Baholash sanasi – baholash haqidagi fikr kuchga ega bo‘lgan muddat.
Birlik amortizatsiyasiga pul qo‘yish – kreditning kamayayotgan
qoldig‘i bo‘yicha hisoblanuvchi foiz sharoitida bir pul birlik kreditni
to‘lash uchun zarur davriy to‘lov.
Bino (inshoot) inventarizatsiyasi – obyektlarning asl texnik holatini
davriy tekshirib va qurilmalar qiymatini belgilab, ularni ro‘yxatga olish.
Bino va inshoot uchun kapitallashtirish koeffitsiyenti – bino
va inshootlarga taalluqli daromadni, binoda hisobga olingan kapitalni
kapitallashtirish uchun qoldiq texnikasida foydalaniluvchi koeffitsiyent.
Bino (inshoot)lar chidamliligi – ekspluatatsiya jarayonida texnik
xizmatlar va davriy ravishda ta’mirlash ishlari bajarilgan holda
obyektlarning ma’lum vaqt mobaynida ishga qodirligini saqlash xususiyati.
Bino (inshoot)lar ishonchliligi – obyektlarning belgilangan chegarada
va ma’lum sharoitlarda o‘zlarining asosiy xususiyatlarini saqlab qolgan
holda, yuklatilgan vazifalarni bajarish qobiliyatidan iborat bo‘lgan
xossalar.
Vazifaviy (ma’naviy) yemirilish – ma’lum inshootning yangi
bino bilan qiyoslaganda foydalilikni ta’minlashga nisbatan noqodirligi
oqibatida qiymatning yo‘qolishi.
Vazifaviy foydalilik – loyihani bozor andozalari bilan solishtirish
ko‘rsatkichi.
Garov xat yoki ipoteka – moliyaviy majburiyat, unga ko‘ra qarz
beruvchi yoxud qarzdor qarzni to‘lash uchun mulkni garovga qo‘yadi;
tilxatli oddiy vekseldan iborat.
Garov qiymati – ipoteka qarzini ta’minlash maqsadidagi aktivning
qiymati; shuningdek, ipoteka qarzining bozor qiymati.
Davr ichidagi birlikning to‘plangan summasi – mazkur omil har
bir davr oralig‘i so‘ngida deponlashtirilgan teng summalar seriyasining
qiymati butun belgilangan muddat tamom bo‘lishi bilan qanday bo‘lishi
kerak, degan savolga javob beradi.