193
Kapitallashtirish – kelgusida kutilgan daromadlarni bir vaqtda
mazkur pallada olinadigan qiymatga aylantirish.
Kapital o‘rnini qoplash (qaytarish)ning to‘g‘ri chiziqli me’yori –
ko‘chmas mulkda – aktivning hayot muddati davomida uning qiymati
davriy tarzda bir tekisda, masalan, 50 yil davomida yiliga 2% ga pasayib
borishi kutilgan holdagi kapitallashtirish koeffitsiyenti qismi. Bunda
ularning ekspluatatsiyasiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi yoki maqsadga muvofiq
emas (uning soz yoxud ishga yaroqlilik holatini tiklab bo‘lmaydi yoki
maqsadga muvofiq emas).
Kondominimum (o‘zaro egalik qilish) – mulkning huquqiy shakli
bo‘lib, unga ko‘ra obyekt shaxsiy mulk va o‘zaro mulkning tarkibiy
qismlariga bo‘linadi.
Kapitallashtirish koeffitsiyenti – daromadlar oqimini kapital
qiymatning yagona yig‘indisiga qaytadan hisoblashda foydalaniluvchi
qo‘yilma. Kapital qiymatning yagona summasi davriy daromadning
kapitallashtirish koeffitsiyentiga nisbati kabi hisoblab chiqiladi. Ko‘chmas
mulk sohasida kapitallashtirish koeffitsiyenti foizni va ko‘p hollarda –
qaytarma investitsiyani o‘z ichiga olishi kerak.
Kapital daromadi – pul mablag‘lari kirimlari va qayta sotuvdan
tushgan pul bilan aniqlanadigan boshlang‘ich xususiy kapital daromadining
ichki qo‘yilmasi. Soliqlar to‘langunga qadar va to‘langanidan keyingi
ikkita qo‘yilma mavjuddir.
Dostları ilə paylaş: