Jang — qisqa vaqt ichida chegaralangan hududda dushmanni yo‘q qilish (tor-mor etish), uning zarblarini qaytarish va boshqa taktik vazifalarni bajarish.
Jang maqsadi — dushmanning jonli kuchini yo‘q qilish yoki asirga olish, uning jangovar texnikasi va qurol-aslahalarini yo‘q qilish yoki qo‘lga kiritish hamda dushmanning keyinchalik qarshilik qilish qobiliyatini so‘ndirish. Unga barcha turdagi qurollar zarbi quvvati, harbiy qismlar va bo‘linmalar qat’iy va faol harakatining qo‘rqmasdan o‘tkazilgan manyovri bilan erishiladi.