42
10. № 10 MBMS «Ko‘chmas mulk
qiymatini baholash»
2009-yil 18-noyabrda 2044-
son bilan ro‘yxatga olingan
11. № 11 MBMS «Xususiylashtirish
maqsadida davlat uy-joy
fondining qiymatini baholash»
2011-yil 19-oktabrda 2279-
son bilan ro‘yxatga olingan
12. № 12 MBMS «Soliq solish
maqsadida yalpi
baholash usullari
bilan ko‘chmas mulk qiymatini
baholash»
2012-yil 8-mayda 2359-son
bilan ro‘yxatga olingan
13. № 13 MBMS «Intellektual mulk
obyektlari qiymatini baholash»
2012-yil 18-iyunda 2371-son
bilan ro‘yxatga olingan
14. № 14 MBMS «Tovar-moddiy
zaxiralar qiymatini baholash»
2017-yil 19-iyunda 2890-son
bilan ro‘yxatga olingan
15. № 15 MBMS «Mashina va
uskunalar qiymatini baholash»
2017-yil 29-iyunda 2895-son
bilan ro‘yxatga olingan
Baholashni o‘tkazish baholash obyektining qiymati to‘g‘risida
nizo chiqqan taqdirda ham, shu jumladan:
– mol-mulk millilashtirilayotganda;
– ipoteka krediti berilayotganda;
– taraflardan birining talabiga binoan
er-xotinning mol-mulki
bo‘linayotganda;
– mol-mulk mulkdorlardan davlat ehtiyojlari uchun sotib
olinayotganda yoki qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqacha
tarzda olib qo‘yilayotganda;
– soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar to‘g‘ri to‘lanishi ustidan
nazorat o‘tkazilayotganda majburiydir.
Baholovchi tashkilot va buyurtmachi o‘rtasida
tuziladigan
shartnoma yoki qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda sud
ajrimi baholash obyektini baholashdan o‘tkazish uchun asoslidir.
Baholovchi tashkilot va buyurtmachi o‘rtasidagi shartnoma yozma
shaklda qonun hujjatlariga muvofiq tuziladi.
43
Shartnomaga baholovchi tashkilotda baholash faoliyatini amalga
oshirish huquqini beruvchi litsenziyaning mavjudligi to‘g‘risidagi
ma’lumotlar ushbu litsenziyaning tartib (ro‘yxatdan o‘tkazilganlik)
raqami va berilgan sanasi ko‘rsatilgan holda, shuningdek, baholovchi
tashkilotning fuqarolik javobgarligini sug‘urta
qilish shartnomasi
bo‘yicha sug‘urtalovchining majburiyatlari kuchga kirganligini
tasdiqlovchi sug‘urta polisining mavjudligi haqidagi ma’lumotlar
kiritilishi shart. Baholash obyektini baholashdan o‘tkazganlik uchun
pul mukofotining miqdori shartnomada belgilab qo‘yiladi va u
baholash obyekti qiymatining baland-pastligiga bog‘liq bo‘lishi
mumkin emas. Baholash obyektini baholashdan o‘tkazish natijalari
baholash to‘g‘risidagi hisobot bilan rasmiylashtiriladi.
Baholash
faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor
shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi. Baholovchi tashkilot
shartnomani bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi
oqibatida buyurtmachiga zarar yetkazilganligi
uchun uning oldida
javobgar bo‘ladi. Buyurtmachiga yetkazilgan zararning, shu jumladan,
boy berilgan foydaning o‘rni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda,
baholovchi tashkilot tomonidan qoplanishi kerak.
Dostları ilə paylaş: