199
O‘rindoshlik tamoyili – bu tamoyilga ko‘ra eng past narx yoki teng
foydali bo‘lgan boshqa mulkni sotib olishga ketgan xarajatlar orqali
mulkning maksimal qiymati aniqlanadi.
O‘sib boruvchi annuitet – davriy to‘lovning tartibli ko‘payishini
va’da qiluvchi yoki talab etuvchi daromadlar oqimi.
O‘rtacha ulushli qo‘yilma – turli sarmoyadorlarning sotib olingan
mablag‘dagi ulushlarini va ularga muvofiq daromadning tavakkalli
qo‘yilmalarini hisobga oladigan kapitallashtirishning umumiy koef-
fitsiyenti.
O‘rtacha qo‘yilma – daromad qo‘yilmasini baholash uchun
foydalaniladigan texnika. Mazkur qo‘yilma hisoblangan vaqtda
investitsiyalar yig‘indisi investitsiyalardan tushgan kirimlar yig‘indisidan
chiqarib tashlanadi. Natija esa egalik qilish yillari soniga va so‘ngra
investitsiyalarning umumiy yig‘indisiga bo‘linadi.
Dostları ilə paylaş: