QOROVULNING KIYIM- KECHAGI Qorovulning kiyim-kechagi (pochapo‘stin, issiq dala kamzulidan) toza va yaroqli kundalik dala kiyim-kechagi to‘plamidan, poyabzal, bosh kiyimi, bel kamari va o‘qdon (o‘q joylashgan ramka) xaltasidan iborat bo‘ladi.
Jangovar bayroqda postda turgan harbiy qism qorovullari bayramona kiyim- kechakda bo‘lishlari mumkin.
Post kiyim-kechagi sifatida: qish vaqti uchun po‘stin va kigiz etik, yoz vaqti uchun qalpoqli plash yoki plash-chodir va ho‘l bo‘lmaydigan poyabzal qo‘llanishi mumkin.
Post kiyim-kechagi, po‘stindan tashqari, har bir postga ikki to‘plamdan iborat bo‘lib, ulardan biri qorovulxonada, boshqasi postda turadi. Bundan tashqari, qorovulxonada plash yoki plash-chodir va qorovul boshlig‘i, uning yordamchisi, tarqatuvchilari va tashqariga olib chiquvchilar uchun maxsus ho‘l bo‘lmaydigan etik bo‘lishi kerak.
Alohida hollarda garnizon boshlig‘ining buyrug‘i bilan soqchilar o‘q o‘tkaz- maydigan zirhli kiyim va po‘lat qalpoq kiyishlari mumkin. Qorovullar postlarga tayinlanish joyiga shinelda (pochapo‘stin, issiq dala kamzulda) kelishi kerak, havo issiq paytlar garnizon harbiy komendantining