O‘rta osiyolik mashhur arxeologlar haqid a biografik ma’lumotlar


Amudaryoning o’ng sohili hududidagi qal’alar



Yüklə 77,5 Kb.
səhifə2/7
tarix12.10.2023
ölçüsü77,5 Kb.
#130077
1   2   3   4   5   6   7
O‘RTA OSIYOLIK MASHHUR ARXEOLOGLAR HAQID A BIOGRAFIK MA’LUMOTLAR

Amudaryoning o’ng sohili hududidagi qal’alar:
Jonbosqal’a, Qo’yqirilganqal’a, Ayozqal’a 1, 2, 3, Katta va Kichik Qirqqizqal’a, Qulqal’a, Qumbosganqal’a, Dumanqal’a, Akshaxon, Tuproqqal’a, Qizilqal’a, Qo’rg’oshinqal’a, Aqchungul, Kuyukqal’a, Gaurqal’a (Sulton Uvays tog’i), Tukqal’a, Jildikqal’a, Burgutqal’a, Ellikqal’a, Uyqal’a, Katta Guldursun, Bozorqal’a, Angkaqal’a, Pilqal’a, Odamliqal’a, Doshqal’a-2 , Tuproqqal’a, Eresqal’a.
Amudaryoning so’l sohili hududidagi qal’alar:
Gurganch, Davkasgan, Shoxsanam, Shexrlik, Yarbekirqal’a, Zamaxshar, Ichanqal’a, Bo’ldimsoz, Gaurqal’a (Xo’jayli), Ketmenchi, Tuprokqal’a (Xiva), Tuproqqal’a (Yangiariq), Tuproqqal’a (Kushko’pir), Kunaqal’a, Voyangan, Tuproqqal’a (Shovot), Katqal’a (Shovot) Kalajik, Xazorasp, Chingiztepa 1, 2, 3, Xumbuztepa, Tuprokqal’a (Qo’ng’irot), Sadvar, Jig’arband, Elxaros, Dargon, Gaur 1, 2 (Sariqamish havzasi) va boshqalar.
Antik davrda bu shaharlar mustaqil shahar-davlatlar sifatida mavjud bo’lib, harbiy chegara va iqtisodiy madaniy markazlar bo’lgan. Yuqorida qayd etilgan qal’alarni ba’zilarining me’moriy-topografik va mudofa tizimiga e’tiborni qaratamiz.
Yonboshqal’a – To’rtko’l tumani hududida joylashgan, to’g’riburchak shaklda (200x170 m. 3,4 ga) to’rt tomonini ikki qatorli devor o’rab olingan. Avval paxsadan keyin esa to’rt tomoni teng xom g’ishtdan tiklangan (40x40x10 sm). Devor pastki qismi qalinligi – 5 m, balandligi 5-10 m. Darvoza to’g’ri burchakli bir necha aylanma yo’ldan iborat yo’lakka ega bo’lib, uning kengligi – 5 m. Devor va darvoza devorida kungurlar mavjud emas, balki shaxmat uslubida joylashgan nayza o’qi uchli shinaklar mavjud, ular o’rtasidagi oraliq maydoni 1,20-1,84 m, ichki tomonda kengligi 0,18-0,12 sm, tashqi tomonda esa 0,30-0,40 sm. Devorlar burchagida uchta shinak joylashgan bo’lib, turli tomonga yo’nalib, kungur vazifasini bajargan.
Qo’yqirilganqal’a – To’rtko’l tumani hududida joylashib, aylana shaklda qurilgan, hajmi 86,5 m mudofaa devor bilan o’rab olinib, 9 ta kungur bilan mustahkamlangan. Kungurlar yon tomonga emas, devordan ancha baland qilib qurilgan. Yodgorlik markaziy qismida tsilindr shaklida (hajmi 42 m) ikki qavatli inshoot qurilgan.
Yodgorlikda astronomik kuzatishlar olib borilgan, keyingi tarixiy davrda qabristonga aylangan (loydan yasalgan ossuariylar ko’plab topilgan).

Yüklə 77,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin