Muddatli harbiy xizmat yoshidagi fuqarolarning oddiy askarlar va serjantlar tarkibi lavozimlarida, shuningdek, muqaddam harbiy xizmatni o‘tamagan ofitserlarning qonun hujjatlarida belgilangan muddat mobaynida Qurolli Kuchlar safidagi majburiy xizmatidir. Muddatli harbiy xizmat kalendar hisobida oddiy askarlar va serjantlar uchun 12 oy, oliy ma’lumotli shaxslar uchun 9 oy qilib belgilandi.
Qonun asosida harbiy xizmatning yangi turi — safarbarlik chaqi- ruvi rezervidagi harbiy xizmat joriy etildi. Muddatli harbiy xizmatni o‘tashga yaroqli hamda chaqirilish muddatini kechiktirish va cha- qirilishdan ozod etilishi huquqiga ega bo‘lmagan, biroq, Qurolli Kuchlar safiga navbatdagi muddatga chaqirilmagan shaxslar safarbarlik chaqi- ruvi rezervi safiga olinadilar.
Safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat hududiy tamoyil asosida oylik yig‘inlar tarzida tashkil etiladi hamda chaqiriluvchilar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining maxsus hisobvarag‘iga pul badallari kiritilishini nazarda tutgan. Safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga fuqarolar 27 yoshga to‘lgunga qadar olinadilar va har yilgi harbiy yig‘inlarga jalb etilishlari mumkin, favqulodda vaziyatlar yoki O‘zbekiston Respublikasiga qarshi harbiy tajovuz ro‘y bergan taqdirda esa, haqiqiy harbiy xizmatga chaqiriladilar. Safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni o‘tagan fuqarolar 27 yoshga to‘lganlaridan keyin, Qurolli Kuchlar rezervi xizmat safiga olinadi.
Safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga olingan shaxslar to‘laydigan pul badallari miqdori va ularni to‘lash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan Nizom bilan belgilanadi. Bu mablag‘lar muddatli harbiy xizmatdagi muddatli harbiy xizmatchilarning pul va moddiy ta’minotini oshirish, shuningdek, safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga olingan shaxslarning harbiy yig‘inlarini o‘tkazishga aniq maqsadli yo‘naltirilgan bo‘ladi.
Safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni tashkil etish va o‘tash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiq- lanadigan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi Nizom bilan belgilanadi.
Qurolli Kuchlar islohotlarida professional armiya tashkil etish asosiy strategik vazifa hisoblanadi. Shu sababli, Qurolli Kuchlarni tashkil etishda kontrakt bo‘yicha harbiy xizmat alohida ahamiyatga ega.
Harbiy xizmatni kasb tariqasida tanlagan fuqarolar kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatni oddiy askarlar, serjantlar va ofitserlar tarkibi lavozim- larida o‘taydilar. Harbiy xizmatni o‘tash muddatlari va asosiy shartlari kontraktda belgilanadi. Dastlabki kontrakt xizmatini oddiy askarlar va serjantlar tarkibi lavozimlarida o‘tash bo‘yicha 3 yil, ofitserlar tarkibi lavozimlarida o‘tash bo‘yicha 5 yil muddatga tuziladi.
Harbiy xizmatning kontraktda nazarda tutilgan muddati oliy harbiy ta’lim muassasalarining kursantlari bilan o‘qish davri uchun kelgusida ularning ofitserlar tarkibi lavozimlarida harbiy xizmatni kamida besh yil majburiy o‘tash sharti bilan kontrakt tuziladi.
Kontrakt muddati tugagandan keyin, taraflarning kelishuvi bilan, bu muddat yangi kontrakt tuzish orqali uzaytirilishi mumkin. Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tash tartibi va muddati O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi Nizom bilan belgilanadi.
Qonunda xizmatning yana bir turi sifatida Qurolli Kuchlar safida harbiy xizmatni o‘tagan rezervchilar xizmati ko‘rsatildi. Rezervchilar xizmati haqiqiy harbiy xizmatni, shuningdek, safarbarlik chaqiruvi rezervdagi xizmatini o‘tagan oddiy askarlar, serjantlar va ofitserlar tarkibidan tashkil etiladi. Bu Qurolli Kuchlarning qo‘shilmalari, qismlari va bo‘linmalari safini urush davrida taqozo etiladigan shtatlar darajasiga qadar to‘ldirish, shuningdek, urush davri taqozo etadigan tuzilmalarni kuchaytirish maqsadida umumiy harbiy majburiyat asosida joriy etiladigan harbiy xizmat turidir.
Rezervchilar sifatida xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatga majburlar tinchlik davrida, qoida tariqasida, qo‘shinlarning jangovar tayyorgarligini saqlab turish, rezervchilarning harbiy hisobdagi ixtisoslik bo‘yicha majburiyatlarini tinchlik va urush davrida bajarishi zarur bo‘lgan ko‘nikmalarini saqlab qolish va takomillashtirish maqsadida harbiy qismlar bazasida hududiy tamoyil asosida tashkil etiladigan harbiy tayyorgarlik bo‘yicha harbiy yig‘inlarni o‘tashga jalb etilishlari mumkin.
Rezervchilardan urush davrida ham, tinchlik davrida ham O‘zbekiston Respublikasiga qarshi harbiy tajovuz tahdidi va mamlakat xavfsizligiga tahdid tug‘ilganda, tabiiy ofatlar hamda favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoniga binoan, qo‘shilmalar va qismlar tarkibida jangovar maqsadlar bo‘yicha foydalanish mumkin. Bunday hollarda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar safida harbiy xizmatni o‘tagan rezervchilarga davlat tomonidan ma’lum darajadagi imtiyozlar beriladi.
«Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida»gi Qo- nunning 12—17-moddalarida fuqarolarni harbiy xizmatga tayyorlash xususida to‘xtalib o‘tilgan. Shu bilan birga chaqiriluvchilarni harbiy xizmatga tayyorlash ishlarida, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va shuningdek, boshqa mutasaddi vazirliklar hamda tashkilot- larning bu borada olib borishlari lozim bo‘lgan ishlarni ko‘rsatib o‘tadi. Qonunning 13-moddasida mazkur fan majburiy ekanligi hamda bu o‘rta ta’lim muassasasi, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida tah- sil olayotgan o‘quvchilarga qaysi bosqichlarda o‘tilishi, shuningdek, bu fanning mamlakat xavfsizligi, aholining barqaror hayot kechirishini ta’minlash maqsadida o‘zlashtirishi past bo‘lgan o‘quvchilar uchun mahalliy hokimiyatlar tomonidan mudofaa-sport-sog‘lomlashtirish lagerlarini tashkil etish qayd etib o‘tilgan.
Bugun har tomonlama barkamol avlodni voyaga yetkazishga qaratilgan davlat siyosatida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ustuvor ahamiyat kasb etadi. Shunga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab, harbiy qism qo‘mondonligining tegishli tavsiyanomasiga ega bo‘lgan abituriyentlar oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishda 50 % lik imtiyozga ega bo‘ladilar.
Davlatimiz rahbari Sh.M. Mirziyoyevning 2017-yil 4-apreldagi «O‘zbe- kiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 31-maydagi «O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan fuqarolarga imtiyozlar tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora- tadbirlar to‘g‘risida»gi Qaroriga o‘zgartishlar kiritish haqida»gi Qarori ayni yo‘nalishdagi sa'y-harakatlarning amaliy ifodasi bo‘ldi.
Muddatli harbiy xizmatni o‘tab qaytgan fuqarolarga berilayotgan bun- day imtiyozlar yoshlarimiz o‘rtasida harbiy xizmat nufuzini yanada yuk- saltirishda, harbiy xizmat davomida puxta bilim va tayyorgarlikni egal- lashlarida ular uchun alohida rag‘batlantiruvchi omil bo‘lishi shubhasiz.
I BO‘LIM. HARBIY XIZMATNING HUQUQIY ASOSLARI
Bu bo‘limda O‘zbekiston Respublikasining «Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida»gi va «Mudofaa to‘g‘risida»gi Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining safarbarlik chaqiruv rezervidagi xizmatini tashkil qilish to‘g‘risida»gi qarori va O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy hisobi haqidagi Nizomi, harbiy xizmatdan bo‘yin tovlash, sodir etilgan harbiy jinoyatlar uchun, xizmat davomida tartibbuzarliklarga yo‘l qo‘yilganda intizomiy va jinoiy javobgarlik haqida hamda O‘zbekiston Respublikasi mudofaa doktrinasining asosiy qoidalari, tarbiyaviy ishlar, Qurolli Kuchlar qurilishi, harbiy intizom asoslari va harbiy qadriyat qoidalari, harbiycha salomlashish, askarning saflanish oldidagi va safdagi majburiyatlari haqida ma’lumot berilgan.
bob. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING MUDOFAA VA
HARBIY XIZMAT TO‘G‘RISIDAGI QONUNLARI ASOSLARI
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi Vatan himoyasi to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasining asosiy qomusi bo‘lmish Konstitutsiyada mudofaa, xavfsizlik va harbiy xizmatga taalluqlilik asoslari bir necha moddalarda va XXVI bobda ravshan ko‘rsatib o‘tilgan.
Dostları ilə paylaş: |