Harbiy xizmatchining umumiy majburiyatlari. Harbiy unvonlar
va farqli belgilar. Boshliqlar va bo‘ysunuvchilar. Kattalar va kichiklar.
To‘g‘ridan to ‘g‘ri va bevosita boshliqlarning huquqlari va majburiyatlari
Harbiy xizmatchi — haqiqiy harbiy xizmatni bajaruvchi shaxs hisoblanadi. U Vatanning, mustaqil O‘zbekiston Respublikasining himoyachisi. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida harbiy xizmatchilar askar va matroslar, serjantlar va ofitserlar (kichik, katta, oliy) tarkibiga bo‘linadi.
Harbiy xizmatchi o‘z Vatanini himoya qilish jarayonida shaxsiy javobgarlikka egadir. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilari xizmat faoliyatida qonunlar, harbiy nizomlarning talablariga amal qiladilar va siyosiy maqsadlarni ko‘zlovchi boshqa jamoat tashkilotlari va birlashmalarining faoliyati bilan aloqador bo‘lmasliklari lozim.
Harbiy xizmatchi quyidagilarga:
O‘zbekiston Respublikasining «Himoyachisi» oliy unvonini sharaf bilan oqlashga, Qurolli Kuchlarning, o‘z harbiy qismining or-nomusi va jangovar shuhratini, o‘z harbiy unvonining obro‘sini e’zozlashga, harbiy qasamyodga sodiq qolishga, xalqiga fidoyilarcha xizmat qilishga O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi va hududiy butunligini matonat, mahorat bilan, so‘nggi tomchi qoni qolguncha, hatto hayotini ayamasdan himoya qilishga, harbiy burchni bajarishga; mamlakat Konstitutsiyasiga, harbiy nizomlarning talablarini bajarishga; O‘zbekiston Respublikasini himoya qilish vazifalarini bajarish bilan bog‘liq harbiy xizmat mashaqqatlariga sabot bilan chidashga; harbiy kasb bilimlarini muntazam egallashga, o‘z o‘quv askariy mahoratini takomillashtirishga; o‘ziga ishonib topshirilgan qurol-aslaha va harbiy texnikani bilishi, ishlatishda doimiy shaylikda saqlashga, harbiy mulkni asrashga; halol, intizomli, jasur bo‘lishga, harbiy burchni ijro etish chog‘ida oqilona tashabbuslar ko‘rsatishga; komandirlarga (boshliqlarga) so‘zsiz bo‘ysunish va ularni jangda himoya qilishga, harbiy qism jangovar bayrog‘ini qo‘riqlashga; askariy yurish-turish odobi qoidalariga rioya qilishga va harbiycha salom berishni bajarishga, har doim rusum bo‘yicha, ozoda va saranjom kiyinishga, vatanparvarlik ko‘rsatishga, xalqlarning baynalmilal do‘stligini qadrlashga, millatlar va elatlar o‘rtasida birodarlikni mustahkamlashga imkon yaratishga majburdir.
Harbiy xizmatchi Vatanga xizmat qilish jarayonida oson yo‘lni axtar- masligi, o‘z vijdoni, boshliqlar va o‘rtoqlari o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi fuqarosiga zid bo‘lgan aldamchilik, yolg‘onchi yo‘llarni qo‘llashi jiddiy xatarlarni olib kelishi mumkin. Xalqning «Hayotda eng asosiysi — Vatanga halol xizmat qilish», «Vatanga xizmat qilish — muqaddas burch» kabi dono iboralariga amal qilish lozim.
Askarlarning o‘z komandirlarini qadrlashi harbiy birodarlikning eng oliy fazilati hisoblanadi. Har qanday falokat yuz berishi mumkin bo‘lgan vaziyatlarda komandir hayotini saqlash va xatardan qutqarishga doim shay turish kerak. Jang maydonida komandirni himoya qilish Qurolli Kuchlardagi askarlarning ajoyib an’analaridan biridir. «O‘zingni demay komandirni qutqar», «Komandirni himoya qil jangda, o‘zingni saqlaganday hayotda» iboralari askarlar orasida bekorga jaranglamaydi.
Harbiy xizmatchi birodarlikni e’zozlashga, o‘z hayotini ayamasdan o‘rtoqlarini xavf-xatardan qutqarishga, har birining or-nomusi va qadr- qimmatini hurmat qilishga, o‘ziga va boshqa harbiy xizmatchilarga nisbatan qo‘pollik va tahqirlashlarga yo‘l qo‘ymaslikka, ularni noloyiq qilmishlardan tiyib qolishga majburdir. Xalq tomonidan quyidagi so‘zlar bejiz aytilmagan: «Do‘st orttirsang — g‘alabaga erishasan», «Jangda do‘stingni quvvatlasang — o‘zing- dan xatarni quvgan bo‘lasan», «O‘rtoqlaringga yordaming — vzvod obro‘sini oshirishing». Harbiy xizmatchi harbiy xizmat xavfsizligi talablariga, kasallanish, jarohat orttirish va kuyishdan ogohlantirish tadbirlariga rioya qilishi, har kuni jismoniy chiniqishi, mashqda ko‘rganlarini o‘stirishi, zararli odatlardan (chekish va ichkilikdan) tiyilishi lozim.
Harbiy xizmatchi jangovar harakatlar paytida, hatto o‘z harbiy qismi- dan (bo‘linmasidan) yiroq va to‘la qurshovda qolgan bo‘lsa ham, asirga tushishdan qutulmoq uchun dushmanga ashaddiy qarshilik ko‘rsatishga, u jangda askarlik burchini oxirigacha bajarishga majbur.
Harbiy unvonlar va farqli belgilar
Harbiy unvonlar, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari qo‘shin turlariga oid harbiy maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan shaxslarga, xizmat mavqeyida o‘sish davrlarini hisobga olib, xizmat nizomlari asosida beriladi. Harbiy unvonlar askarlarga, matroslarga, serjantlarga, starshi- nalarga, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan yo‘riqnoma asosida amalga oshiriladi. Kichik va katta ofitserlar tarkibiga harbiy unvonlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan chiqarilgan tartib asosida beriladi.
Dostları ilə paylaş: |