O‘rta osiyolik mashhur arxeologlar haqid a biografik ma’lumotlar


Farg’ona vodiysida antik davr yodgorliklari



Yüklə 77,5 Kb.
səhifə6/7
tarix12.10.2023
ölçüsü77,5 Kb.
#130077
1   2   3   4   5   6   7
O‘RTA OSIYOLIK MASHHUR ARXEOLOGLAR HAQID A BIOGRAFIK MA’LUMOTLAR

Farg’ona vodiysida antik davr yodgorliklari
Farg’ona vodiysida Yu.A.Zadneprovskiy, G.Abulg’ozieva, A.Anorbaev, B.Matbabaev, N.G.Gorbunova rahbarligidagi arxeologik guruhlar tarixiy obidalarda arxeologik qazish ishlarini olib bordilar.
Antik davrga oid 20 ga yaqin yodgorlik qayd etilgan, Xitoy yozma manbalaridagi ma’lumotlarga qaraganda, Farg’ona vodiysida 70 dan ortiq shaharlar bo’lgan.
Eylatan – rejalashtirilishi to’g’ri bo’lgan shaklda, ikki qatorli devor bilan o’rab olingan, umumiy maydoni – 200 ga. Ark mil.av IV – III asrlarga oid.
Mingtepa – rejalashtirilishi to’g’ri burchak shaklda, umumiy maydoni – 40 ga. Mingtepa yoki Marhamat shahri ikki qatorli devor bilan o’rab olingan, devor o’z navbatida to’rt burchakli kungurlar bilan kuchaytirilgan, ular o’rtasidagi oraliq 30 – 40 m. Shaharni Ershiga o’xshatishadi.
Ko’rgantepa – rejalashtirilishi to’g’riburchak shaklda (250x230 m), 5,7 ga, qadimda devor bilan o’rab olingan.
Axsikent-1A, Axsikent 1V – rejalashtirilishi to’g’riburchak shaklda, umumiy maydoni 35 ga, mil.av. III – II asrlarga oid, qalinligi 5 m devor bilan o’rab olingan.
Ershi – shaharning joylashish o’rni mulohazali. N.Ya.Bichurin Ershini Qo’qon shahri o’rnida, A.N.Bernshtam esa Mingtepa yodgorligida degan fikrni bildiradilar. Yangi ma’lumotlarga qaraganda, Ershi – Eski Axsi degan fikrlar paydo bo’ldi. Mil.av. III–I asrlarda Ershi Axsi o’rnida bo’lgan shahar 40 ga bo’lib, ark ikki qismdan iborat bo’lgan Esgarlik devor bilan o’rab olingan, qalinligi – 5 m, balandligi – 3 m.
Quva (Kubo) – hozirgi Quva shahri markazida tepalik mavjud bo’lib, mahalliy aholi o’rtasida «Shahriston» nomi bilan ma’lum. Yodgorlikni B.A.Latinin, V.D.Jukov, A.N.Bernshtam, V.A.Bulatova, I.Axrorov, Yu.A.Zadneprovskiy, B.Matbabaevlar arxeologik jihatdan o’rgandilar. Yodgorlikni 1956 yildan Ya.G’.G’ulomov rahbarligidagi arxeologik guruh o’rganishni boshlagan. Yodgorlikning qurilishi milodiy I – III asrlarga oid bo’lib, paxsa devor bilan o’rab olingan. Tadqiqotchi B.Matbabaev shaharning dastlabki qurilish davrini mil.av. V asrga oid ekanligi to’g’risida xulosalar chiqargan.



Yüklə 77,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin