Ortiqov chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik



Yüklə 319,37 Kb.
səhifə32/104
tarix31.12.2021
ölçüsü319,37 Kb.
#112544
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   104
10-sinf chyot

birinchi bosqich — gavdani to‘g‘ri tutgan holda burilish va tizzalarni bukmasdan gavdaning og‘irligini oldinda turgan oyoqqa o‘tkazish;

  • ikkinchi bosqich — eng qisqa yo‘l bilan ikkinchi oyoqni birinchisining yoniga qo‘yish.

    Saf qadami bilan harakatlanish

    Harakat paytida burilish. Harakat qadam tashlash yoki yugurish bilan bajariladi. Qadam tashlash harakati daqiqasiga 110—120 qadam tezligida bo‘ladi. Qadamning uzunligi 70—80 sm.

    Yugurish harakati daqiqasiga 165—180 qadam tezligida bo‘ladi. Qadamning uzunligi 85—90 sm.

    Ikki xil: shaxdam qadam va oddiy qadam qo‘yiladi.

    Shaxdam qadam — bo‘linmalar tantanali marsh bilan harakat qilayotgan vaqtda, salomlashganda, harbiy xizmatchi boshliq oldiga borganda va uning oldidan ketayotganda, safdan chiqish va unga qaytishda, shuningdek, safda turish va yurish mashg‘ulotlari o‘tkazilganda qo‘llaniladi.

    Oddiy qadam barcha hollarda qo‘llaniladi.

    «Shaxdam qadam bos» komandasi berilganda, shaxdam qadam bilan, «Qadam bos» komandasi berilganda esa, oddiy qadam bilan harakat qilinadi.

    Dastlabki komanda berilganda — gavda sal oldinga chiqarilib, turg‘unlikni saqlagan holda turiladi, darhol bajariladigan komanda berilganda esa, harakatni chap oyoqdan to‘liq odim bilan boshlash kerak. Shaxdam qadam bilan harakat qilinganda, uchi oldinga cho‘zilgan oyoqni yerdan 15—20 sm ko‘tarish va uning tagini baravar bosish lozim.


    Yüklə 319,37 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   104




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin