194
Ko‘chmas mulk bozori – bu mulk huquqlarini berishga, narxlarni
belgilashga, yerdan foydalanish va uni yaxshilashlar (binolar, inshootlar,
daraxtlar)ning raqobat qiluvchi turlari o‘rtasida hududlarni qayta
taqsimlashga imkon beradigan mexanizmlarning muayyan to‘plami.
Likvidatsion qiymat – mulkning iqtisodiy hayot muddati so‘nggida
taxmin qilingan qiymati.
Likvidlik – aktiv pulga o‘tkazilishi mumkin bo‘lgan yengillik.
Mablag‘ qaytishining samarali me’yori – diskontning umumiy
koeffitsiyenti va qo‘yilmasi o‘rtasidagi farq. Yemirilish oqibatida
yo‘qoluvchi qiymatning ulushiga ko‘ra o‘lchangan mablag‘ qaytarilishining
har yilgi me’yori.
Mahalliy sharoitlar uchun tuzatish koeffitsiyenti – respublikaning
turli shaharlarida qurilish bahosidagi farqlarni hisobga olish uchun
qo‘llanuvchi koeffitsiyent.
Ma’naviy yemirilish – binolar (inshootlar)ning baholash vaqtida
ko‘rsatilgan me’yoriy, hajmli-rejali, me’moriy-konstruktiv, sanitar-
gigiyenik va texnologik talablarga mos kelmasligi.
Majburiyat – biror-bir shaxs mulk sotib olganida va shaxsiy
javobgarlikni qabul qilmasdan ipoteka to‘lovlari bo‘yicha majburiyatni o‘z
zimmasiga olganida vujudga keluvchi majburiyat. Shaxsiy javobgarlikni
birinchi qarz beruvchi o‘z zimmasiga oladi.
Dostları ilə paylaş: