196
Pul ekvivalenti – joriy qiymatning pul summasiga keltirilgan,
moliyaviy shartlar qiymatini hamda mazkur obyektga taalluqli istalgan
bepul xizmatlarni e’tiborga oluvchi mulk narxi.
Pul birligining to‘plangan summasi – joriy summaning kelgusi
qiymatini hisoblash uchun ishlatiladigan omil. Shunday shart bilanki,
joriy qiymat davriy to‘planadigan foizni keltirib, ma’lum vaqt davomida
ushlanib qolinadi.
Pul qo‘yish tamoyili – ishlab chiqarishning biror-bir qo‘shimcha
omilining mavjudligi yoki yo‘qligi oqibatida xo‘jalik obyektidan tushgan
qiymatni yoxud sof daromad ko‘payadigan yoinki kamayadigan summani
aniqlaydigan baholash tamoyili.
Raqobat tamoyili – baholash tamoyili bo‘lib, unga ko‘ra ishlab
chiqarish omillarini to‘lash uchun zarur bo‘lgan daromaddan ko‘ra foyda
kattaroq bo‘lgan hollarda tegishli bozordagi raqobat kuchayadi. Bu esa,
o‘z navbatida, o‘rtacha sof daromadlarning pasayishiga olib keladi.
Dostları ilə paylaş: