191
Yemirilish – obyekt jismoniy holatining yomonlashuvi va uning
ma’naviy yemirilishi tufayli qiymatning yo‘qolishi. Yig‘ilib qolgan
yemirilish obyektning baholash muddatidagi tiklanma (o‘rindoshlik)
ning joriy qiymati va haqiqiy bozor qiymati o‘rtasidagi farq sifatida
ta’riflanadi.
Yemirilishni ustiga qo‘shib hisoblash – buxgalterlik hisoblarida
ma’lum qilingan va kompaniya aktivlarining o‘rnini bosish
uchun hisoblab
ustiga qo‘shilgan mablag‘lar miqdorini aks ettiruvchi summa.
Yer rentasi – ijarachi yer ijarasi haqidagi shartnomaga ko‘ra
kiritadigan to‘lov.
Yer bitimi – bu shartnomaga ko‘ra sotuvchi yer maydoni uchun
birinchi pul to‘lovini oladi, ammo, odatda, qarzning butun yig‘indisi
to‘lanmagunicha mulk titulini bermaydi.
Yer maydoni – mazkur ko‘chmas
mulkning huquqiy tarifida
belgilangan hudud maydoni ko‘rinishidagi ko‘chmas mulk qismi.
Yer – 1. Maydon zaxirasi, hudud. 2. Ko‘chmas
mulk atributini
belgilovchi hudud maydoni ko‘rinishidagi xususiy mulk. «Yer»
atamasining odatdagi ma’nosi quruqlikning suv bilan qoplanmagan
maydonini anglatadi, bu so‘zning huquqiy mazmuni esa ko‘chmas
mulkni
bildiradi (bu mazmunda ham yer atamasi zamin emas, hudud ma’nosida
ishlatiladi).
Yer uchun qoldiq texnikasi – binolarning qiymati ma’lum bo‘lgandagi
yer qiymatini baholash usuli.
Jismoniy yemirilish – ichki jarayonlar va tashqi omillar ta’siri
ostida
umuman bino (inshoot)larning hamda ularning alohida tarkibiy qismlari,
konstruksiyalari, muhandislik tizimlarining dastlabki ekspluatatsion
xususiyatlarini yo‘qotishi.
Dostları ilə paylaş: