200
ko‘rsatkichlarini muvofiqlashtirib, qiymat haqida so‘nggi mulohazani
bildirganidan keyin chiqarilgan qiymatning bahosi.
Qiymatni baholash – vakolatli shaxs, ya’ni ko‘chmas mulkni tahlil
etadigan va baholaydigan mutaxassis tomonidan o‘tkaziladigan ko‘chmas
mulk obyektining, undan biror-bir shaxsiy manfaatning hisobiy yoki
ekspert qiymatlarini aniqlash.
Qoldiqli mahsuldorlik tamoyili – bu tamoyilga ko‘ra materiallar,
mehnat va tadbirkorlik harakatlari xarajatlari to‘langanidan so‘ng sof
daromadning yerga tegishliligi.
Foydalanish qiymati – mulkdan foydalanishning ma’lum
variantidagi mulk qiymati. Masalan, aniq bir bino keltiradigan
daromadga pul qo‘yish qiymati. Foydalanish qiymati bozor qiymatidan
farq qilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: