otish qizg‘inligi bo‘yicha — bittalab o‘q uzib otish, qisqa va uzun sidirg‘alar bilan hamda barcha turdagi o‘qotar qurollardan uzluksiz o‘q uzish;
otish usuli bo‘yicha — joydan, to‘xtab (qisqa to‘xtab), yurib ketayotib, bortdan, nuqtaga qarab o‘t ochish, front bo‘yicha olovni yoyib, ichkariga olovni yoyib, maydon bo‘yicha va boshqalar.
Artilleriya olovi turlari o‘z ichiga: alohida nishon bo‘yicha o‘t ochish, jamlangan, to‘siqli (harakatli va harakatsiz) yoppasiga o‘qqa tutish va boshqalarni oladi.
Mudofaani tashkillashtirishda, ayniqsa, tog‘larda, barcha turdagi qurollarni jalb qilgan holda ko‘pqatlamli va ko‘pqavatli olov hosil qilinadi. Dushmanning tirik kuchlariga alohida o‘t ochish vositalari yoki motoo‘qchi guruh va seksiyaning o‘qotar qurollaridan yog‘ilgan olovi bilan otib zarar yetkaziladi.
Jangda motoo‘qchi (tank guruhi), joyning qulay sharoitlaridan foydalanib, o‘t ochishning harakat bilan mohirona biriktirib va manyovrni keng qo‘llashi kerak. Manyovr kuchlar va vositalari o‘t ochish bilan o‘tkaziladi.