Umuman
aytganda, mulk bozori va mulk qiymatini baholash xizmatlari bozori
bir-birining o‘zaro bog‘liqlikdagi faoliyatisiz ma’noga ega emas.
Demak, bu bozorlar faqat birgalikda mulkiy huquqlar subyektlarining
fuqarolik huquqi obyektlari bo‘yicha mulkiy munosabatlari amalga
oshirilishini ta’minlashi sababli, ular iqtisodiyotda markaziy o‘ringa
ega. Bunda real iqtisodiyotning «mulk bozori – mulk qiymatini
baholash xizmatlari bozori» juftligi bilan bog‘liqlikdagi faoliyati
davlat tomonidan regulatsiya qilinadi.
Respublikamizda mulkni baholash sohasi endi rivojlanib
kelayotgan sohalardan biri hisoblanadi. Baholashga bo‘lgan talab
bozor iqtisodiyotiga o‘tganimizdan keyin yuzaga kela boshladi.

Yüklə 474,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin