Ortiqov chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik


rasm. Postdagi soqchi qo‘lidagi qurol holati



Yüklə 319,37 Kb.
səhifə25/104
tarix31.12.2021
ölçüsü319,37 Kb.
#112544
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   104
10-sinf chyot

rasm. Postdagi soqchi qo‘lidagi qurol holati.

  • navbat almashmasa yoki uni postdan olishmasa, hayotiga xavf tug‘ilgan paytda ham postni tashlab ketmaslikka (postni o‘zboshimchalik bilan tashlab ketish harbiy jinoyat hisoblanadi);

  • postda doimo o‘qlangan qurol olib turishga va doimo hamma narsaga tayyor bo‘lib turishga;

  • post raqamida ko‘rsatilgan va maxfiy chegara ko‘rsatkichlari bilan ajratilgan joydan ichkariga, post yaqiniga qorovul boshlig‘i, uning yordamchisi va o‘zining tarqatuvchisi va ular boshlab kelgan shaxslardan boshqa hech kimni qo‘ymaslikka;

  • qorovul transporti vositalari harakat yo‘nalishini va tanishish, shuning- dek, uning tanitish belgi va signallarini bilishga;

  • postda o‘t o‘chirish vositasini ishlata olishi;

  • obyekt (post) to‘siqlarida biror buzilgan joy, o‘z posti yaqinida yoki qo‘shni postda tartib buzilganini sezsa, qorovul boshlig‘ini chaqirishga;

  • qo‘riqchi itning hurganini eshitgan zahoti, bu haqda qorovulxonaga xabar beradi.

Soqchi postda nayza ulangan qurol bilan turishi kerak. Buklanadigan qo‘ndoqli avtomat nayzasiz bo‘ladi (uning pichoq nayzasi kamardagi qinda turadi); tunda tik turib otishga tayyor turgan holda; kunduzi — «tasma yelkaga» yoki tik turib otishga turgan holda ichki postlarda va harbiy qism Jangovar bayroq qo‘riqlanayotgan postda yog‘och qo‘ndoqli avtomat «tasma-yelkaga», buklanadigan qo‘ndoqli avtomat «ko‘krakka», karabin «oyoqqa» holatida ushlanishi lozim; o‘q to‘ldirilgan o‘qdon (oboyma) solingan sumka tugmalangan bo‘lishi lozim. Yong‘inni o‘chirish yoki tabiiy ofat oqibatlarini tugatish paytida soqchiga qurolni «qurol orqaga» holatida olib yurishga ruxsat etiladi (8-rasm).

Soqchiga quyidagilar taqiqlanadi: uxlash, o‘tirish, biror narsaga enkayish, yozish, o‘qish, kuylash, gaplashish, yeyish, ichish, chekish, tabiiy ehtiyojlarga borish, kimligidan qat’i nazar, birovga biror narsa berish va birovdan biror narsa olish, keraksiz paytda patronnikka patronni jo‘natish. Soqchi faqat qorovul boshlig‘ining, uning yordamchisining, o‘z tarqatuvchi- sining va tekshirish uchun kelgan shaxsning savollariga javob berishi kerak.


  1. Yüklə 319,37 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin